Fan/modul kodi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Bretton Vuds tizimining barham topishi (1968-1971 yy.) 
Yevropada dollar 
massasining ortib borishi va AQShda oltin zaxiralarini kamayishi, London va 
Syurixdagi erkin oltin bozorlarida oltinning unsiyasi uchun belgilangan 35 dollar 
narxni ta'minlab turish AQShga qiyinchiliklar tug'dira boshladi. Mamlakatlar 
o'rtasida Bretton-Vuds tizimining qoidalari kelishilganda ushbu narx (oltinning bir 
unsiyasi uchun 35 dollar) butun tizimning asosini tashkil etgan. 
Amerika fuqarolariga 1934 yilda oltinga egalik qilish ta'qiqlangan bo'lib, 
boshqa davlat fuqarolari oltin quyma va oltin tangalarga qonuniy egalik qilishi 


282 
mumkin bo'lgan. Ularning dollarni oltin bilan so'ndirish imkoniyati faqat erkin 
bozorda 35 dollarga sotish orqali amalga oshirilgan. Amerikadagi inflyatsiya 
darajasining o'sishi, dollarning yanada qadrsizlanishi natijasida AQSh to'lov 
balansidagi kamomad o'sdi, oltinga egalik qilgan fuqarolar esa erkin bozorda faol 
ravishda oltin xarid qilar edi. O'z navbatida AQSh, London va Syurix erkin oltin 
bozorlaridagi oltin narxini belgilangan miqdorda ushlab turish uchun qisqarib 
borayotgan oltin zaxirasidan berishga majbur bo'ldi. 
Erkin oltin bozoridagi dollarga bo'lgan ishonchsizlik, 1968 yilning mart 
oyida AQSh tomonidan mavjud pul tizimga o'zgartirishlar kiritishiga olib keldi. 
Ya'ni, amaldagi tizimni saqlab qolish maqsadida, oltinni erkin bozordagi 
faoliyatini to'xtatish zarur degan xulosaga keldi. Shunday qilib, "ikki pog'onali 
oltin bozori": oltinni erkin bozori-mustaqil va mamlakatlar Markaziy banklarining 
oltin hisob-kitoblari-mustaqil faoliyat yurita boshladi. AQSh taklifiga binoan 
oltinning erkin bozor bahosini belgilangan 35 dollar miqdorida xarid qilinishi rad 
etildi. Shu bilan birga, barcha davlatlar oltin unsiyasi uchun 35 dollar miqdorni 
abadiy belgilangan narxda bo'lishiga kelishib oldi. 
Mamlakat Markaziy banklari va Hukumatlari "tashqi" (erkin) bozordan 
oltinni sotish va sotib olishdan bosh tortdi, natijada oltin Markaziy banklar 
o'rtasidagi hisob-kitoblarda hisob birligi (1 unsiya = 35 doll) sifatida qo'llanila 
boshladi. Oltinning erkin bozori ham umumiy pul tizimiga aloqasi bo'lmagan 
holda rivojlandi. 
Ikki pog'onali oltin bozorining parallel ravishda amal qilishi, AQShni yangi 
zaxira qog'ozlarini joriy etish to'g'risidagi fikrini ilgari surdi va maxsus huquq 
beruvchi birlik (SDR) ni muomalaga kiritish masalasi ko'rildi.
94
Amerika bunday birlikni kiritish orqali oltinning o'rnini bosuvchi yangi 
qog'oz pul shaklidagi jahon valyutasini joriy etish bo'lgan. SDRni amaliyotga joriy 
etish va uni emissiya qilish huquqini Jahon banki ixtiyoriga berish rejalashtirilgan 
edi. SDRni joriy etish va uni jahon valyutasiga aylantirish xususida, ilgari surilgan 
tizimni barpo etish orqali AQSh boshqa davlatlar bilan birlashgan holda pul 


283 
taklifmi yanada oshirish imkoniyatiga ega bo'lar edi. Bu tizimni joriy etish, albatta 
dunyo iqtisodiy otining izdan chiqishiga jiddiy xavf tug'dirdi. 
SDR amaliyotini tarqalishiga qarshilik ko'rsatayotgan G'arbiy Yevropa va 
qattiq valyutaga ega bo'lgan mamlakatlar AQSh valyuta zaxiralarining sezilarsiz 
miqdorini tashkil etgan. 
Qog'oz pullar nazariyasini qo'llab-quvvatlagan Milton Fridman ham o'z 
qarashlarida jahon valyuta tizimidan oltinni butunlay bekor bo'lishini ilgari surgan. 
Ya'ni, Bretton-Vuds tizimi joriy etilganda, AQShning yetakchi ekspertlari sanoatda 
dollarga talab ortishi natijasida oltin narxini 10 dollargacha pasayishini taxmin 
qilishgan. 
Lekin, ushbu tizimni mukammal ishlashi uchun dollar inflyatsiyasini 
belgilangan me'yorda saqlash lozim edi. 1973 yilning boshlariga kelib, oltinning bir 
unsiyasi 125 dollargacha ko'tarildi. 
Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, AQShning taklifiga asosan ikki 
pog'onali oltin bozorining yaratilishi, Bretton-Vuds tizimining faoliyat yuritish 
muddatini bir necha yilga cho'zishga xizmat qildi. Chunki, inflyatsiyaning o'sishi 
oqibatida Amerikaning to'lov balansi kamomadi ortib, oltin zaxiralari qisqarib 
bordi. Yevropa Markaziy banklari hisobvaraqlarida esa, "yevrodollar'lar miqdori 
ortib bordi. O'z navbatida erkin oltin bozorida dollar massasini ortishi, oltin narxini 
ortishiga va dollarga bo'lgan ishonchsizlikni ortishiga olib keldi. Endilikda, oltinga 
egalik qilgan shaxslar, uni sotishdan voz kechayotgan edi. Bu o'z navbatida 
awaliga erkin oltin bozori faoliyatini, keyinchalik Bretton-Vuds tizimini batamom 
to'xtashiga olib keldi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish