66
Tushum kelishigi -i, -ni, -ni, -un, -ug‘, -үg qo‘shimchalari bilan ifodalanadi:
so‘zi,
ag‘izi, bashini
,
yazug‘in
,
sozug
- so‘zni,
bozug
- bo‘zni. -n, -un affiksli vosita
kelishigi shakli ham ancha arxaiklashgan bo‘lib, kam uchraydi:
eligin
- qo‘li bilan,
yuzin, so‘zin
. Jo‘nalish kelishigining kadimgi turkiy til uchun xos bo‘lgan - g‘aru -
gәrү shakllari qo‘llanmaydi, asosan - gә//g‘a, -kә//qa, -ә//-a shakllari
ifodalanadi:
so‘ngakka, so‘zga, yag‘ingg‘a, azaqqa, do‘stina, so‘ngga
.
Chiqish
kelishigining din//tin shakllari ishlatilgan:
o‘ttin
,
tiriktin, bilindin, ezgusindin
.
Asarda sifatdoshning -tәchi, -tachы, -dachы, dәchi, -dug‘ -dүg affiklari bilan
berilgan kadimgi
shakllari kam uchraydi, aksincha, -g‘lы, -gli, -g‘an, -gәn, -qan/-
kan affiksli sifatdoshlar unumli shaklga aylangan:
tuttachi
– tutadigan,
qildachi
–
qiladigan,
ulug‘sundug‘
- ulug‘singan,
ilik sundug‘
– qo‘l solgan;
o‘qug‘li
-
o‘qiydigan,
keligli
– keladigan,
qilg‘an, uchqan, o‘kungan
. Olmoshlarda
bu-mu,
oshul, kəndu-o‘z, nəgu, neluk, qamug‘, anar
kabi xarakterli holatlarni ko‘rish
mumkin. Sifatning qiyosiy darajasi -rәk/raq affiksi, qadimgi turkiy tilga xos -dek
qo‘shimchasi -tek shakli orqali ifodalangan:
o‘kushrak
– ko‘proq,
vafosizraq
kabi.
Binobarin, «Hibatul haqoyiq» asari leksik, fonetik va grammatik jihatdan birinchi
navbatda, XI-XIII asrlarda qo‘llangan turkiy adabiy tilning
barcha xususiyatlarini
aks ettiradi, turkiy qabila tillarining ancha rivojlanaganligini, ma’lum kela
boshlaganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bu asar o‘zining
til xususiyatlari
jihatdan ma’lum tafovut va farq bo‘lishiga qaramay, ko‘p jihatdan XIII-XIV
asrlarda yaratilgan asarlarning tili bilan umumiylikka ega. Ayni vaqtda, bu
asar orqali eski turkiy adabiy tildan eski o‘zbek tiliga o‘tishda katta kadam
qo‘yilganligini, unga yaqinlashib kelinganligi ham aniq bilinadi. Bu esa o‘sha
davrdagi turkiy qabila tillarining o‘zaro
yaqin munosabatini, ularning
rivojlanishini natijasida dastlab o‘zbek xalq (elat) tilining tashkil topishi
tezlashganligini, shuningdek, boshqa turkiy elat tillarining
shakllanish jarayoni
davom etganligini tasdiklaydi. Demak, «Hibatul haqoyiq» asari Sharqiy
Turkistonda emas, shuningdek, Movaraunnahr, Xuroson
va boshqa hududlarda
ham mashhur bo‘lgan. Til jihatdan barcha turkiy xalqlarga tushunarli bo‘lgani
uchun Navoiy davrida ham o‘z ta’sirini saqlab qolgan.
67
O‘rta Osiyo turkiy xalqlari - o‘g‘uz va qarluq lahjalarining qadimgi
yodgorligi hisoblangan
Do'stlaringiz bilan baham: