Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


-MAVZU: O‘ZBEK ADABIY TILINING XIV ASRDAGI TARAQQIYОTI



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/83
Sana20.05.2023
Hajmi1,87 Mb.
#941637
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
6-MAVZU: O‘ZBEK ADABIY TILINING XIV ASRDAGI TARAQQIYОTI
 
Reja 
1.
 
“Qisasi Rabg‘uziy” asarining til xususiyatlari
.
 
2.
 
“Xusrav va Shirin” asari tili va uslubi 
3.
 
 “Muhabbatnoma” asarining tili 
Qozi Nosiruddin Burhonuddin o‘g‘li Xorazm (hozirgi Qoraqalpog‘is- ton 
Respublikasi Nukus tumani)ning o‘g‘uzlar maskan tutgan Raboto‘g‘uz – To‘qqal’a 
(Raboto‘g‘uz hozirgi davr yodgorliklari ro‘yxatida To‘qqal’a nomi bilan qayd 
etilgan) degan joyidan bo‘lib, XIII asr oxiri – XIV asr birinchi yarmida yashagan. 
Shuningdek, uning Rabg‘uziy taxallusini olishi ham tug‘ilib o‘sgan joyi nomi bilan 
bog‘liq. Biroq allomaning hayoti hamda ijodiy faoliyati haqida juda kam ma’lumot 
saqlanib qolgan. Uning bizgacha 46 ta qissani o‘z ichiga olgan “Qisasi Rabg‘uziy” 
asarigina yetib kelgan. Turkiy xalqlar o‘rtasida «Qisasul-anbiyo» nomi bilan 
mashhur bo‘lgan mazkur yodnomada qayd etilgan payg‘ambarlar haqidagi qissalar, 
hikoyatlar va rivoyatlarning aksariyati Qur’oni karim, Hadisi sharif va boshqa 
diniy manbalar asosida yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu asar chingiziylar 
hukmronligi davom etayotgan bo‘lsa ham Volga bo‘ylaridan to Xitoy 
chegaralarigacha cho‘zilgan ulkan hududda mo‘g‘ullar qanday turkiylashayot- 
ganini va islom ta’limotini turkiy tilda «o‘qimoqqa keraklik, o‘rganmakka 
yarog‘liq» kitoblar orqali qabul qilib musulmon bo‘layotganini ko‘rsatadigan 
ajoyib tarixiy dalildir. 
Asar Raboti o‘g‘uzning begi, islom dinini qabul qilgan, mo‘g‘ul beklaridan 
bo‘lgan Nosiruddin To‘qbug‘abekning iltimosiga binoan hijriy 709-710 (milodiy 


72 
1309-1310) yillarda bitilgan. E.Fozilovning ta’kidla- shicha: Nosiruddin 
Rabg‘uziy o‘z asarini yaratish jarayonida nihoyatda katta tayyorgarlik ishini olib 
borgan, ushbu mavzuga oid o‘nlab arab, fors tillaridagi anbiyolar qissalarini 
chuqur o‘rgangan. Qur’on karim, hadislarni mukammal bilgan, aruz she’riyati 
qonuniyatining bilimdoni bo‘lgan. Dastavval asarning ilk variantini hozirlagan, 
uning ustida tinimsiz mehnat kilgan, har bir jumla, har bir kalimaning ma’nodagi 
nozik farqlarini chuqur his qilgan. Eng so‘nggi variantini bir yilda nihoyasiga 
yetkazib, ko‘chirib chiqqan. 
Yodnomaning turli davrlarda ko‘chirilgan bir necha qo‘lyozma nusxalari 
mavjud bo‘lib, ular dunyoning qator kutubxona va qo‘lyozma fondlarida 
saqlanmoqda. Qo‘lyozmalarning dastlabkisi XV asrda kitobat qilingan bo‘lib, 
hozir Britaniya muzeyida saqlanadi. Jami 248 varaq, har bir betida 21 qator 
yozuvdan iborat bu nusxa adibning tirikligi chog‘ida

1340 (hijriy 740) yilda 
ko‘chirilgan degan fikr ham mavjud. Asar matnida XII 

XIII asrlarning til 
xususiyatlari yaxshi saqlangani, yozuvi dastxat XIV asr boshlarida ko‘chirilgan 
deyishga asos bo‘ladi. Eski qo‘lyozmalardan yana biri Rossiya FA Sharqshunoslik 
institutining Sankt-Peterburg bo‘limida S-245 raqami ostida saqlanayotgan nusxa 
bo‘lib, u XV

XVI asrlarga mansub deya taxmin qilinadi. Asarning boshqa 
qo‘lyozmalari keyingi yuzyilliklarga oid, turli saviyadagi kotiblar tomonidan 
ko‘chirilgan, o‘z davri adabiy tiliga muvofiqlashtirilgan. Ya’ni qo‘lyozmalar 
kitobat qilingan paytdagi tilning ta’siri katta. Oxir-oqibatda matn tili va uslubi 
o‘zgarishlarga uchragan. Shvesiya, Parij, Boku, Toshkent nusxalari shular 
jumlasidandir. 
Akademik 
E.Fozilovning 
ta’kidicha, O‘zbekiston Fanlar 
akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida 
obidaning 13 ta, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy muzeyi fondida 
esa 2 ta qo‘lyozma nusxasi bor
13
. A.Xaliullina ilm olamida asarning 35 ta 
13
Фазылов Э. И. Тurkologica. II. –Т.:Фан, 2008. –Б. 383-384.


73 
qo‘lyozmasi mavjudligini, shundan 19 tasi (1859-1911 yillarda nashr qilingan) 
Qozon kitob fondida saqlanishini qayd etadi
14

Daniyalik matnshunos K. Gronbek 1948 yili Kopengagenda yodnomaning 
eng qadimiy qo‘lyozmasi sanalgan London nusxasi faksimilini nashr ettirdi 
London nusxasi asosida 1990-1991 yillarda O‘zRFA Hamid Sulaymonov 
nomidagi Qo‘lyozmalar institutining bir guruh olimlari asarni kirill alifbosida 
kitobxonlar hukmiga havola etdi. Ikki kitobdan iborat ushbu nashrning so‘ngida 
Qur’oni Karim oyatlari, Hadisi Sharif va she’rlarning tarjimasi, lug‘at va izohlar, 
kishi ismlari bo‘limlari o‘rin olgan.
 
Abdurauf Fitrat asar tili xususida quyidagilarni yozadi: chig‘atoy 
adabiyotining eng birinchi asari sanalg‘an Rabg‘uziy “Qisas ul-anbiyo” sining 
shevasi “Qutadg‘u bilig”, “Hibat ul-haqoyiq” kabi xoqoniy turkchasida yozilg‘on 
kitoblarning shevasini eslatadir. Zotan, chig‘atoy turkchasi o‘zidan yuzlab yil 
burun hukum surgan bir adabiy shevani oz vaqtda yo‘qotib, uning joyini o‘zi 
ololmas edi
15
. Bir so‘z bilan aytganda, 
d-z-y
adabiy tilining so‘nggi namunalaridan 
sanalgan qissa qadimgi turkiy til bilan eski o‘zbek tili o‘rtasidagi o‘tish davrini aks 
ettirish barobarida, bir tomondan, Sharqiy Turkiston tili xarakterini ko‘rsatib bersa, 
ikkinchidan, unda XIV asrdan so‘ng yaratilgan asarlarning til xususiyatlari o‘z 
ifodasini topgan. Obidaning o‘zi esa qarluq tillari zaminida yuzaga kelgan bo‘lib, 
unda o‘g‘uz tili unsurlari ham mavjud. 
Yodnoma tilida jami 5511 ta leksema ishlatilgan bo‘lib, shundan 2950 tasi 
turkiy, 2151 tasi arab, 329 tasi fors-tojik, 55 tasi arab tili orqali kirib o‘zlashgan 
qadimiy yahudiy, 14 tasi yunon, 3 tasi xitoy, 4 tasi sanskrit, 5 tasi sug‘d tillariga 
mansub so‘zlar hisoblanadi.
Qissada xalq xo‘jaligining turli sohalariga oid so‘zlarni uchratish mumkin. 
Masalan: 
I. Antroponimlar: Šis, Nuh, Ibrāhim, Isā, Musā, Zulkifl. 
14
Халиуллина А. Графо –фонетические и морфологические особеннности тюркоязычного письменного 
памятника XIV в. “Кысас ал-анбия” Насреддина Рабгузи . Автореф. дис. ... канд. филол. наук. –Казань, 2002. 
–С.6
15
Фитрат, Абдурауф. Тилимизнинг тарихий оқими / Танланган асарлар: Ж. IV. –Т.: Маънавият, 2006. –Б. 
174.


74 
II. Kishilarga nisbatan qo‘llanuvchi so‘zlar: ādam – «inson», kiši – «odam», 
dost – «do‘st», yār – «do‘st», dušman – g‘anim»,. 
III. Inson tana a’zolari nomlari: erin – «lab», aya – «kaft», eŋ – «yonoq», 
ernäk – «barmoq», eyägü – «qovurg‘a suyagi». 
IV. Qavm-qarindoshlik, yaqinlik ma’nolarini anglatuvchi so‘zlar: ābā – 
«ota», ağa – «aka», ammuzāda – «amakining o‘g‘li», jadd – «bobo». 
V. Yosh tushunchasi bilan aloqador leksemalar: yigit – «yigit», abušqa – 
«keksa, qari», qart – «keksa», qurtğa – «kampir». 
VI. Jinsiy tafovut tushunchalarini anglatuvchi so‘zlar: er – «erkak», ewlÿk – 
«xotin», qïz – «qiz», oğul – «o‘g‘il», iŋäk – “urg‘ochi tuya”. 
VII. Kishilarning qo‘li bilan yaratilgan narsa-predmetlar nomlari: bïčaq – 
«pichoq», orğaq – «o‘roq», köŋläk – «ko‘ylak», közgü – «oyna».
VIII. Yegulik va ichimliklar: et – «go‘sht», etmäk – «non», čağïr – 
«sharob», kömäč – “cho‘g‘da pishirilgan non”, un – «un». 
IX. Kasb-hunar nomlari: aščï – «oshpaz», yïğaččï – «duradgor», etmäkči – 
«novvoy», bözči – «to‘quvchi», qoyčï – «cho‘pon va hokazo.
Qissa so‘z boyligida qadimgi turkiy til va eski turkiy tilning dastlabki 
yodgorliklarida qayd etilgan leksik birliklar ko‘zga tashlanadi: aδaq – «oyoq», alïn 
– «peshona», meŋiz – «yuz», eš – «o‘rtoq», ağ – «to‘r». 
Asar tilida polisemantik so‘zlar ham o‘z o‘rniga egaligini quyidagi 
misollardan bilish mumkin. Xususan, 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish