oltin
deviz standarti
(1945-1968
y.)
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSh tomonidan yangi pul tizimi
taklif etildi. Uning qoidalari 1944 yilda Nyu-Xemshir shtatining Bretton-Vuds
shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konferentsiyada kelishildi va 1945 yilning iyul oyida
279
AQSh Kongressi tomonidan ratifikatsiya qilindi. Yangi amaliyotga kiritilgan
Bretton-Vuds pul tizimining 1920 yillarda qabul qilingan oltindeviz standartidan
farqli jihatlari ko'p emas edi. Shu nuqtai nazardan, ushbu pul tizimi ham
kamchiliklardan holi emas va navbatdagi moliyaviy tartibsizliklarni kelib
chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi.
Bretton-Vuds pul tizimining eski oltindeviz standartidan amal-dagi farqi
shunda ediki, uning asosini ikki "tayanch valyuta"(funt va dollar) emas, balki
yagona dollar tashkil etib, 35 dollar 1 unsiya oltingan tenglashtirilgan edi. Shu
bilan birga, amaldagi tizimni 20 yillardagi oltindeviz standartidan farqli jihatlari,
amerika fuqarolari dollardagi hisob-kitoblarni oltin bilan so'ndirish imkoniyatining
yo'qligi va dollardagi hisob-kitob qilish huquqi xorijiy davlatlar va banklarga
berilganligini e'tirof etish lozim. Ya'ni, jahon pulini (oltin) dollar bilan so'ndirish
vakolati faqat davlat organlariga berildi. Shu jihatdan Bretton-Vuds tizimi ham
1920 yillarni oltindeviz standarti kabi moliyaviy piramida asosiga qurildi.
AQShda moliyaviy piramidaning asosini, faqatgina xorijiy davlat
hukumatlari talab qilish huquqiga ega bo'lgan oltin tashkil etgani holda,
muomalada ta'minlanmagan dollarlar mavjud bo'lgan. Boshqa davlatlarda
moliyaviy piramidaning asosini, valyuta zaxirasi sifatida saqlanayotgan dollar
tashkil etgani holda, muomalada ta'minlanmagan milliy valyutalar amal qilgan.
Bunday moliyaviy piramidani tashkil etish uchun AQShda yetarlicha imkoniyatlar
mavjud edi. Chunki, ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh da to'plangan juda katta
miqdordagi oltin zaxiralari (25 mlrd doll), ularga moliyaviy piramida qurish
imkonini bergan. Bretton-Vuds tizimi amaliyotga joriy qilinishi bilan Yevropa
davlatlari valyutalarining dollarga nisbatan kursi oshirildi. Masalan, Buyuk
Britaniya funt sterling kursi urushgacha bo'lgan vaqtdagi qiymatga, ya'ni 4, 86
dollarga tenglashtirildi. Funtning sotib olish qobiliyatiga nisbatan qaralganda esa,
uning qiymati pastroq bo'lgan. Ta'kidlash joizki, 1945 yilda dollar kursi sun'iy
pasaytirilishi va boshqa davlatlar valyutalarining kursi dollarga nisbatan sun'iy
oshirilishi natijasida "dollar tanqisligi" yuzaga keldi. AQShdan tashqarida yuzaga
kelgan "dollar tanqisiligi"ni oldini olish maqsadida Amerika hukumati tomonidan
280
Yevropa mamlakat-lariga moliyaviy yordam ko'rsatildi. Boshqacha qilib aytganda,
Yev-ropaga moliyaviy yordam berilishi, dollar kursini sun'iy pasaytirilishi
natijasida AQSh toiov balansi profitsitini qisman moliyalashtirishga xizmat qilgan.
Bretton-Vuds tizimida Amerika hukumatiga shunisi aniq bo'ldiki, ushbu
tizim doirasida dollar inflyatsiyasini oshirilishi javobgarlikka olib kelmas edi. Shu
nuqtai nazardan, urushdan keying davrda inflyatsiyani rag'batlantirilishi AQShda
davlat siyosatiga aylandi.
1950 yillar boshida dollar inflyatsiyasi natijasida xalqaro savdo oqimi o'z
yo'nalishini o'zgartirdi. AQShda pul taklifi va kredit hajmi ortib borishi natijasida,
aksariyat Yevropa mamlakatlari (G'arbiy Germaniya, Shveytsariya, Fransiya,
Italiya) ning valyutalari yanada mustahkamlandi. Inflyatsiya darajasi yuqori
bo'lgan Buyuk Britaniyada esa mamlakatdan dollarni chiqishini oldini olish
maqsadida funtni 2, 40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Yevropa va Yaponiyada
ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi AQSh to'lov balansida kamomadni
yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Inflyatsiyani cheklashda oltin tanga standartining
klassik yondashuvchanligi o'zining xususiyatini butunlay to'xtatishi bilan birga,
Bretton-Vuds tizimining qoidalari G'arb davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini
ko'paytirishni va buning asosida milliy valyuta taklifi va kredit hajmini oshirishni
talab etgan.
Shu tariqa 1950-1960 yillarga kelib, G'arbiy Yevropa mamlakatlari va
Yaponiya dollar zaxirasini oshirib borish siyosati samarasiz ekanligi hamda yangi
tizim tashkil etilganda dollar kursi sun'iy baholanganligidan sarosimaga tushdi.
Chunki dollaraing sotib olish qobiliyatining tushishi, G'arb davlatlarida dollarga
bo'lgan ehtiyojni pasaytirdi.
Bretton-Vuds tizimi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti uchun "tuzoq"
sifatida qaraldi va qarama-qarshiliklar ortdi. Fransiya nomidan Oltindeviz
standartini yoqlab va amaldagi tizim qoidalariga qarshi fikrlar bilan davlat
moliyaviy maslahatchisi de Gollya Jak Ryueff chiqdi. Amerika siyosatchilari va
iqtisodchilari yuzaga kelgan qarshiliklarga e'tibor bermay, Yevropa dollarni
"tayanch valyuta" sifatida qabul qilganligini ta'kidladi. Ularning fikriga ko'ra,
281
Yevropa aynan Bretton-Vuds tizimini amal qilishi natijasida iqtisodiy tanglikdan
chiqish muammosini hal etgan. Davlatlar o'rtasidagi keli-shuvga asosan boshqa
mamlakatlarda dollarning inflyatsiya darajasi ortishidan qat'iy nazar, AQSh yanada
pul taklifini oshirish huquqiga ega edi.
Yevropada oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollarga teng bo'lgan miqdori
saqlanib qolingan edi. 1950 yillarda Yevropada dollar massasini ortib ketishi,
uning oltinga va Yevropaning "qattiq" valyutalariga nisbatan qadrsizlanishiga
hamda Amerikadan oltinni chiqib ketishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida
AQShning oltin zaxiralari 25 mlrd. dollardan, 9 mlrd. dollargacha kamayib ketdi.
Yevropa mamlakatlari hukumatlari va Markaziy banklarining dollarni oltin bilan
so'ndirish talabini qondirilmasligi oqibatida Bretton-Vuds tizimining izdan chiqish
xavfi tug'ilgan edi. Lekin, Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan ushbu salbiy
holat ham AQShni pul taklifini oshirishdan qaytarmadi. Shu tariqa 60 yillaraing
oxirida Yevropada 80 mlrd dollardan ortiq "yevrodollar" nomini olgan pullar paydo
bo'ldi. Yevropada muomalada bo'lgan dollarni oltin bilan so'ndirish talabini
to'xtatish maqsadida AQSh siyosiy bosim o'tkaza boshladi. 1930 yilda oltindeviz
standartining inqirozga yuz tutishida ham Buyuk Britaniya va Fransiya o'rtasida
shunday vaziyat yuzaga kelgan.
Ta'kidlash joizki, iqtisodiy qonunlarni aylanib o'tish, AQSh inflyatsiyani
hisobga olmagani kabi, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlarga olib
keladi. Shu tariqa 1968 yilda Amerika tomonidan taklif etilgan "abadiy va
buzilmas" Bretton-Vuds tizimi yemirila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |