natijasida qurum hosil bo‘lishi ko‘payu.ui, ish bajargan gazlar qorayib
chiqadi va
purkalish fakeli uzun bo‘ladi.
Qovushqoqlik me’yorida bo‘lganda yonilg‘i bir xil tartibli
tomchilar tarzida to‘zitiladi. Bug‘li aralashma yonish protsessi yax-
shilanadi. Oquvchanlik yaxshi bo‘ladi, trubalardan, may in tozalash
filtri, yuqori bosim nasoslaridan yonilg‘i oson o‘tadi.
Yilning sovuq
vaqtida dizellar yaxshi ishlashini ta’minlash uchun qishki sort dizel
yonilg‘isining qovushqoqligi pastroq bo‘ladi.
3.3. Dizellarda yonilg‘ining yonishi
Dizellarda aralashma silindmi ichida hosil bo‘ladi. Dizel dviga-
tellarida yonilg‘i aralashmasining hosil bo‘lishi va uning yonish
intensivligi ko‘pgina sabablarga, chunonchi,
siqilgan havo bosimi va
harorati, to‘zitilish mayinligiga, havodagi yonilg‘i mikdoriga,
yonilg‘ining bug‘lanuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo yonilg‘i-
ning kimyoviy tarkibi asosiy ahamiyatga ega, u yonilg‘ining alan-
ganlanish haroratinigina emas, balki,
alangalanishning kechikish
davrini ham (ya’ni yonilg‘i berila boshlangandan to o‘z-o‘zidan
alangalana boshlaydigan paytgacha o‘tadigan vaqtni) ham belgi-laydi.
Jarayonning bir qismi yonilg‘i yonishga tayyorlanayotgan
davrda, anchagina qismi esa alanga paydo bo‘lgandan so‘ng kechadi.
Dizellarda yonuvchi aralashma hosil bo‘lishiga ketadigan vaqt
uchqundan o‘t oladigan dvigatellarga qaraganda kam, lekin jara
yonning tezligi esa ikkala xolda ham bir xildir. Dizellarda aralashma
hosil bo‘lishining zaruriy elementlariga yonilg‘ining purkalishi va
to‘zitilishi,
shuningdek, yonish kamerasi bo‘shlig‘ida yonilg‘i
oqimining harakatlanishi kiradi. Silindrlarga yonilg‘i forsunkaning
purkahshidan beriladi. Bu jarayon purkash teshiklari bilan yonish
kamerasi orasida bosim 13,5-16,5 MPa gacha o‘zgarishi
natijasida
sodir bo‘ladi. Bu bosim purkash bosimi deyiladi. Purkash bosimi va
purkashning o ‘tish kesimi yonilg‘i berilishi davomida o‘zgarib turadi,
shu sababli teshiklardan yonilg‘ining o‘tish tezligi va uning sekundlik
sarfi ham o‘zgaruvchandir. Oqimning yonilg'i eng ko‘p to‘plangan
markaziy qismi eng katta tezlik bilan harakatlanuvchi
zarralar bilan
to‘la bo'ladi. Kanal o‘qidan uzoqlashgan sari tom-chilaming o‘lchami
kichiklashib va harakat tezligi pasayib, tomchi-lar miqdori esa
ko‘payib boradi. Bu qiymatlar tirsakli valning buri-lish burchagiga
qarab o‘zgaradi, aralashma hosil qilish usullariga, yonilg‘i beruvchi
apparatlaming
konstruksiyasiga, yonilg‘ining xossalariga, silindming
o'lchamlari va IYoDning ishlash rejimlariga bog‘liq. Yonilg‘ining
to'zitilish mayinligi va yonish ko‘rsatkich-larini baholash uchun
tomchilaming o‘rtacha diametri tushuncha-sidan foydalaniladi.
0
‘rtacha diametr qancha kichik bo‘Isa, to'zitish shuncha mayda
(mayin) hisoblanadi.
To‘zitilgan yonilg'i kamera devorlariga tegmasligi kerak, aks
xolda aralashma hosil bo‘lish va uning yonish jarayoni buziladi.
Havoning yonish kamerasidagi maksimal aylanish tezligi 10-15
m/sek. ni tashkil etadi.
L
3.2 - rasm. Purkalgan yonilg‘i oqimining sxemasi.
Purkalgan yonilg‘i zarralarining isishi va bug‘lanishi natijasida
aralashmaning harorati pasayadi. Shu sababli o‘z-o‘zidan alanga
lanish manbalari yonilg‘i oqknlarming chekka qismlarida, ya’ni
yonilg'i eng qulay miqdorda to‘planadigan va harorati yuqori
bo‘ladigan joylarda yuzaga keladi. Yuzaga kelayotgan birlamchi
manbalardan alanganing tarqalish tezligi bir necha
10
m/s dan tovush
tezligidan yuqori qiymatlargacha o‘zgarishi mumkin.
Dizellarda
yonilg‘i bir jinsli bo‘lmagan tarzda to‘zitiladigan, alangalanish
manbalari esa siqilgan yonilg‘i miqdorining kattagina qismi
purkalgunicha yoki o‘z-o‘zidan alangalanishga tayyor bo‘lgunga
qadar yuzaga keladi.
Qisqa vaqt ichida yonish kamerasida fizikaviy (to‘zitilish, havo
bilan aralashish, isish, bug'lanish) va murakkab kimyoviy jarayonlar
(yonilg‘i molekulalari oksidlanishining turli bosqichlari) sodir bo‘ladi.
Natijada yonilg‘ining 10-15% energiyasi ajraladi va issiqlik
to‘planadi, harorat ko'tariladi va yonilg‘i alangalanadi. Yonilg‘ining
havo kislorodi bilan aralashmasi yona boshlashi uchun zarur bo‘lgan
isitish harorati o‘z-o‘zidan alangalanish harorati deb ataladi.
-40
-20
о
20
40
60
80
100
З.З.-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: