O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi


Takrorlash uchun savollar



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/185
Sana30.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#93353
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   185
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

Takrorlash uchun savollar 
 
1.Ishbilarmonlar  va  biznesmenlar  tarbiyasiga  maqsadli  yondashish  va  obrо‗  talablikdagi 
tо‗siqlarni yengish. 
2.Standart va ijodkorlik tushunchalari nima? 
3.Biznesmen va ishbilarmonlar tarbiyasining asoslari nimalarda iborat? 
4.Ishbilarmonlar va biznesmenlarning asosiy axloqiy Kodeksi nimalardan iborat? 
5.О‗qituvchi tomonidan talabaga ta‘sir qilish mexanizmini mо‗zlang. 
6.Ishontirishdagi eng muhim bо‗lgan jihatlar beshta va ularni sharhlab bering. 
 
16-Mavzu; IQTISODIY TАRBIYA JАRАYONIDА YANGI PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARDАN FOYDАLАNISH 
 
Reja: 
 
1. Iqtisodiy ta‘lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‗llash zaruriyati 
2. Tехnologiya tushunchаsi.  
3. Didaktika va uning asosiy tamoyillari 
4. YAPT lаr: fikrlаr hujumi 
 
1. Iqtisodiy ta‟lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо„llash 
zaruriyati 
 
Hozir  mamlakatlar  о‗rtasidagi  iqtisodiy  raqobat  -  fan,  texnika  va  texnologiya  soxasidagi 
raqobatga  aylandi.  Demak,  raqobat  intellektual  mohiyat  kasb  etib,  ta‘lim  soxasidagi  raqobatga 
aylanmovda,  desak  xato  bо‗lmaydi.  Shuning  uchun  ham  butun  dunyoda  malakali  mutaxassis 
kadrlar tayyorlashga, buning uchun esa о‗quv jarayonini samarali tashkil etishga alohida diqqat-
e‘tibor qaratilmoqda. 
Nega  bugungi  kunga  kelib,  pedagogik  texnologiyaga  qiziqish  shunchalik  darajada  ortdi, 
dars  jarayonini  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  asosida  tashkil  etishga  da‘vat  qilish 
kuchaydi?  degan  savol  tug‗ilishi  tabiiy.  Albatta,  buning  qator  sabablari  bor:  birinchidan,  fan-
texnika  taraqqiyotining  о‗ta  rivojlanganligi  natijasida  axborotlar  tizimi,  turi,  hajmining  tobora 
kо‗payib  borayotganligi;  ikkinchidan,  о‗qituvchi  qanchalik  bilimli,  mahoratli  bо‗lishiga 
qaramay, qanchalik tirishmasin о‗rganilayotgan mavzu bо‗yicha barcha bilim, axborotlarni tо‗liq 
bera olish imkoni yо‗qligi; uchinchidan, texnik vositalar (TV), videomagnitafon, kompyuter va 
boshqa  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar,  jumladan  axborot  texnologiyasi  (AT)ni  yaratilishi 
ularni  ta‘lim  jarayoniga  tatbiq  etish,  о‗quv-tarbiya  jarayonida  foydalanish  imkonini  yaratdi. 
tо„rtinchidan,  bozor  iqtisodiyotiga  noaniqlik  doimiy  yо‗ldosh,  shu  bilan  birga  resurslar 
cheklangan,  ehtiyojlar  esa  cheksiz.  Ular  insonni  tanlash  muammosiga  duch  qiladi  va  har  bir 
kishidan  har  qadamda  mustaqil  tanlash  va  qaror  qabul  qilishni  talab  qiladi.  Tayyorlanayotgan 


kadrlarning  raqobatbardoshligini  ta‘minlash  uchun,  ta‘limni  jadallashtirish  va  samaradorligini 
oshirish zarur. 
Buning uchun о‗quvchi, talaba va о‗qituvchi faoliyatini tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yish zarur. 
1.  О‗qituvchi  ta‘lim  maqsadi  va  mazmunini  puxta  bilishi,  ta‘lim  usullari,  metodlari  va 
vositalarini  yaxshi  egallagan  bо‗lishi,  talabaning  qiziqish  va  intiluvchanligini  tо‗g‗ri  yо‗lga 
yо‗naltira olishi lozim. 
2.  О‗qituvchi  ta‘lim  jarayonini  yuqori  darajada,  samarali  tashkil  etish  uchun  maqsad  va 
vazifalarni  aniq  belgilashi,  ta‘lim  natijasini  oldindan  qayd  etishi,  о‗quv  predmetlarini  tо‗liq 
о‗zlashtirishga  erishish  uchun  zaruriy  ta‘lim  vositalari,  shart-sharoitlarini  tayyorlashga  erishishi 
kerak. 
3.  О‗qituvchi  о‗rganilayotgan  mavzu  bо‗yicha  ta‘lim  maqsadlarini  aniq  topshiriqlarga 
aylantirishi zarur.             \ 
4. Ta‘lim-tarbiya jarayoni natijalarini holisona va obyektiv baholash, talabalarning bilim va 
malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashga erishish. 
5.  О‗sib  kelayotgan  yosh  avlodni  hayotga  mukammal  tayyorlash  talabi  ularga  eng  ilg‗or 
bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borlikda majmuiy yondashish. 
6.  О‗quv  jarayoni  uchun  zarur  moddiy-texnik  bazaning  yaratilishi  va  boshqalar  talab 
qilinadi. 
Yuqorida  keltirilgan  va  ketirilmagan  talablarga  javob  beradigan  tarzda  ta‘lim-tarbiya 
jarayonini  tashkil  qilishning  yagona  yо‗li  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  qо‗llash 
hisoblanadi. 
Bugungi  kunda  pedagogik  texnologiyani  tushunish  uchun  asosiy  yо‗l  -  aniq  belgilangan 
maqsadlarga  qaratilganlik,  ta‘lim  oluvchi  bilan  muntazam  о‗zaro  aloqani  о‗rnatish,  pedagogik 
texnologayaning  falsafiy  asosi  hisoblangan  ta‘lim  oluvchining  faol  hatti-harakatini  ta‘minlash 
orqali  о‗qitishdir.  О‗zaro  aloqa  pedagogik  texnologiya  asosini  tashkil  qilib,  о‗quv  jarayonini 
tо‗liq qamrab olipsh kerak. 
Rivojlangan  davlatlarda,  odatda,  birinchi  navbatda,  pedagogik  texnologiyaga  ta‘lim 
sohasidagi  siyosatning  bosh  vazifasi  sifatida  qaralmoqda.  Bunday  yondashish  YUNESKO 
tomonidan ham ma‘qullandi va 1972 yilda «Ta‘limni rivojlantirish masalalari» bо‗yicha Halqaro 
Komissiya  tashkil  topdi.  Bu  komissiya  zamonaviy  texnologiya-ta‘limni  modernizatsiyalashda 
harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholandi. 
Mamlakatimizda  ham  bugungi  kunda  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  talablaridan  biri 
ta‘lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‗llash, tayyorgarlikning modul 
tizimidan foydalangan holda ta‘lim oluvchilarni о‗qitishni jadallashtirish sanaladi. 
Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni rо‗yobga chiqarish 
bosqichlari  har  jihatdan  ilmiy  asoslab  berildi  va  uning  ikkinchi  bosqichida  «о‗quv-tarbiyaviy 
jarayonni  ilg‗or  pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta‘minlash»  muhim  vazifalardan  biri  sifatida 
belgilandi. 
Respublikamizda ta‘lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‗llashga doir 
keng  kо‗lamda  ish  olib  borilmoqda.  Ushbu  muammoning  ilmiy-nazariy  asoslari,  har  bir 
pedagogik  texnologiyaning  о‗ziga  xos  jihatlari  ishlab  chiqilib,  yetarli  darajada  tajribalar 
tо‗plandi. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish