Сборник докладов республиканской научно-методической конференции вопросы применения современных систем и технологий



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/192
Sana16.05.2023
Hajmi4,83 Mb.
#939330
TuriСборник
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   192
Bog'liq
NIODV16odDrn6UImasWEOZYBtCBrWptH

 
 
 
 
 
 


116 
 
O„QITISHDA O„YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
SAMARADORLIGI 
Gaziyev X.G., Mutalova Sh.A., ТАТU 
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor va zifalaridan kelib 
chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar 
darajasiga mosoliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash ta‘limga texnologik 
yondashuvni talab etadi. 
Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‗llash talabalarga bilim 
berish sifatini oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta‘limni 
zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta‘lim muassasalarida ta‘lim 
samaradorligini oshirish maqsadida ta‘lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, 
axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish 
ko‗zda tutilgan. 
Ta‘limning bugungi vazifasi o‗quvchilarni kun sayin ortib borayotgan 
axborot — ta‘lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‗rsata olish, turli sohalarda 
zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‗llash va axborot oqimidan oqilona 
foydalanishga o‗rgatishdan iborat. 
Ta‘lim jarayoniga innovatsiyalarni qo‗llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni 
amalga oshirishni talab etadi: 

o‗quv fanining aniq maqsadini aniqlash; 

fanning hajmiva mazmunini aniqlash; 

zarur bo‗lgan ta‘lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish; 

fanning moddiy va texnik ta‘minotini yaratish; 

ta‘lim oluvchilarning xususiyatlarini o‗rganish; 

o‗qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‗ulotini loyihalash. 
Mutaxassislarning fikricha, insonning asosiy faoliyat tur iuch ko‗rinish: 
mehnat faoliyati, o‗yin faoliyati, o‗quv faoliyatida shakllanadi. 
O‗yinli 
texnologiyalardan 
foydalanishning 
asosini 
talabalarning 
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati
 
tashkil etadi. O‗yin olimlar 
tadqiqotlariga ko‗ra mehnat va o‗qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan 
biri hisoblanadi. Psixologlarning ta‘kidlashlaricha, o‗yinli faoliyatning psixologik 
mexanizmlari shaxsning o‗zini namoyon qilish, hayotda o‗z o‗rnini barqaror qilish, 
o‗zini o‗zi boshqarish, o‗z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental 
ehtiyojlariga tayanadi. O‗yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, 


117 
mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O‗yinlar turli maqsadlarga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, 
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‗llanadi. O‗yinning 
didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va 
ko‗nikmalarni qo‗llash, umumta‘lim malaka va ko‗nikmalarni rivojlantirish, mehnat 
ko‗nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‗ladi. O‗yinning 
tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai 
nazarlar, ma‘naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, 
kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga 
qaratilgan bo‗ladi
Barcha o‗yinlarda o‗yinchi o‗yin shartlarini tezda o‗zlashtiradi va o‗ziga 
belgilangan vazifani qabul qiladi. O‗yin qoidalarini bajarish jarayonida o‗yinchi 
o‗zining maqbul qarorlarini o‗yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi. O‗yindagi musobaqa esa shaxsiy sifatning tinmay 
yaxshilanib borishiga sabab bo‗ladi. Zamonaviy axborot texnologiyasini yaxshi 
bilgan va undan to‗g‗ri maqsadlarda foydalana olgan talabagina kelajakda o‗z 
qobiliyatlarini takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to‗g‗ri foydalana olishi va albatta 
komil inson sifatida shakllanishi mumkin. 
Xulosa qilib, o‗yin texnologiyalardan foydalanib mashg‘ulotlarni olib borishni 
faol o‗qitish shakllaridan biri deb qarashmumkin. O‗yinli texnologiyalardan 
foydalanib mashg‘ulotni tashkil etish va o‗tkazish o‗rganilayotgan materialga doir 
atamalarni mukammal tushunishda va eslab qolishda stimul bo‗lib hisoblanadi. 
O‗yinli texnologiyalar natijasida talabalarning bilish faoliyati rivojlanadi, o‗quv 
materialini o‗rganishga qiziqishi uyg‘onadi, olgan bilimlarini mustahkamlaydi. 
Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri aynan yosh avlodni mustaqil va erkin 
fikrlashga o‗rgatishdan iborat. 

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish