3.2. Dizel yonilg‘iIarining asosiy xossalari va ularni dvigatel ishiga
ta’siri
Ekspluatatsion sifatini bildiruvchi fizikaviy va kimyoviy
xossalari.
Fraksion tarkibi
Bu tarkib dizel yonilg‘isining bug‘lanishini
ko'rsatuvchi va benzinlardagi kabi yonilg‘i hajmi bilan yonilg'i
harorat orasidagi bog‘liqlikni belgilab beradi. Dizel yonilg‘ilari uchun
haydashning boshlanishi 170-200°C bo‘lib unig 50% qishqi dizel
yonilg‘isida 250°C da, yozgi dizel yonilg‘isida esa 280°C da
bug'lanishi lozim, haydashning oxirida yonilg‘ini 96% 330-360°C
haroratda qaynab, bug‘ga aylanishi lozim. Bu haroratlar yonilg‘ining
yurgizib
yuborish
xususiyatlariga
ta’sir
ko‘rsatadi.
Dizel
yonilg‘isining ancha yuqori haroratda haydalishi yonilg‘ida og'ir
fraksiyalar borligidan darak beradi. Bu og‘ir fraksiyalar yonilg‘i
aralashma hosil bo‘lishi protsessini yomonlashtiradi, yonilg‘i ko‘p sarf
bo‘ladi, ishlatilgan gaz tutab chiqadi va qurum ko‘p hosil bo‘ladi.
Dizellarda yonilg‘ining to‘zitilish sifati, chiqayotgan gazning tutashi,
qurum hosil bo‘lish tezligi ham yonilg‘ining
fraksion tarkibiga
bogiiq. Agar dizel yonilg‘isida yengil uglevodorodlar ko‘p bo‘lsa
dizel qattiqroq taqillab ishlaydi. Qaynash harorati yuqori bo‘lgan og‘ir
yonilg‘i yirik tomchilar tarzida to‘zitiladi, bunda yonuvchi aralashma
sifati yomonlashadi va yonilg‘i sarfi ortadi. Ish bajargan gazlar
qorayib chiqadi, silindrporshen guruhi zonasida qurum miqdori ortadi,
forsunkalar to‘zitgichi kokslanib qoladi. Zamonaviy kuchli dizellar
faqat ma’lum fraksion tarkibga ega bo‘lgan yonilg‘i
bilangina yaxshi
ishlashi mumkin.
Dizel yonilg‘isining yonuvchi aralashma tarkibida silindrdagi ish
sifatiga ta’sir etuvchi xossalaridan biri -
qovushqoqlik
xossasidir.
Qovushqoqlik deb, suyuqliklaming ichki ishqalanishiga qarshi-
lik ko‘rsatish xossasiga aytiladi. Suyuqliklaming bunday xossasi
ulaming molekulalarini harakati orqali hosil bo‘ladi. Qovushqoqligi
deganda oquvchanlikni ham tushunish mumkin. Masalan, jumrakli
kanistrdan (bakdan) benzin, moy, dizel yonilg‘isini qo‘yib
vaqtni
belgilasak, benzin tezroq to‘ladi, dizel yonilg‘isi ozgina sekinroq, moy
esa yana ham kechroq oqadi.
Demak, qovushqoqlik deb, tashqi kuch ta’sirida suyuqlik
zarralari haraktlanganda bir-biriga ko‘rsatadigan qarshilikka aytiladi.
Dizelli dvigatellar uchun yonilg‘ining qovushqoqligi katta ahamiyatga
ega.
Suyuqlikning
ichki
xossalarini
belgilaydigan
absolyut
qovushqoqlik va shartli(mavxum qiymatga - ega bo‘lgan) qo-
vushqoqlikga bo‘ladi. Absolyut qovushqoqlik, o‘z navbatida,
dinamik
qovushqoqlik va kinematik qovushqoqlik bo‘linadi. Dinamik
qovushqoqlik r|-puazda (P, o‘lchamligi gsm/s) o‘lchanadigan ichki
ishqalanish koeffitsiyentidir.
Puaz - yuzasi 1 sm
Do'stlaringiz bilan baham: