“Avesto”da iqtisodiy qarashlar va iqtisodiy tarbiya masalalari
Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya haqidagi dartlabki fikrlar bundan qariyb 3000 yil muqaddam
vatanimiz hududlarida Zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‗lmish «Avesto» buyuk olim hamda
faylasuf Zardusht tomonidan bizga meros qoldirilgan. Bu asar aslida diniy qarashlar asosida
bitilgan, lekin bu durdona asar turli-tuman sohalarga tegishli bo‗lgan ilk g‗oyalarni ham o‗zida
mujassamlashtirgan. Hatto, Qadim Yunonistonda asoslangan va ilk bor tadqiq, etilgan deb tan
olingan aksariyat g‗oyalar va fikrlar ushbu nodir kitob orqali ulardan ham oldinroq yaratilgani
ma‘lum bo‗ldi.
Bu asarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga katta urg‗u berilgan. Xususan hozirgi zamon
iqtisodiyot hazinasining dolzarb mavzu va muammolarning ilk kurinishlari o‗sha davrga xos
ravishda o‗rganilgan hamda tartibga solingan.
Ayniqsa, asarda chorvachilik va qishloq xo‗jaligi sohasining asosiy tarmog‗i hisoblangan
dehqonchilikka nihoyat darajada yuksak e‘tibor beribgina qolmay xatto uni ilohiylashtirilgan
ham. Shuningdek, dehqonchilikni ilk natural xo‗jalik oila-qabila bilan birgalikda davlatning ham
iqtisodiy barqarorligini saqlashga xizmat qiladigan asosiy omilligi bir necha bor ta‘kidlangan.
Asarda «Kim g‗alla eksa olijanobdir. G‗alla ekkan kishi Ezgulik urug‗larini sochadi. Axira
Mazdaga e‘tiqodini kuchaytiradi, mustahkamlaydi. Bu qonunning bajarilishi o‗z ahamiyatiga
ko‗ra 10 ming duo qilish, qurbonlik qilishdan a‘lodir. Ekin ekmoq, Yovo‗zlikni yer yuzidan
tugatmoq demakdir» deb yozilgan qator g‗oyalar ilgari surilgan.
«Avesto»da mulkiy munosabatlar g‗oyasini ham tadqiq etiladi. Bunda xususiy mulkka
bo‗lgan huquq amalda unga egalik qilish va foydalanish huquqlari bilan chegaralabgina qolmay
ancha murakkab hisoblangan shaxsiy mulkining boshqa shaxsga egalik qilish huquqini berish
hamda o‗zgalarning mulkiga nisbatan egalik qilish huquqidan foydalanish kabi imkoniyatlarini
ham yaratgan va bu qat‘iy o‗rnatilgan qonun qoidalar bilan tartibga solinib nazorat qilingan.
Asarda mehnat, uning inson hayotidagi roliga asosiy e‘tibor berilgan. Avvalam bor oila
a‘zolarining barchalari mehnat bilangina obod, to‗q bo‗lib yashashlari mumkinligi qonun
darajasiga ko‗tarilgan. Har bir ota-ona o‗z oilasi, farzandlarining kelajagiga javobgarligi hattoki,
naslining toza, sog‗lomligiga qadar nazarda tutilgan.
Insonning tarbiyasi, odob axloqiga shu darajada yuqori talablar qo‗yilganki, har bir shaxs
o‗z gapi, harakati qonun darajasida qabul qilingan, har bir odamning eng asosiy, birlamchi
vazifasi halol mehnat hamda unumli mehnat qilish, yaratuvchilik ya‘ni ishlab chiqarish bo‗lgan.
Halol mehnat qilish to‗g‗risida asarda ko‗p bora ta‘kidlangan. Xususan: «...yerga ishlov
bersa, mehnat qilsa, u zamin rahmatiga musharraf bo‗lajak» singari qayd qilingan bir necha
yozuvlar buni isbot qiladi. Halol mehnat qilib yangi yerlarni o‗zlashtirib, ekinzor va bog‗larni
tashkil etib yaratuvchilik ya‘ni ishlab chiqarish bilan shug‗ullangan insonni ulug‗lar safiga
qo‗shilishni e‘tirof etilgandir.
Ushbu asarda kredit munosabatlari: qarz berish, qarz oluvchi va qarz beruvchilar o‗rtasidagi
iqtisodiy hamda huquqiy munosabatlarga oid ma‘lumotlar ham berilgan. Bu albatta, o‗sha davrda
ilgari surilgan kredit haqidagi fikrlarning dastlabkilaridan edi. «Kimda kim qarzni egasiga
qaytarmasa, uning bu amali omonati o‗g‗irlangan bilan barobar bo‗ladi. Qarzni olgan kishi
omonatni uyida saqlasa, ham kun va tun unga qo‗l ursa va o‗ziniki deb gumon qilsa, uning bu
amali omonatni ikkinchi marta o‗g‗irlagan bilan barobardir» deya ta‘kidlangan shu kabi fikrlar
gapimizni isboti bo‗la oladi.
Tabiiyki kreditlar ma‘lum shartlar asosida bitim va shartnoma asosida beriladi. O‗sha
davrda shartnoma rolini o‗ziga xos qasamlar egallagan. Bu qasamlar insonlarning biror turdagi
iqtisodiy majburiyat olish yoki olmaslikni ifodalagan hamda bu qasamlar muqqaddas hisoblanib,
ilohiylashtirilgan va ularning ilohiylik darajasiga ko‗ra 6 turga bo‗lingan. Bu qasamlarning
bo‗zish esa keskin holda qoralangan holda qasamlarning ilohiyligiga ko‗ra oddiydan murakkabga
intilgan ravishda jazolangan. Javobgarlikka qonunbo‗zar bilan bir vaqtda uning yaqin
qarindoshlari tortilgan. Yaqinlarining jazoga tortilishi qonunbo‗zarning qonun bo‗zishgacha
bo‗lgan davrda uni yetarli holda tarbiyalamaganliklari hamda unga tushuntirish ishlarini olib
bormaganliklari bilan izohlash mumkin.
Qonunlarning bu kabi sistemaga solingani ilk davlatchilik, qolaversa, qadimgi davr uchun
misli ko‗rinmagan yutuq sanalgan. Shuning uchun ushbu o‗rnatilgan tartiblarning aksariyat qismi
o‗sha davr mamlakatlarning qonunchiligida o‗ziga xos o‗rin egallagan. Bolalarga ushbu qonun
darajasida tarbiya berilgan. Bu esa iqtisodiy, ma‘naviy munosabatlar yuqori bo‗lganligidan
dalolatdir. Darhaqiqat, qadim dunyoda madaniy, ma‘naviy, ilmiy va ular bilan iqtisodiy fikrlar,
iqtisodiy tarbiyaning ham rivojlanishida «AVESTO»ning xususan, Zardushtiylik dinining o‗rni
yuksak ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |