Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)


Tahlil va natijalar (Analysis аnd results)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

Tahlil va natijalar (Analysis аnd results).
Vilyam Shekspirning shoh asari 
“Hamlet” hozirgi kunda ham kitobxonlarni hayajonga solib kelmoqda. “Hamlet” 
Shekspir ijodining cho’qqisidir. Daniyaning afsonaviy shahzodasi Hamlet haqida 
ingliz Uyg’onish davrida yaratilgan pyesalardan tashqari qadim davrlarda bitilgan 
bir qancha adabiy asarlar, xronika va afsonalar bo’lgan. Shekspir tragediyasi 
mazmunini tashkil etadigan voqealar dastlab Snossri Sturlusun tuzgan island 
sagalari to’plamida (1222-1223) uchraydi.
O’rta asrdagi daniyalik tarixchi Sakson Grammatik “Daniyaliklar tarixi” asarida 
shahzodaning qasosi haqida yozar ekan, bu mamlakatda xristian dini qabul 
qilinishidan avval (827) ro’y bergan deb ko’rsatgan.“Hamlet” tragediyasi o’zbek 
tiliga iste’dodli shoir Maqsud Shayxzoda va O’zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol 
tomonidan tarjima qilingan va o’zbek kitobxoniga taqdim etilgan. Jahon so`z san`ati 
durdona asarlarining o`zbyek tilida jaranglashi – vatan adabiyotining yutug`i. Ayni 
jihatdan biz har qancha faxrlansak arziydi. Chunki dunyoga mashhur asarlarning 
asosiy qismi allaqachon xalqimizning ma`naviy mulkiga aylanadi. Bu borada 
O`zbyekiston xalq shoiri, serqirra va syermahsul tarjimon Jamol kamolning 
xizmatlari byeqiyos. U bir nyecha tarjimon umri bo`yi qila olishi mushkul bo`lgan 
kyeng ko`lam va katta miqyosdagi tarjimalarni bir o`zi amalga oshirdi – 30 ga yaqin 
alohida asar va 20 dan ortiq shoir shye`rlarini o`zbyekchalashtirdi. Albatta, Jamol 
Kamol syerqirra istye`dod sohibi – u elimiz ardog`idagi hassos shoir, u – nuktadon 
adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, u –kyeng qamrovli va syermahsul 
tarjimon. U bu sohalarning barchasida ham e`tiborga sazovor yutuqlarga erishgan. 
Lyekin salmog`i va ahamiyatiga ko`ra tarjima uning ijodiy faoliyatida yetakchi o`rin 
tutadi. Jamol Kamol badiiy ijodda faqat lirik turda ijod qilgan – shye`ru dostonlar, 
g`azalu ruboiylar yozgan shoir bo`lsa, tarjimada uning yangidan – yangi qirralari 
namoyon bo`lib, ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida shye`riy, nasriy va 
dramatik asarlarni birday mahorat bilan tarjima qilib kyelmoqda. Jamol Kamolning 
aksariyat tarjimalari ana shunday yuksak saviya va go`zal darajada bo`lib, ular 
allaqachon o`zbyek xalqining ma`naviy mulkiga aylanib ulgurgan, milliy 
adabiyotimizning oltin fondidan joy olgan. Hozirgi o`zbek adabiyotini Jamol Kamol 


151 
tarjimalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. 
Jamol Kamol tarjimalari janr jihatidan ham chyegaralanmagan – u roman, qissa, 
hikoyat, drama, doston, g`azal, ruboiy, sonyet, ertak, rivoyat kabi ko`plab janrdagi 
asarlar tarjimasida qalamini sinab ko`rib, ularning barchasida muvaffaqiyatga 
erishgan. 
Hamlet bu aslida buyuk ijodkor Shekspirning siyratidir. Shekspir o’z 
zamonasidan ochiq-oydin noliy olmas, va nohaqliklarga qarshi mardona jang qila 
olmasdi. Agar shunday qilsa, uni ingliz aristokralari bir lahzada yo’q qilib tashlardi. 
Qolaversa, Shekspir jasoratli va dono ijodkor bo’ganligi sababli, qaysi yo’l bilan 
bo;lsin baribir o’zining to’g;ri so’zligini aytmasdan qo’ymadi. U o’z zamonasining 
asl basharasini ochsh yo’lini topdi va shrafli ishni uddalay oldi. U tarixga murojaat 
qilgan holda moziy sahnasining 9-asr bekatiga qadam ranjida qildi.
YONDI.
O’RTANDI.
NOHAQLIKLAR OLOVIDA QOVURILDI

Oqibatda esa ijodda yuksak cho’qqiga ko’tarildi. Shekspir cho’qqiga chiqqan 
chog’ “Hamlet” asari dunyoga keldi. 
Xulosa vа takliflar (Conclusion/Recommendations). 
Bu uch muallif sharofati bilan biz bugun dunyoga mashhur tragediyani o’zbek tilida 
ham mutolaa qilish imkoniyatiga egamiz. Maqsud Shayxzoda ushbu tragediyani vosita 
til-rus tilidan o'girgan bo’lsa, Jamol Kamol bevosita ingliz tilidan tarjima qilgan. 
Maqsud Shayxzoda rus tilidan tarjima qilgan bo’lsa-da, asliyatdagi ruhni his eta olgan 
va uni tarjimada qayta yarata olgan. Ikkala tarjimani tahlil qilar ekanmiz, har ikkala 
tarjimon ham o’z tarjimalarida Shekspir davri nafasini tuya olishgani, o’girish 
jarayonida bunga katta ahamiyat berishganiga guvoh bo’lamiz. Zero, bir tildan ikkinchi 
bir tilga tarjima qilish buasliyatni aynan takrorlash emas, balki uning asosiy qiymati 
to’g’risida to’la tasavvur yaratishdan iboratdir. Yaxshi tarjimon shunga intiladi. Buni 
tarjima imkoniyati ko’tara oladi. Badiiy tarjimaning san’at sifatidagi mohiyati ham ana 
shunda.
 
Shayxzoda Pushkinning «Mis chavandoz», Lermontovning «Kavkaz asiri», 
Mayakovskiyning «Juda soz» poemalari va ko‘plab she’rlarini, Shekspirning 


152 
«Hamlet» va «Romeo va Juletta» tragediyalarini va sonetlarini, Nozim Hikmatning
she’rlarini, ozarbayjon shoirlari asarlarini o‘zbek tiliga ag’dardi. Shayxzodaning 
o'zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalq og’zaki ijodiyoti, xususan Alisher Navoiy ijodini 
tadqiq etish borasida yaratgan ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.1928 yil “Maorif va o’qituvchi” jurnalining 3-son 
2. S.Husayn “Literaturney Uzbekitan”.1936. 
3. Арнольд И.В. Семантика. Стилистика. Интерконтекстуальность:
.Сборник статей / Научный редактор Бухаркин П.Е. – Спб.: Изд-во С.Петерб. 
ун-та, 1999. – С 444. 
4. Беркнер С.С. Драматургическая проза Шекспира и разговорный язык. – 
«Теория и практика лингв. Описания разговорной речи», Горький,1976, Вып. 
7. – С. 47-49. 
5. Болотнова Н.С. О некоторых особенностях и новых направлениях 
стилистических исследований художественной речи в конце XX в. //
Русистика: Лингвистическая парадигма конца XX века. – Спб.: Изд-во С.- 
Петерб. гос. ун-та экономики и финансов, 1999. – С 163. 


153 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish