S.N. Fazildinova- FarDU, assistent o`qituvchi
M.N. Abduolimova- FarDU magistranti
TURLI TIZIMLI TILLARDA ANIQLIK MAYLINING NAMOYON BO’LISHI
Mayl – bu keng qamrovli tushuncha bo`lib, tilshunoslikda universal termin sifatida foydalaniladi va deyarli barcha tillar grammatikasida uchraydi. Mayl kategoriyasi fe`llarga xos tushuncha hisoblanadi, ya`ni, fe`l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma`nolarini ifodalovchi fe`l shakllari mayl shakllari deb nomlanadi.
Mayl kategoriyasi harakat bilan ushbu harakatni bajaruvchisi orasidagi aloqaning voqeilikka munosabatini ko’rsatadi. Bu aloqa va munosabatning turlicha bo’lishidan maylning ham bir necha turi mavjud bo’ladi va har bir turga xos ma’nolar maxsus shakllar orqali ifodalanadi. Mayl shakllari esa fe’llar orqali beriladigan modal ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu modal ma’nolar reallik,faraz,ikkilanish,istak-xohish kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Umuman olib qaralganda, fe`l mayllarining quyidagi turlari mavjud:
xabar mayli (aniqlik mayli);
buyruq-istak mayli;
shart mayli.
Harakat va holatning bajarilish yoki bajarilmasligi haqida habar, darakni bildiruvchi fe`l shakli xabar mayli shakli hisoblanadi. Xabar maylini ifodalovchi maxsus shakllar mavjud emas. Fe`l tarkibidagi zamon hamda shaxs-son qo`shimchalari xabar mayli ma`nosini ham ifodalaydi. Xabar mayli boshqa manbalarda aniqlik mayli deb ham nomlanadi. Aniqlik mayli real borliqqa mos keladigan harakat va holatni ifodalash uchun hizmat qiladi. Bu mayl fe’llarining barcha zamon turlarini o’z ichiga oladi. Bu zamon turlari sodir bo’layotgan, sodir bo’lgan va sodir bo’ladigan harakat yoki holatdan iboratdir. Gapiruvchi aniqlik mayl shakllaridan foydalangan holda real harakatni nazarda tutib xabar beradi. Shu bilan bir qatorda fe’l shakllari orqali harakatning borliqqa bo’lgan munosabatini ifodalaydi.
Masalan: gullagan, yashnamoqda,o`ylashdi, o`ynamayman.
Yuqoridagi fe`llarda so`zlovchining real borliqqa xos munosabati ifodalanayapti. Garchi ushbu fe`llarada ma`lum bir aloxida qo`shimcha bo`lmasa ham, ular tarkibidagi zamon va shaxs-son birliklari ushbu fe`llarda ifodalangan harakat va holat haqidagi xabar va darak ma`nolarini bermoqda.
Aniqlik maylining modallik ma’nosi harakat realligini ish-harakat haqidagi xabardan uzoqlashmagan holda ko’rsatishdan iboratdir. Ya’ni aytishimiz mumkinki aniqlik mayli fe’l ifodalagan ish-harakat yoki holat real fakt ekanligini bildiradi:
Bola chaqqonlik bilan o`zini suvga otdi.
Kabob uchun shahardan zira-piralarni ham olib chiqib qo`ydik.
Otasi Qo`qonning Madalixon madrasasida bir necha yillar mudarris bo`lib ishlagan.
Cho`pon gapiradi, xotini aytadi, o`g`li chaqiradi.
Kunduzi bo`lishiga qaramay, birdan hamma yoq qop-qoqrog`I bo`lib ketdi.
Ushbu gaplardan ko`rishimiz mumkinki, fe`llar tarkibidagi xabar ma`nosi zamon va shaxs-son qo`shimchalari orqali ifodalanayotganligi uchun aniqlik mayli hamma zamonlarda uchramoqda.
Yana boshqa manbalarda xabar maylini ijro mayli deb ham nomlanganini ko`rishimiz mumkin. Ya`ni harakat –holatning uning bajarilish vaqti bilan bog’liq holda ifodalaydi. Bu maylda harakatning bajarilishi –bajarilmasligi (ijrosi) tushunchasi mavjud bo‘ladi.
Masalan:
a)Turg’unoy oxiri bosgan oyog’ini ko‘tara olmay to‘xtab, Mastonning yelkasiga boshini qo‘ydi va piq – piq yig’ladi.
-Sonim tolidi… o‘ligim shu adirlarda qoladi... – dedi, keyin tizzasi bukildi – yu, yiqildi. (A.Qahhor).
b) -Senga o‘xshagan laqmalarning boshini yeydi.(T.Malik).
v) Otingizga ozroq jo‘xori berib qo‘ydim.
g) -Homid akangga juda ham mehribon ekansan, Sodiq! – dedi Otabek.
Masalan:
- Senga o‘xshagan laqmalarning go‘shtini yeydi. Misolda sub’ektiv modallik ham mavjud. Shuningdek, ya’ni sub’ektiv modallik ham ifodalanmoqda, biroq ana shu modal munosabat (laqmalarning go‘shtini yemoq) leksik-semantik vositalar asosida ajralib turibdi. Bu misolda g’azab, nafratlanish, achinish, xatto ta’kidlash munosabati ifoda etilyapti. Ya’ni “u” - iflos odam, sendek laqmalarning go‘shtini yeydi, deganimizda g’azab va nafratlanish munosabatini; "Laqmasanlarda, shuning uchun go‘shtingni yeydi”, deb olganimizda achinish munosabati; “U faqat sendek laqmalarninig go‘shtini yeydi”, - deb olganimizda ta’kidlash nunosabati ifoda etilyapti. Muhimi bu o‘rinda so‘zlovchining ishonnchlilik darajasi ifodlangan. Endi birinchi misolni ko‘rib o‘tsak. …piq- piq yig’ladi.
- Sonim tolidi... o‘ligim shu adrlarda qoladi... dedi, keyin tizzasi bukildi-yu, yiqildi. Misolda obyektiv modallik bilan bir qatorda sub’ektiv modallik ham sezilib turibdi. Bu yerda so‘zlovchining o‘z harakat-holatiga achinish munosabati ifoda etilyapti. Shuningdek, gap mazmuniga nisbatan xabardorlik darajasi aniq emasligi ko‘rinyapti.( Abdulla Qahhor “O`tkan kunlar”).
Fe’lning bu mayli ish –harakat bajarilishini aniq sodir bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligini ko‘rsatib kelishi bilan harakterlidir. Ijro mayli aksar hollarda ob’ektiv modallikni ifodalaydi. Biroq, bu sub’ektiv munosabat bo‘lmaydi, degan xulosa chiqarish uchun asos bo‘lmaydi1.
Shuningdek, aniqlik mayli real shartni yani amalga oshishi mumkin bo’lgan shartni ifodalash uchun ham ishlatiladi:
“Agar kech qolsam, xavotir olmang” –dedi Jasur onasiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |