112
taqdimot materiallari, mustaqil ish, ochiq
va yopiq testlarni kiritib, o‗z vaqtida
talabalarning bilimlarini baholab boryaptilar. Onlayn dars yangicha uslub va
an‘anaviy darsdan tubdan farq qiladi. Demak, har bir o‗qituvchi-pedagog endi
auditoriyadagi yondashuvlarni qisman unutib, virtual
auditoriyalarga moslashishi
zarur, chunki bu darslarning ham o‗ziga yarasha jiddiy talab va shartlari bor.
Mazkur tajribalarda ―masofaviy o‗qitish‖ — inglizcha ―distance learning‖
atamasidan ―distance education‖, ya‘ni ―masofaviy ta‘lim‖ atamasining kengroq
tushuncha ekanligini ta‘kidlashgan. ―Masofaviy ta‘lim‖ atamasi esa ta‘lim
jarayonining barcha jihatlarini o‗z ichiga qamrab oladi. Bu tushunchalar bir
tomondan o‗xshash bo‗lib, ular bitta hodisa — axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga joriy qilishni bildiradi. Onlayn darslar vositasida
talaba-yoshlarimiz ko‗proq
mustaqil ishlash, ilmiy ijod bilan shug‗ullanish,
kitoblarni mutolaa qilish imkoniyatlariga ega bo‗lsalar, pedagog-o‗qituvchilarimiz
xorij olimlari ishtirokida tashkil qilinayotgan onlayn videokonferensiyalarda
qatnashib, kasbiy mahoratlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‗ldilar.
Zamonaviy globallashuv sharoitida oliy ta‘lim sohasidagi onlayn o‗qitish
usullari zamonaviy axborot vositalari bilan boyitilishi natijasida ta‘lim sifatining
yanada ortishi kutilmoqda. Bu borada masofaviy o‗qitish usuli o‗qituvchi-pedagog
va talabalar uchun ham qator qulayliklarga egaligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Endigi vaziyat talabalar uchun zarur bo‗lgan o‗quv-uslubiy materiallar, o‗quv
qo‗llanmalar asosida kompyuter dasturlari ishlab chiqish vazifasini qo‗ymoqda.
Zero, masofaviy o‗qitish har qanday sohada ham jahon ta‘lim
markazlarining
uslubiy adabiyotlari, zamonaviy hamda so‗nggi axborotlarni olish, jamlab
foydalanish imkoniyatlarini beradi. Mamlakatimizda
texnologiyalarning keng
miqyosda joriy etilishi bilan onlayn tarzda o‗qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga
molik masalalarni yechishda ham joriy etish mumkin. Ta‘lim sohasiga bo‗lgan
talabalarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning
malakali raqobatbardosh mutaxassislarga bo‗lgan ehtiyoji ham qondiriladi.
Shuningdek, talabalarning ijtimoiy va kasbiy faolliklarini oshirishga erishish
mumkin. Sirtqi bo‗limlarda tahsil olayotgan talabalarning, xususan,
ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda ta‘lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‗qitish bo‗lajak mutaxassislarni
tayyorlashda muhim o‗rin tutadi hamda mehnat bilan mashg‗ul shaxslarning jamiyat
hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini
boyitishga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: