Сборник докладов республиканской научно-методической конференции вопросы применения современных систем и технологий



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/192
Sana16.05.2023
Hajmi4,83 Mb.
#939330
TuriСборник
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   192
Bog'liq
NIODV16odDrn6UImasWEOZYBtCBrWptH

 
 
OBYEKTLARNI KO'RISHDA FOYDALANILADIGAN VOSITALAR 
Usmonov A.I., Tashmetov SH.E., ТАТU
Biz yashayotgan olam uch o'lchamli obyektlardan iborat. Matematikaning 
ko'plab yo'nalishlarining, jumladan geometriya va trigonometriya ham, taraqqiyoti, 
obyekt o'lchamini o'lchasg va ular o'rtasidagi masofa kabi oddiy g'oyalarni 


291 
konseptual tarzda tizimlashtirishga bo'lgan talabdan kelib chiqqan. Ko'pincha 
xaritalar, rasmlar va fotografiya kabi rasm yoki tasvirlarga bo'lgan fazoviy 
munosabatimizni tushunishni ko'rsatishga urinamiz. Shu tarzda kamera, mikroskop 
va teleskoplar kabi ko'plab fizik qurilmalarning taraqqiyoti obyektlar o'rtasidagi 
fazoviy munosabatlarni tasavvur qilishga bo'lgan intilish bilan bog'liq edi. Shuning 
uchun, tasvir hosil qilish fizikasi va matematikasi o'rtasida har doim fundamental 
aloqa bo'lgan. Ulardan birini kompyuter tasvirini tuzish jarayonida ishlatishimiz 
mumkin. 
Ikki asosiy element, obyekt va tasvir vositasi, xoh matematik jarayon bo'lsin, 
xoh fizik, har qanday tasvir hosil qilish jarayonining bir qismi bo'lishi kerak. Obyekt 
fazoda har qanday tasvir hosil qilish jarayonidan va tasvirlash vositasidan erkin 
tarzda mavjud bo'ladi. Sintetik obyektlar ko'riladigan kompyuter grafikasida nuqtalar, 
chiziqlar va poligonlar kabi turli geometrik elementlarning fazoda joylashuvini 
aniqlashtirish orqali obyektlar hosil qilinadi. Ko'pchilik grafika tizimlarida fazoda 
joylashuvlar yoki burchak balandliklari majmuyi ko'pchilik obyektlarni aniqlash va 
chamalash uchun yetarli. Masalan, chiziq ikkita burchak uchi bilan aniqlanishi 
mumkin: poligon burchak balandliklarining tartiblangan ro'yxati orqali aniqlanadi; 
sfera uning markazi va doirasidagi har qanday nuqtani aniqlaydigan ikkita burchak 
uchi bilan aniqlanishi mumkin. CAD tizimining asosiy funksiyalaridan biri 
interfeysni ta'minlash bo'lib, bu, dunyoning sintetik modelini qurish uchun, 
foydalanuvchi ishini osonlashtiradi.
1-rasm. Kamera tizimi. 
1-rasmda binoni kuzatayotgan kamera tizimi ko'rsatilgan. Ushbu o'rinda ham 
obyekt ham tasvir vositasi uch o'lchamli olamda mavjud. Biroq, proeksiya tekisligida 
aniqlangan, ular aniqlashtirgan tasvir ikki o'lchamli. Ikki o'lchamli tasvir hosil qilish 
uchun tasvir vositasining aniqlanishi bilan obyekt aniqlanishining uyg'unlashuv 
jarayoni tasvir hosil qilishning o'zagidir va bu batafsil o'rganib chiqiladi. 
Tasvir hosil qilish yuqorida to'liq yoritilmadi. Masalan, yorug'lik eslatib 
o'tilmadi. Yorug'lik manbalari bo'lmasa, obyektlar qora bo'lib qoladi va tasvirda hech 
narsa ko'rinmaydi. Yorug'lik tasvirga qanday kirishi va obyektning yuza xususiyatlari 
effekti nimaligi ham ko'rsatilmadi. 


292 
2-rasm. Obyekt va yorug'lik manbasiga ega kamera tizimi. 
Fizik tomonlama aniqroq yondashish uchun 2-rasmdagi sxemadan boshlaymiz. 
Rasmda oddiy fizik tasvirlash tizimi ko'rsatilgan. Yana fizik obyekt va tasvir 
vositasiga qaytamiz(kamera); endi ekranda yorug'lik manbasi mavjud. Manba 
yorug'ligi obyektning turli yuzalariga uriladi va qaytgan nurning bir ulushi linza 
orqali kameraga kiradi. Yoruglik va obyekt yuzasi o'rtasidagi o'zaro ta'sir detallari 
kameraga qancha yorug'lik kirganligini aniqlaydi. 
Yorug'lik elektromagnit radiatsiyasining bir shaklidir. Klassik nuqtayi nazardan 
elektromagnit energiyasining ko'chish uzunligini to'lqin sifatida puxta o'rganamiz. 
Ushbu to'lqinlar o'zining to'lqin uzunliklari va chastotalari orqali tavsiflanadi. 
Elektromagnit diapazoni (3-rasm) radio to'lqinlarni, infraqizil nurlarni va ko'rish 
tizimimizda javob berishga sabab bo'ladigan qismni o'z ichiga oladi. 350 dan 780 
nanometrgacha bo'lgan to'lqin uzunligiga ega ushbu ko'rish diapazoni (ko'rish) 
yorug'ligi deb ataladi. Berilgan yorug'lik manbasi turli to'lqin uzunliklarida nut 
tarqatadigan energiya orqali aniqlanadigan rangga ega. 520 atrofidagi diapazon 
o'rtasida to'lqin uzunliklari yashil ko'rinadi; 450 nmga yaqini ko'k; 650 ga yaqini 
qizil. Kamalakda qizil va yashil o'rtasidagi to'lqin uzunligida sariq rangni ko'ramiz va 
ko'kka nisbatan qisqaroq to'lqin uzunliklari binafsha rangni hosil qiladi. 
Yorug'lik manbalari yo alohida chastotalar to'plami sifatida yoki doimiy tarzda 
nur taratishi mumkin. Masalan lazer bitta chastotada yorug'lik tarqatadi, cho'g'lanma 
lampa esa chastota doirasidan ko'proq energiya ajratadi. Kompyuter grafikasida 
mustasno tarzda alohida chastotalar alohida ranglar kabi ko'rinadi va yorug'likning 
fizik xususiyatlariga kamroq e'tibor qaratamiz. 


293 
3-rasm. Elektromagnit diapazoni 
Buning o'rniga, yanada an'anaviy bo'lgan metodga amal qilamiz. Yorug'likning 
to'lqin xususiyati asosiy omil bo'lmagan shkalada va yetarlicha kuchli yorug'lik 
darajalari bilan ishlaganda ushbu metod samarali. Geometrik optik qurilmalar 
yorug'lik manbalarini yorug'lik energiyasining tarqatuvchisi sifatida modelini ishlab 
chiqadi, ulardan har biri doimiy kuchlanishga ega. Geometrik modellashtirilgan 
yorug'lik manbadan o'zaro ta'sirda bo'lgan obyektga - to'g'ri chiziqqa tomon o'tadi. 
Ideal nuqtadagi manba barcha yo'nalishlarda teng bo'lgan bitta yoki undan ortiq 
chastotalarda yagona joydan energiya ajratadi. Elektrolampochka kabi yanada 
murakkab manbalar bitta hududda tarqatuvchi yorug'lik sifatida va boshqasiga 
nisbatan bitta yo'nalishda ko'proq yorug'lik tarqatishi bilan tavsiflanadi.

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish