Сборник докладов республиканской научно-методической конференции вопросы применения современных систем и технологий


MILLIY KADRLARNI TELEVIDENYEGA TAYORLASHDA



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/192
Sana16.05.2023
Hajmi4,83 Mb.
#939330
TuriСборник
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   192
Bog'liq
NIODV16odDrn6UImasWEOZYBtCBrWptH

MILLIY KADRLARNI TELEVIDENYEGA TAYORLASHDA 
ZAMONAVIY KOMPYUTER MAXSUS EFFEKTLARI VA ULARNI 
QO'LLASHDA AMALIY DASTURLAR TO'PLAMI 
 
Saidov F.F., Joldasov Sh.В., Nurmuhamedova S.A., TATU 
Elektronika va kibernetikaning rivojlanishi asosida va tasvirlarni qayta ishlashni 
kompyuter dasturlarida amalga oshirish natijasida yuzaga kelgan yangi vositalar
ularning keng tarqalishi tasviriy san'atda yangi bir yo'nalish – kompyuter 
grafikasining paydo bo'lishiga olib keldi. Bu esa sanoat va maishiy dizayn ko'rinishini 
o'zgarishiga olib keldi. ―Kompyuter grafikasi‖ termini endlikda kino sanoatida 
―kompyuter maxsus effektlari‖ deb qo'llanilmoqda.
Texnologik rivojlanishning har bir yangi turi materiallar badiiy talqini uchun 
yangi imkoniyatlar yaratadi va ularning ijodiy rivojlanishini talab qiladi. Bu esa 
rejessyor yoki rassom uchun, ekranning badiiy ifodasi kompyuterlashtirish vositasi 
sifatida juda ham muhim hisoblanadiki, o'z navbatida bu oddiy masala emas va jiddiy 
o'rganishni talab etadi.
Kompyuter maxsus effektlarning paydo bo'lishi kino, musiqali kliplar va 
teleko'rsatuvlar uchun muhim o'zgarishlar davrini boshlab berdi. Bu esa mazkur 
sohalarda yangi imkoniyatlar bilan birga yangi muammolarni yuzaga keltirdi. Agar 
biz yangi texnika va texnologiyalardan samarali foydalanishni xoxlasak, ushbu 
muammo va imkoniyatlarni aniqlab olishimiz kerak bo'ladi.
Kompyuter maxsus effektlarida biz unutmasligimiz lozim bo'lgan jihalar 
kiritilgan: kompyuter animasiyasi va kompyuter grafikasi elementlari kinodagi tasvir 
sifatiga juda kuchli ta'sir ko'rsatadi, va, ehtimol shuning uchun ular tomoshabinlarga 
ma'qul bo'ladi. Maxsus effektlar o'z-o'zidan filmning tasviriy tarkibida zamonaviy 
yondashuv belgilari hisoblanadi, masalan, kompyuter animasiyasi yordamida 
yaratilgan «Ko'rinmas odam» filmi. Ushbu filmning tomoshabinlar ma'qul bo'lishini, 
rejissyor yaxshi ishlagani yoki ssenariy yaxshi yozilgani, va shuningdek kinoda shu 
vaqtgacha hech kim ko'rmagan maxsus effektlardan foydalanilgani bilan belgilash 
mumkin. Ushbu filmda eski effektlar takrorlanmaydi, ko'rinmas odam va boshqa 
qahramonlar o'rtasidagi nizo ishonarli ko'rinishda aks etgan. 
Shuni ham aytish o'rinliki, kompyuter elementlari film yaratilishi davomida 
xarajatlarini kamaytiradi, va aynan shuning uchun yangi kino shakllanishida muhim 
rol o'ynaydi. Mavjud binolar, kemalar, samolyotlar yoki boshqa transport 
vositalarining portlashi juda qimmatga tushadi. Shu sababli kinoijodkorlar eng yuqori 
effektlarga erishish uchun ko'proq maketlar va kompyuter texnologiyalariga murojaat 
qilishmoqda. 


324 
Yana bir muhim masala bor. Agarda kinoijodkorlar har doim kompyuter maxsus 
effektlardan foydalanishi va bugungi tomoshabinlar bunga asta-sekin ko'nikishadigan 
bo'lsa, u holda ko'pgina filmlar reallik hissini, ahamiyatini yo'qotishi mumkin. Bu 
xavf yanada oydinlashadi. Shu munosabat bilan, biz filmlarda chegara bilmas 
darajada kompyuter animasiyasi effektlaridan foydalana olmaysiz. Biz shunday 
vaqtda yashayapmizki, bugungi kunda ko'pgina filmlarni tomoshabin ko'rishi 
mumkin, ammo bunga ko'pchilik ishonishmaydi. Bu esa kino sanoatida kompyuter 
texnologiyalarining kirib kelishi bilan bog'liqdir. Kompyuter animasiyalari va maxsus 
effektlarsiz bugungi kunda kino, televidenie va reklamani mukammal tarzda 
olishning imkoni yo'q. Bunga erishish uchun kompyuter maxsus effektlarini berish va 
tasvirlar ustida ishlashga mo'ljallangan ko'plab dasturiy vositalar mavjud. 
Uch o'lchovli animatsiyalar vujudga kelishi bilan 3D-paketlar ikki o'lchovli 
animatsiyalarni surib chiqardi. Ammo ikki o'lchovli animasiyalardan foydalanish 
etarli bo'lgan sohalar ham mavjudki, bunda ikki o'lchovli animatsiyalar yaratish 
dasturlari ishlatiladi. Xususan, Adobe Flash, Animator Pro va Animo kabi 
dasturlarda ko'plab multfilmlar va xarakatlanuvchi jarayonlar aks etgan vizual 
tasvirlar yaratilib kelinmoqda. 
Uch o'lchamli animatsiya texnologik jihatdan qo'g'irchoqni yaratishga o'xshaydi: 
dastlab ob'ekt karkasi yaratiladi, unga materiallar qoplanadi, bularning barchasi 
yagona sahnaga birlashtiriladi, yorug'lik va kamera o'rnatiladi, so'ngra filmning 
kadrlar soni va predmetlar harakati beriladi. Nima sodir bo'lishini kamera yordamida 
ko'rish mumkin, bunda kameraning o'zi ham xarakatlanadi. Uch o'lchamli fazoda 
ob'ektlar harakati traektoriya bo'yicha, asosiy kadrlar va murakkab konstruksiyalar 
qismlarining harakatini bog'lovchi formulalar orqali beriladi. Kerakli harakat, 
yorug'lik va materiallar tanlab olingach, vizuallashtirish jarayoniga beriladi. Ma'lum 
vaqtdan ichida kompyuter barcha kerakli kadrlarni hisoblab chiqadi va bizga tayyor 
filmni taqdim etadi. 
Uch o'lchovli modellashtirishga mo'ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha 
tavsifi: 
1. Autodesk 3D Studio Max – ancha keng tarqalgan, shuningdek grafik paketni 
o'zlashtirish nisbatan oson. Qo'shiladigan modul V-Ray real ob'ektlar va inter‘erlarni 
yaratish imkonini beradi.
2. Autodesk Maya – boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga 
ega bo'lgan muhim grafik paket hisoblanadi. Unga qo'yidagilar tegishli: subdiv 
primitives 
yordamida 
modellashtirish, 
materiallar 
bilan 
qulay 
ishlash, 
modellashtirilgan ob'ektga turli effektlarni chizish imkoniyati, animatsiyalarning 
rivojlangan tizimi va b. Realistik inter‘erlar, personajlar, shuningdek kinofilmlar va 
kompyuter o'yinlari sanoatida vizual effektlar yaratishda keng ishlatiladi.
3. Maxon Cinema 4D – qulay interfeysga ega bo'lgan nemis grafik paketi. 
Tezkor xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni hisoblash 


325 
bo'yicha o'zining noyob algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D modelni bevosita 
ko'rinadigan ekranga bo'yash imkonini beradi.
4. NewTek LightWave 3D – juda ham qulay animatsion asboblar va yuqori 
sifatli renderingga ega bo'lgan grafik paket. Televizion formatda uch o'lchovli grafika 
yaratish uchun qulay. 

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish