‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I



Download 7,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/295
Sana19.05.2023
Hajmi7,77 Mb.
#940670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   295
„falsafa — bilish manfaati
y o ‘lidagi b i l i s h d i r
degan fikrida ham xuddi shu m a’no bor.
Shu sababli falsafa fan sifatida minglab yillar davomida inson 
m a’naviy kamoloti, yetukligi darajasining belgisi, insonparvarlik, 
adolatparvarlik, bilimga va haqiqatga tashnalik bilan bog'langan 
tafakkur madaniyatining ko‘rinishi sifatida rivojlanib kelmoqda.
Jamiyatda ham m a zam onlarda yetuk bilimli, axloq-odobli
insoniyat erishgan ilmiy, amaliy yutuqlarni aqliy umumlashtirib, 
ulardan istiqbol yo‘lini ko'rsata oladigan teran xulosalar chiqarish 
imkoniga ega bo ‘lgan kishilar 
faylasuflar 
deb atalgan. Faylasuflik 
ilmiy, m a’naviy kamolotning belgisi hisoblangan. Faylasuf degan 
nom shaxsning m a’naviy yetukligini, jamiyatdagi katta obro‘- 
e ’tiborini ham ifodalagan. M ashhur nemis faylasufi Hegelning
„falsafa tafakkurda qamrab olingan davrdir“ , degan teran fikri ham 
shuni nazarda tutgan.
Falsafiy b ilim lar q an d ay d ir m avhum aqidalar, shiorlar, 
avtoritar ko ‘rsatm alar emas. Falsafa fan sifatida insonga o ‘z 
mohiyatini, jamiyatdagi o ‘rnini, maqsad va manfaatlarini chuqur 
anglashiga, m ustaqil, erkin fikrlab, haqiqatni bilishiga, hayot 
saboqlarini, barcha bilimlarini m a’lum ilmiy, axloqiy qadriyatlar 
asosida um um lashtirib, borliq, uning shakllari haqida yaxlit 
xulosalar qilishiga imkon beradigan bilim sohasidir.
Jamiyat tarixida falsafa faniga xayrixohlar ham, dushm anlar 
ham bo‘lgan. Bu fan xayrixohlari uni inson m a’naviy kamolotining 
cho‘qqisi, bilim lam ing qaymog‘i deb qaraganlar. M ashhur Rim 
m utafakkiri Sitseron: 
,Jralsafani sevm aslik — tuqqan onani
s e v m a s lik d ir “
, deg an edi. F alsafan in g m o h iy a tin i, in so n
m a’naviyati tizimidagi o ‘rnini bilmagan, uni qandaydir qotib qolgan 
aqidalar tizimidan iborat, deb tushungan, tafakkur madaniyati 
past bo ‘lgan kishilargina bu fanning inson m a’naviy kamoloti, 
jamiyat taraqqiyotidagi o ‘rni va ahamiyatini inkor etishi mumkin.
Jam iyat hay o tid a insonparvarlik, adolatparvarlik, haq i- 
qatparvarlik qadriyatlari hukm ron b o ‘lgan davrlarda falsafa faniga 
hurm at va e ’tibor ham kuchli bo'lgan. Jamiyatda jaholat, xurofat, 
adolatsizlik, zo‘ravonlik, avtoritarizm, shaxsiy va guruhiy diktatura 
kuchaygan davrlarda esa, m ustaqil falsafiy qarash lar rivoji 
cheklangan, zam onaning mustaqil, erkin fikrlovchi mutafakkirlari 
quvg‘in ostiga olingan. Tarixdan buyuk yunon faylasufi Anak-
10


sagorning o ‘limga m ahkum etilgani, Pifagor o ‘z g ‘oyalari uchun 
kurashib, mamlakatdan qochib ketib, boshqa yurtlarda ochlikdan 
o ‘lgani, Suqrot ham o ‘limga m ahkum etilgach, zahar ichib 
halok bo‘lgani, Empedokl ta ’qib va tazyiqlarga bardosh bera olmay 
o ‘zini Etna vulqoniga tashlagani, D em okrit o ‘lim jazosidan 
qutulish uchun boshqa yurtlarga qochib ketgani m a’lum. Arastu 
o'lim hukm idan qutulish uch u n A finadan boshqa yurtlarga 
qochib ketib, m usofirlikda, ochlikda vafot etgan. M ashhur 
faylasuf Sufiy M ansur Xalloj, m utafakkur shoir B oborahim
M ashrab erkin fikrlari uchun dorga osilgan. N em is faylasufi 
Feyyerbax um rining oxirini sarson-sargardonlikda o ‘tkazgan. 
Bunday dalillarni keyingi tarixiy davrlardan olingan m isollar 
asosida ham ko'rish m um kin.
Ilg'or faylasuflar har doim ad o lat,h aq iq at u ch u n kurashib 
kelganlar. Lekin, m a’lum davrlar va sharoitlarda jamiyat va jamoat 
faylasuflar o ‘rtaga qo'ygan teran fikrlarni o ‘z vaqtida anglash
ularga tayanish ehtiyoji va im koniga ega bo'lm asliklari ham
m um kin. Jam iyat bu teran fikrlarning m ohiyati va aham iyatini 
anglab yetgan vaqtlarda esa, ularning m ualliflari hayotdan k o ‘z 
yumgan b o ia d i. Shu sababli aqidaparastlik, m addohlik girdobiga 
tushm agan faylasuflar k o ‘pincha vafot etganidan keyin o b ro ‘, 
e ’tibor topgan.
Falsafa o'zining butun tarixi davomida ziddiyatli va mashaqqatli 
rivojlanish yo‘llaridan o ‘tdi. Bu davr ichida bu fanning mohiyati, 
ahamiyati, bahs mavzusi masalasi ham katta munozaralarga sabab 
bo ‘ldi. Shu sababli falsafani o ‘rganishni uning 
mohiyatini, bahs
mavzusi
hamda 
dunyoqarash tizimidagi о ‘m ini bilishdan
boshlash 
kerak.
Xo‘sh, falsafaning inson dunyoqarashi tizimidagi o ‘m i qanday, 
u o ‘rganayotgan masalalar tizimiga nim alar kiradi?

Download 7,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish