Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

ФИО автора
Baxodirova Kamola Maqsudjon qizi
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali
Psixologiya fakulteti, “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi, Filologiya va tillarni 
o‟qitish yo‟nalishi 201-20 guruh talabasi 
ФИО научного руководителя:
Fayzullayeva Dilnoza Narimonovna
 
Название 
публикации:
«ALISHER 
NAVOIYNING 
LINGVISTIK 
QARASHALARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR» 

 Annotatsiya: 
Ushbu maqolada jahon tilshunosligi tarixida o'zbek tilini shakllantirish 
va uni yuksak darajaga ko'tarishda Alisher Navoiyning lingvistik qarashalari haqida fikr 
yuritilgan. 
Kalit so'zlar:
jahon tilshunosligi, kashfiyot, mutafakkir, sinonim, omonim, 
chog'ishtirma grammatika, soha-chog'ishtirma grammatika, tuyuq.

Jahonning nodir siymolaridan biri hisoblanmish Mir Alisher Navoiy ijodi va 


faoliyating turli qirralari bo'yicha ko'p va xo'b tadqiqotlar olib borilgan, albatta. Lekin 
tuganmas xazinalardan biri sifatida Navoiy ijodini, uning insoniyat uchun, jumladan, 
o'zbek xalqi uchun qilgan xizmatlarini qayta-qayta e'tirof etish o'rinlidir. Biz ushbu 
maqolamizda Hazrat Navoiyning o'zbek tilshunosligiga qo'shgan hissasini yana bir bor 
eslab qo'yishni maqsad qildik. 
Buyuk nemis biolog olim F.Engels "Maymunning odamga aylanish jarayonida 
mehnatning roli" degan asarida ijtimoiy mehnat jarayoni insonning shakllanishiga 
katta omil bo'lganligini ilmiy asoslab bergan edi. Bu kashfiyot jahon bo'ylab katta shov-
shuvlarga sabab bo'lgan va uni dohiy deb atashganlar. 
Vaholanki, ulug' mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy undan bir necha yuzlab yil oldin 
ushbu hodisani chiroyli satrlarda juda oddiygina qilib bayon qilib bera olgan. 
Insonni so'z ayladi judo xayvondin. 
Bilki, guhari sharifroq yo'q andin. 
Insonga taqdir qilgan bu qimmatli gavhar til ekanligi, shu til insonni bir xil biologik 
xususiyatlarga ega bo'lgan boshqa hayvonlardan keskin ajratib turuvchi ijtimoiy 
hodisa ekanligini ishonch bilan ayta olgan. Bu hodisaning nazariy tomonlari uning 
"Muhokamat ul-lug'atayn" asarida batafsil yoritilgandir.


753 
Navoiyning tilshunoslikka oid buyuk kashfiyotlaridan yana biri o'sha davrda 
chog'ishtirma grammatikaga solganidir. Vaholanki, qiyosiy va chog'ishtirma 
grammatika Yevropa tilshunoslari tomonidan XIX asrda shakllanganligi qayd qilingan. 
Lekin unda yevropaliklar qiyosiy tilshunoslikka asos solgan Mahmud Qoshg'ariyni, 
chog'ishtirma grammatikaga asos solgan Alisher Navoiy qarashlaridan bexabar edilar. 
Jahon madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan Alisher Navoiy butun ijodiy 
faoliyatini, butun umrini o'zbek tilini shakllantirish va uni yuksak darajaga ko'tarish, 
uning nafosatini amaliyotda va nazariyada ko'rsatib berishga bag'ishladi. Navoiyning 
forsiyda va turkiyda qator va mukammal asarlar yaratgani hammaga ma'lum. 
Shuningdek, Navoiy turkiy (Eski o'zbek adabiy tili) tilning barcha afzalliklarini amalda 
ko'rsatib berish bilan birga uni nazariy tomondan ham isbotlab berishni o'ziga 
dasturamal qilgan. Tilshunos olim shunday hayrli ijod jahonida birinchi bo'lib 
chog'ishtirma grammatikaga asos soldi va "Muhokamat ul-lug'atayn" asarining 
yozilishiga olib keldi. Natijada, turli tizimga mansub tillarni barcha sohalari bo'yicha 
bir-biriga solishtirib o'rganuvchi soha-chog'ishtirma grammatika maydonga keldi. 
Shuni aytib o'tish kerakki, chog'ishtirma tilshunoslik bilan shug'ullangan shaxs bir 
necha xil tizimga mansub (kamida ikki til) bo'lgan tillarni mukammal bilishi lozim. 
Navoiy shunga har tomonlama javob bera olardi. Chunki u fors, arab tillarini ham o'z 
ona tiliday mukammal bilar va u tillarda ijod qilar edi. Shu sababli u eski o'zbek va fors-
tojik tillarini o'zaro chog'ishtirar ekan, arab tilshunosligidagi lingvistik qarashlarga ham 
to'xtalib o'tadi va ularni chog'ishtiradi.
Alisher Navoiy eski o'zbek adabiy tili leksik fondining boyligini ko'rsatib bergan, uni 
boyitishga katta hissa qo'shgan buyuk shaxslardan biri hisoblanadi. U o'zbek tilining 
leksikasi haqida so'z yuritar ekan, til leksikasini til boyligi, so'z ma'nosini stilistik 
mahorati bilan bog'liq ravishda misollar bilan birga tadqiq qiladi.
Ayniqsa, Alisher Navoiy sinonim va antonimlarning tildagi imkoniyatlaridan o'rinli 
foydala olgan. Masalan, shu paytgacha "yig'lamoq" fe'lining yettita shaklini qo'llagan, 
deb hisoblab kelingan. Lekin, Navoiy ushbu fe'lning sintaktik yo'l bilan yasalgan 
sakkizinchi varianti ham borligini aytadi.
Navoiy, il gul hoy-hoy yig'lama ko'p 
Ki ha deguncha gulbun, ne g'uncha ne gul bor;
( "Muhokamat ul-lug'atayn" 110-111-bet) 


754 
Tilshunos olim Usmon Sanoqulov ushbu parchadagi hoy-hoy yig'lama "yig"lamoq" 
fe'lining yana bir sinonimlik qatori ekanligini ta'kidlaydi va ushbu fe'lni sakkizta 
sinonimlik ko'rinishda Navoiy asarida ishlatilganini e'tirof etishimiz lozim deb yozadi. 
(U.Sanoqulov) 
Shuningdek, Alisher Navoiy o'zbek tili omonim so'zlarga boy ekanligini qayd qiladi, 
ularning paydo bo'lish sabablarini ham izohlagan. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, shoir 
har qanday fikrini o'z asarlarida qo'llagan va uni isbotlagan. Jumladan, Alisher Navoiy 
omonimlardan hozirgi kunimizda hammaga tanish bo'lgan tuyuqlar yaratishda 
mahorat bilan foydalanganini ko'ramiz. 
Tiyg'i ishqing yorasidur bitmagan, 
Dardini har kimga aytib butmagan. 
Hajr sahrosidur ohim o'tidin 
Anda gul yoxud shoxe butmagan. 
Ushbu tuyuqda "butmagan" so'zi uch xil ma'noli ko'rinishda ifodalanmoqda, ya'ni 
birinchi qatorda "yarasi tuzalmagan", ikkinchi qatorda "aytib tugatmagan", to'rtinchi 
qatorda esa "o'smagan"(o'simlikka nisbatan) ma'noalarida mahorat bilan qo'llangan. 
Yuqoridagilardan ham ko'rinib turibdiki, Alisher Navoiy o'zbek adabiy tilining 
jonkuyarigina bo'lmay, buyuk tilshunos sifatida o'zbek tilining imkoniyatlarini ham 
amaliy, ham ilmiy asoslab bergan olim, shoir, mutafakkir insondir. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish