«O‘g‘uznoma»
ning qachon va qaerda ko‘chirilganligi
haqida hozirgacha aniq ma’lumot yo‘q. N.Mallaev bu asarni XIII-XIV asrlarda,
A.Sherbak asarning Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgan nusxasi XV asrda
kitobat qilinganini qayd etadi. Nemis olimi V.Bang «O‘g‘uznoma»ning til
xususiyatlarini tahlil qilish asosida shartli ravishda yangi sharqiy turkiy til deb
ataydi. P.Pellioning fikriga ko‘ra Shefer qo‘lyozmasi dastlabki nusxa bo‘lib, 1300
yillarda Turfon (Koshg‘ar)da yozilgan. A.Sherbak «O‘g‘uznoma»ning turli
qo‘lyozmalarini o‘rganish, uning tilini boshqa asarlar bilan qiyoslash asosida
shunday xulosaga keladi: asl nusxa ko‘lyozmaning tili «y»lovchi shevada yozilgan,
so‘z negizining fonetik shakllanishida lablanmagan tovushlar ko‘proq ishtirok
etadi. Qabila ittifoqlarining birlashishi tamoyilining kuchayishi, buning
natijasida ancha qat’iylashgan qarluq, uyg‘ur, o‘g‘uz tili xususiyatlaridan
tashqari, keyinroq kirib qolgan qipchoq unsurlari ham asar tilida aks etgan.
Bu dialektlarning hammasi esa birgalikda eski o‘zbek tilining negizini tashkil
qiladi. Asar tilida qarluq, o‘g‘uz qabila ittifoqi xususiyatlarini uchratamiz.
Darhaqiqat, «O‘g‘uznoma» tilida nisbatan yangi fonetik, leksik va
grammatik xususiyatlar anchagina. Masalan, “d”, “z”ga nisbatan “y” tovushining
ustunligi hodisasini ko‘rish mumkin:
adug‘
– ayiq,
ayg‘ыr
,
qo‘y
. Unlilar
uyg‘unligi to‘la saqlangan:
urung
– oq,
qapiq
– eshik,
temurdun
. So‘z oxirida tor
va keng unlilardan keyin til orqa g‘, g tovushlari saqlanadi:
tirig, olug, tag‘,
adug‘
.
Yodgorlikda leksik jihatdan
tapuq
- xizmat,
telim
- ko‘p,
tug‘
- bayroq,
baluq
- shahar,
qapug‘
- eshik,
cherig
- qo‘shin,
muran
- daryo,
achqich
-kalit,
to‘qush
– urish kabi eski turkiy so‘zlar uchraydi. Bu faktlar asarda qarluq-
uyg‘ur tili xususiyatlarining ustun ekanligini ko‘rsatadi.
Morfologik jihatdan qaratqich kelishigining -ning, -nung turlari ko‘proq
uchraydi:
begning, qag‘anning, qag‘annung
kabi. Asarda tushum kelishigining
qadimgi -ig‘, -ig affiksli shakli, -ы/-n,-/-i/-n vosita kelishigi shakli qo‘llanmaydi.
Asarda -duk, -dүk, -g‘u, -gү affiksli sifatdoshlar uchrab turadi:
ko‘rduk, barg‘u,
68
urushg‘u
. Tartib sonlarning -nchi\unchi qo‘shimchasi bilan berilgan:
ikkinchi,
үchүnchү, үchүnchi
. Shart mayli asosan -sa affiksi bilan keladi:
kulsa, yig‘lasa
kabi. Xullas, «O‘g‘uznoma» asarining til materiallari orqali eski o‘zbek adabiy
tilining qarluq-chigil-uyg‘ur til birligi bilan yaqin munosabatda, uzviy aloqador
ekanligi aniqlanadi.
Eski o‘zbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan biri Qarshi shahrida
topilgan «Tafsir» asari hisoblanadi. Bu asar «
Do'stlaringiz bilan baham: |