ФИО автора:
Tursunoy Mamatxalikova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Название публикации:
«TIL – MILLIY MA’NAVIYATIMIZ BIRLIGI VA
BIRDAMLIGI TIMSOLI»
Kalit so‘zlar:
Til, milliy ma’naviyat, o‘zbek tili, Alisher Navoiy, “Muhokamat ul-
lug‘atayn”, Mahmud Qoshg‘oriy, Davlat tilini rivojlantirish departamenti,
tilshunoslik, Atamalar komissiyasi.
Har bir xalqning milliy qiyofasini shakllantiruvchi omillardan eng asosiysi uning
tili hisoblanganidek, qudratli o‘tmishga ega bo‘lgan o‘zbek tili ham boy ma’naviy
qadriyat sifatida har birimizning faxr-u iftixorimizdir. Milliy tilning ijtimoiy ahamiyati
bilan bir qatorda mustaqil davlatchiligimiz timsoli sifatidagi buyuk qadriyat ekanligi
ham bor gap. Tilimizning sofligini saqlash, undan to‘g‘ri va jo‘yali foydalanish,
tabiiyligi uchun kurashish har bir o‘zbekman degan millatdoshimizning maslagi va
muqaddas missiyasi bo‘lmog‘i kerak. Tarjimashunos olim, filologiya fanlari doktori,
professor G‘aybulla As-salom aytganlaridek: ”Qayerda va kim bo‘lmasin ona tilini
kamsitishlariga also yo‘l qo‘ymang. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning
o‘zgarishiga qarab almashtirilsa, Agar o‘z xalqingiz orasida gungalak-soqov va yot
bo‘lib qolishni istamasangiz, ona tilini puxta o‘rganing, boshingizga ko‘taring. Kishi
boshqa tilde bilimli bo‘la oladi, ammo faqat ona tilidagina bekam-u ko‘st bo‘lishi
mumkin”. To‘g‘ri, tilning egasi xalq, ammo har bir xalq vakili tilning muqaddasligini
his etishi, loqayd bo‘lmasligi lozim. Tilimizda shunday kam iste’mol so‘zlar borki,
bunday so‘zlarning mavjudligini. Ifodalaydigan ma’nosini ko‘pchilik hatto bilmaydi
ham. Vaholanki, o‘zbek tili juda boy va sarhadlari bepoyondir. Hazrat Navoiy
aytadilarki,
“Insonni so‘zayladi judo hayvondin
Bilkim, guhari sharifroq yo’q ondin
Buyuk mutafakkir insoniylik va hayvoniylik o‘rtasidagi farqni, chegarani so‘z, ya’ni
til bilan aloqadorlikda talqin qiladi, insonni nutq mukarram qilganini ta’kidlaydi. So‘z
orqali olamning sir-sinoati yechilishini, tafakkur hamda tasavvurning qudrati so‘z
yordamida namoyon bo‘lishini Jaloliddin Rumiy hazratlari ham quyidagi hikmatlari
mazmuniga singdirganlar:
Sen sari kelganda so‘z- bahri latif
Anglagaysen kim, o‘shal dengiz sharif
XI asrda Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘atit-turk" asari muhim
manbalardan biri bo‘lib, tilimizga mansub qimmatbaho lug‘atdir. Turkiy so‘zlar arab
169
tili so‘zlari bilan qiyoslanishi olimning qiyosiy tilshunoslik tadqiqotiga qo‘lurganligini
belgilaydi. Bu davrda adabiy til mezonlari ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, xalqning
og‘zaki nutqidan so‘zlarning yozib olinishi, to‘planishi, izohlanishi va lug‘at holatiga
keltirilishi ilmiy manba sifatida ko’plab ma’lumotlar saqlanib qolishini ta’minladi. Ana
shu jihatdan qomusiy asar ko‘p yillar davomida olimlarning tadqiqot ob’ektiga aylanib
kelgan. Yana bir muhim jihati shundaki, Koshg‘ariy Chindan to Rumgacha bo‘lgan
hududni kezib, u yerlarda istiqomat qilgan aholidan xalq, og‘zaki ijodiga xos
qo‘shiqlar, marsiyalar, maqollar, topishmoqlar yozib olgan. Xususan, "Uma kelsa, qut
kelur" maqoli asarda uchraydi. "Uma" so‘zi "mehmon", "qut" so‘zi esa "baraka"
ma’nosida qo‘llanilgan. Bunga monand maqol sifatida hozir "Mehmon kelsa eshikdan,
rizqi kelar teshikdan"ni keltirish mumkin.
"Turkiy tilning nodir tuhfasi" asari XIII asrdagi tilimizga oid manba sanaladi.
Biroq bu asarning muallifi aniq emas. Asarda qipchoq lahjasi vakillaridan to‘plangan
so‘zlar lug‘at shaklida beriladi. Qolaversa, boshqa lahjada so‘zlashuvchilarning ham
nutqiga xos so‘zlar uchraydi. Eng muhim jihati shundaki, bu asarning tarkibidan o‘rin
olgan so‘zlarning aksariyati to‘la-to‘kis bugungi kunda xalq shevalarida o‘zgarmasdan
saqlanib qolgan. Hozir ham asardagi so‘zlar taqqoslansa, o‘xshash xususiyatlarni
farqlash qiyin emas. Faqat ba’zi so‘zlar iste’moli yo‘qolgan bo‘lsa, ba’zi birlarida
tarkibiy o‘zgarishlar yuz bergan. Bunday asarning bu kunga qadar yetib kelishi o‘sha
davr tili xususiyatlarini bilish imkonini yaratadi.
Temuriylar sulolasi vakili Husayn Boyqaro hukmronligi davrida ham tilimizga
jiddiy e’tibor qaratilgan. Hatto manbalarda qayd etilishicha, o‘sha davrda yoqtilga oid
maxsus farmon chiqarilgan hamda butilda ijod qilganlar rag‘batlantirilgan. Shundan
so‘ng turkiy dunyoning mashhur tilshunos olimi, g‘azal mulkining sultoni Hazrat
Navoiy ijodiyoti va ilmiy qarashlari shakllandi va butun olamda dovruq tutdi.
"Muhokamat-ul lug‘atayn" asari o‘z davrida tilshunoslik sohasining
yutuqlaridan biri bo‘lgan. Navoiy bu ilmiy asari orqali nafaqat lug‘atshunoslikning
rivojlanishiga hissa qo‘shdi, balki xalqimizning ma’naviy boyligi haqida o‘z ilmiy
qarashlarini namoyon qilganligining guvohi bo‘lamiz. Navoiy asarda keltirgan birgina
-chi ot yasovchi qo‘shimchasi hozir ham faol qo‘shimchalardandir. Shaxs otini
yasovchi qo‘shimcha sifatida temirchi, baliqchi va shunga o‘xshash ko‘plab
so‘zlarninng yasalishiga xizmat qilayotganligi fikrimizni tasdiqlaydi.
Keyinchalik ham bu kabi izlanishlar davom etdi. Ayniqsa, XX asrda tilimiz ilmiy
jihatdan o‘rganilishi ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritilishiga sabab bo‘ldi. Tilshunoslikka
oid ilmiy izlanishlar Fitrat, Elbek, Behbudiy tomonidan e’lon qilingan maqola va
risolalarda aks ettirildi. Umuman olganda, o‘zbek adabiy tilining o‘rganilishida
xalqimizning milliy ruhiyati nazardan chetda qoldirilmadi.
"O‘zbek tilining izohli lug‘ati" kitob sifatida chop etilishi quvonarli hollardan
biri bo‘ldi. Ona tilimizda mavjud so‘zlarni ko‘p jildli lug‘at holatiga keltirilishi,
170
so‘zlarning izohlanib berilishi bu sohaning keying yillarda amalga oshirilgan samarali
ishlaridandir.
Azaldan ona tilimizda yaratilgan asarlarni mutolaa qilar ekanmiz, ko‘nglimizda
ruhiy yaqinlikni his etamiz. Axir bu til bolaligimizdan bizga hamroh. Adiblar yaratgan
badiiy asarlar tili ham ana shu so‘zlashadigan tilimizga monand. Shu o‘rinda ustoz
shoir Erkin Vohidov o‘zining "So‘z latofati" kitobida shunday yozadi: "O‘z ona tilini
sevmagan, til zamirida yotgan tarixni bilmagan, qiziqmagan odam barkamol sanalmas.
O‘z tiling o‘z Vataningdek aziz, o‘z onangdek tabarruk".
Keyingi yillarda O‘zbek tili taraqqiyoti uchun muhim ishlar amalga oshirildi,
oshirilmoqda.
Jumladan, xalqaro miqyosda nufuzi ortib, rasmiy uchrashuvlarda keng
qo‘llanayotganligi, xorijiy ta’lim dargohlarida o‘zbek tili markazlari tashkil
qilinganligi, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti
tashkil etilganligi, Yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha
Atamalar komissiyasi tuzilganligi muhim tashabbuslar hisoblanadi
Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 32 yil bo‘ldi.
Mamlakatimiz miqiyosida bu bayram keng nishonlanishi borasida birtalay ustuvor
vazifalar belgilandi. Shuni inobatga olgan holda tashkil etilayotgan konferensiyalar,
anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari ona tilimizga bag‘ishlanib,
uning nufuzi oshishiga erishish uchun e’tibor berilmoqda. Bu yo‘lda barcha ziyolilar
ahli, talaba-yoshlar, o‘quvchilar o‘z hissasini qo‘shayotganligi davlat tilining
ahamiyatini yana oshirishga xizmat qiladi. Milliy tilimizning nufuzi oshib borishi,
albatta, milliy iftixorimizning yuksalishiga zamin yaratadi.
Ijtimoiy hayotga yoinki odamlar ongiga tilimizning qudratini, mavjud
imkoniyatlarini singdirishda badiiy ijod ahlining, kitoblar mutolaasining ahamiyati juda
beqiyosdir. Badiiy asardagi milliylik koʻp hollarda yozuvchi mansub boʻlgan hududning
oʻzigaxosliklarini, elatning, xalqning ruhiy-psixologik holatini, turmush tarzi yaqqol aks
etganligini anglatadigan tushunchadir. Hech qanday badiiy asarda baynalmilal milliylik
boʻlishi mumkin emas, negaki, mushtarak jihatlar milliy oʻzigaxoslikni koʻrsatmaydi,
aksincha uni yoʻqqa chiqaradi.Shoʻro davrida yaratilgan aksariyat asarlarda
ruslashtirish siyosati oqibatida milliylik aks etadigan detallarni imkon qadar
qoʻllamaslik, bunday jihatlarni bo‘rttirmaslik hollari keng yoyilgan edi. Ammo
unutmaslik kerakki, iste’dodlarning dunyoqarashi, avvalo, muayyan millat bagʻrida
shakllanadi, Masalan, Chingiz Aytmatov yaratgan badiiy asar namunalarida qardosh
qirgʻiz xalqining psixologiyasini, oʻzligini, hayot kechirish sharoitlarini yaqqol tasavvur
qilish mumkin. Demak, san’atkor dunyoqarashi ijtimoiy hayotning in’ikosidir. Ijod
ahlining asosiy missiyasi predmetlashtirilgan obraz orqali, turli ta’sirlantiruvchi kuchga
171
ega bo‘lgan detallar, epizodlar orqali, umuman olganda, butun bir syujet
komponentlari vositasida oʻzining xulosa va qarashlarini betakror yo`sinda
oʻqirmanga yetkazishdir, bu qarashlarni qay darajada qabul qilish masalasi ham koʻp
hollarda oʻqirmannning oʻziga bogʻliq boʻlgan jarayondir. Masalan, Said Ahmadning
“Qorakoʻz majnun” hikoyasidagi Saodat aya obrazi tasvirida ishlatilgan oʻsma, sandiq,
kalit, soʻri detallari, uning itiga gapirgandagi nutqiy oʻzigaxosligi, sandiq kalitini yoki
reining medalini oʻrilgan sochining uchiga taqib qoʻyishi kabi milliylikka yoʻgʻrilgan
epizodlar bu obrazga “ozbek ayoli” pasportini taqdim etgan desak, toʻgʻri boʻladi. Biror
millat ongida etnik stereotip sifatida namoyon boʻladigan xususiyatlar ham badiiy
asarda milliy koloritni koʻrsata olishi mumkin, masalan, Togʻay Murod yaratgan Boʻri
Polvon obrazi (“Yulduzlar mangu yonadi” qissasi) butun borligʻi bilan haqiqiy
surxondaryolik boʻlsa, Luqmon Boʻrixonning “Jaziramadagi odamlar” romanidagi
Lolaxon timsoli butun xatti-harakati bilan shaharlik, ya’ni toshkentlik kelin ekani
yorqin aks ettirilgandir. Ushbu romandagi Chinor Moyliyev esa turish-turmushi, oʻzini
tutishi bilan haqiqiy dashtlik, choʻllik rais. Hududiy va genetik jihatlar ham badiiy asar
predmeti hisoblangan obraz orqali milliylikni oʻzida akslantiradi. Qodiriyning “Oʻtkan
kunlar”idagiYusufbek Hoji xarakteridagi andisha, Oʻzbekoyim xarakteridagi oʻzigagina
xos boʻlgan bir oz dumbullik va shaddodlik, Hasanali tiynatidagi Otabekka va uning
oilasiga nisbatan ixlos kabilar milliylikni xarakter orqali ifodalashga misollar
hisoblanadi. Bu misollar albatta muallifning yoki obrazning nutqida namoyon bo‘ladi,
bu nutq esa til vositasida amalga oshiriladiki, so‘zlar tanlash mas’uliyati bu o‘rinda
ijodkorga yuklanadi.
Yuqorida tilimizdagi kam iste’mol so‘zlar haqida so‘z yuritgandik, haqli savol
tug‘iladi: bunday so‘zlar qaysi usulda faollashtiriladi, badiiy asarlar vositasidami,
o‘zaro muloqot natijasidami yoinki faqat izohli lug‘atlarni varaqlabgina bilib olsa
bo‘ladimi? Bularga javob topish ham zaruratdir, ehtiyojdir. Shunday so‘zlarimiz
borligidan aholining katta qismi xabardormi…
Abajur
- Kerakli yorug‘likni bir joyga to‘plab tushirish yoki ko‘zni yorug‘lik
nurlaridan pana qilish uchun lampa ustiga o‘rnatiladigan shisha, mato, metal kabilardan
yasalgan qalpoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |