750
so’zi asli qadimgi turkiy tilda “quv-”, ”iziga tush- ” ma’nosini anglatgan son - fe’lidan
qur qo’shimchasi bilan yasalgan deb taxmin qilish mumkin” [O’TEL, 1, 439]. O’zbek
tilida bu ornitonim tarkibida yuz bergan fonetik o’zgarishlarni quyidagicha ko’rsatish
mumkin: son + qur = sonqur > shunqar > shunqor kabi.
Dostonda Shunqor qush nomi “
Sung’ur”, “Shung’ar”
tarzida qo’llaniladi:
Deydi
Sung’ur
: “K-ey ulusqa rohbar,
Amringa tobe kelib ogohlar. (A.Navoiy “Lison ut-tayr”,70).
-Marhabo, ey
Shung’ari
charxoshyon,
Shah qo’linda manziling aylab ayon. (A.Navoiy “Lison ut-tayr”, 49).
O’rdak - mazkur zoonim Sh. Rahmatullayev lug’atida “suvda suzib, boshi bilan
sho’ng’ib ovqatlanadigan yalpoq tumshuqli qush” degan ma’noni bildirishi
ta’kidlanadi [O’TEL, 1, 486]. Bu ot qadimgi turkiy tildagi “sho’ng’i-” ma’nosini
anglatgan ör fe’lidan –däk qo’shimchasi bilan yasalgan; o’zbek tilida keyinchalik ö
unlisining yumshoqlik belgisi yo’qolgan: ör + däk = ördäk > ordäk kabi. Ordak so’zi
asli “ko’p marta sho’ng’uvchi” degan ma’noni anglatgan, ayni shu xususiyatidan kelib
chiqib bu qushga shunday nom berilgan.
O’rdak og’oz etti: “K – ey farhunda zot,
Suv bila bo’lmish manga qoyim hayot. (A.Navoiy “Lison ut-tayr”,78).
Qarg’a - patlari qora yoki ola yirik ko’chmanchi qush. [O’TEL, 1, 529]. Qadimgi
turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu ot qarg’a
tarzida talaffuz qilingan
(Devon, I, 401); o’zbek tilida a unlilari ä unlilariga almashgan. Bu so’z asli qarr-qarr
tovushga taqlid so’zidan –g’a qo’shimchasi bilan yasalgan bo’lsa kerak: qarr + g’a =
qarrg’a > qarg’a > qarg’ä. Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida qarg’a qushi “Qalog’”
(“Olaqarg’a”) nomlari bilan berilgan.
Yuqori o’lturdi to’tidin
qalog’
Bulbulu qumridin ul yanglig’ki zog’.
Xod sung’urdin biyik tutti maqom,
Yurtachi tovus uza qildi xirom. (A. Navoiy “Lison ut-tayr”, 33).
Bundan tashqari, dostonda humo, shahboz kabi o’zlashma ornitonimlardan ham o’rinli
foydalanilgan.
Humo - o’zbek tiliga tojik tilidan o’zlashgan bo’lib, ”Baxt keltiruvchi afsonaviy
qush” ma’nosini anglatadi [O’TEL, III, 280]. Bu qushning soyasi kimning boshiga
tushsa, o’sha kishi eng baxtli bo’ladi degan aqida mavjud [O’TIL, II, 711]. Navoiyning
“Lison ut-tayr” dostonida Humo qushi ”Humoy” tarzida ifodalangan.
Boshladi uzrini sohibfar
Humoy
,
Dedi: - Ey sargashtalarg’a rahnamoy. (A. Navoiy “Lison ut-tayr”, 76).
Shahboz – bu qush nomi tojik tilida shohboz va shahboz shakllariga ega; o’zbek
adabiy
tiliga shahboz shakli olingan; ”podsho” ma’nosini anglatgan shoh oti bilan
“lochin” ma’nosini anglatadigan boz otidan tuzilgan bo’lib, ”shunqor”, ”jasur”
ma’nolarini anglatadi [O’TIL, II, 405]. O’zbek so’zlashuv tilida bu ot shovvoz tarzida:
a tovushini o (ä) tovushiga, b tovushini v tovushiga, shu v tovushi ta’sirida h tovushini
ham v tovushiga almashtirib aytiladi [O’TIL, II, 420].
Xulosa
qilib aytganda, Alisher Navoiy asarlarida qo’llanilgan qush nomlarini
o’rganishda, umuman o’zbek tilidagi qush nomlarining kelib chiqishi, etimologiyasini
751
o’rganishda professor Sh. Rahmatullayevning uch kitobdan iborat etimologik lug’ati
ham muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Базарова Д. Х. История формирования и развитиe зоологической
терминологии узбекского языка (на материале птиц). - Ташкент: Фан, 1978.
2. Базарова Д. Х. К этимологии некоторых древнетюркских названий птиц //
Сов.туркология, 1975, № 4.-С. 11-22.
3. Базарoва Д. Х. О народно-этимологическом
осмыслении некоторых
звукоподражательных названий птиц в узбекском языке //Сов. туркология, 1975,
№ 5.-С. 96-100.
4. ДЛТ - Махмуд Кошгарий. Девону луготит турк. I-III. — Тошкент: УзФА
нашри, 1960-1963.
5. ДС - Древнетюркский словарь. - Л.: Наука, 1969
6. ЗЭ - Зохидов Т.З. Зоология энциклопедияси. Кушлар. - Тошкент Уз.фан
1957
7. УТИЛ-5 - Узбек тилининг изохли лугати. Беш жилдлик. I-V жилдлар. -
Тошкент: “Узбекистон Миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006-
2008.
8. Alisher Navoiy Lisonut tayr – Toshkent,G’afur G’ulom
nomidagi nashriyot
manba birlashmasi,1991.