148
boshlagan. 1928 yilda “Maorif va o’qituvchi” jurnalining 3-sonida “G’arb
adabiyotining taqdiri” deb nomlangan maqolada Shekspir haqida ancha ko’p
ma;lumot berilgan. [1] 30-yillardan boshlab jahon adabiyotining klassik asarlarini
o’zbek tilida o’qishga muyassar bo’lishdi. Uning asarlaridagi ingliz xalqining orzu-
istaklari,
madaniyati, tarixi, urf-odatlari endi o’zbek xalqiga ham tanish bo’la
boshladi. Dramaturgning qator asarlari ketma-ketlikda Cho'lpon, G'.Gulom,
M.Shayxzoda, J.Kamol kabi adabiyotshunoslar o'zbek tarjima maktablarini
kehgaytirdi. Uning «
besh asrlik durdona asari
» deb nom olgan «Hamlet»
tragediyasi 1605 yilda yozilgan bo'lib, Shekspir ijodining cho'qqisi hisoblanadi.
Asarning 1934 yilda ilk bor o'zbek tiliga birinchi o'zbek
teatr nazariyotchisi
Cho'lpon yuksak mahorat bilan tarjima qilgan. «Tragediyaning ilk o'zbek tarjimasi
uning 1893 yili P.A.Kanishin tomonidan qilingan ruscha nasriy o'girmasi asos qilib
olingan edi. Lekin tarjima qizg'in munozaralarga sabab bo;ldi. O'zbek
adabiyotshunoslari tomonidan jiddiy tanqidga uchradi» deb yozgan edi S.Husayn
o'z ««Gamlet» v uzbekskom perevode» maqolasida.[3]
Таdqiqot меtоdоlоgiyasi (Research Methodology
Cho'lpon tarjimasining yutug'i bugungi kungacha teatr sahnalarida qo'yilishi,
kitobxonlar tomonidan sevib o’qilib kelinayotganidadir. Cho’lpon
eng avvalo
ma’rifatparvar ziyoli, qullik va xo’rlikka qarshi mardona jang qilgan erksevar
fidoiiy hamda haqiqat yo’lida jonni tikkan davrning suyukli farzandi edi. Shekspir
Hamlet tili bilan “
Daniya bu vatan emas
zindon” der ekan, o’zi yashagan davrdagi
G’arbiy Yevropadagi ana shu bir og’iz jumla orqali ta’riflaydi. Cho’lpon
yuqoridagi misra orqali o’zi yashab turgan qullik va zulm iskanjasida qolgan
qafasdagi vatanini nazarda tutgan. Shekspir asarning boshidayoq:
“
Yo, rabbim. Davrim izidan chiqdi uni yo’lga solmoq mening zimmamga
tushdi
”,
der ekan sho’rlik vatanining halokat yoqasiga kelib qolganini, hamda o’z
zamonasining nohaqliklaridan norozi ekanligini bildiradi. Cho’lpon esa bu fikrni
yanada yorqinroq yoritib bergan:
149
“
Yo rabbiy. Kunlarning aravasi izidan chiqdi. Uni yo’lga solmoq mening
zimmamga tushdi.
”
Cho’lpon “
kunlarning aravasi”deganda
o’z yurtida milliy uyg’onish
davrining
boshlanganligi zulm, qatag’on va nohaqliklar, ayniqsa fahsh ishlarning
tobora avj olib
borayotganini nazarda tutgan, shu sabab, asarning teatr variantida
davr deb biroz mavhumlashtirilgan.[2](Ch. tarjima). Maqsud Shayxzoda tarjimasida
esa bu parcha tushurilib qoldirilgan, Jamol Kamol tarjimasida bu oddiygina “
zamon
izdan chiqdi
” deydi.[4](J.K.tarjima)
Cho’lpon tarjimasga oid asardagi har bir qahramon o’z xarakteriga ega:
Hamlet, Poloniy, Gorasiya, Ofeliya, Gertruda. Ayniqsa
Hamlet obrazini rangdor
bo’yoqlar va tiniq fikrlar yordamida tarjima qilgan. Hamlet orqali biz hamma
davrning alloma va donishmand hamda qahramon farzandlarining jasoratiga to’la
hayoti, umrning fojiali yakun topishining guvohi bo’lamiz.
Hamlet qotil emas. U aybsiz aybdor.
Hamlet mansabparast yoki o’z manfaati yo’lida har qanday tubanlikni
amalga oshiruvchi xudbin emas. U hayotni, baxtiyor xalqni haqiqatdan sevuvchi edi.
U to’g’ri so’z va halillik qolaversa mardlik yo’lida o’limdan ham qo’rqmas
edi.
Oxir oqibat u “
Yo hayot, yo mamot yoki o’lim
” deya jangga kirdi.
Uning
dushmanlari yengildi. O’zi ham mavf bo’ldi.
Xush, “haqiqatni tiklashga tiklab o’zi ham o’lar ekan
Hamletga xos hayot
yo’li – buning bizga qanday namunali tomoni bor
” degan savol ham kitobxonda ham
teatr tomashabini ongida tug’ladi.
Hamlet o’zi yashagan jamiyatni bulg’ovchi pokiza hissiyotlar kushandasi
odamiylikdan benasib eng dahshatlisi ishonch qotili bo’lgan manfur saroy ahlini o’zi
bilan birga mahv etdi. Ularning qabih rejalarini barbod qilib, jirkanch qilmishlarini
keskin fosh etdi. U o’limi oldindan hidoyat yo’lida qotillik qildi. Uning o’limi
“omadli o’lim” bo’lib qoldi. Chunki Hamletning mahv etilishi Daniya
mamlakatiga
ozodlik va hur yashash baxtini hadya qildi.