1
2
3
4
5
6
7
saqlash muddati, oy
2.11 rasm.
Benzinni saqlash mobaynida sm olali birikm alarning
hosil bo‘lishi:
1- to ‘la to ‘Idirilgan idish, 2- 50% to 'Idirilgan idish.
Benzinga aralashgan oltingugurt dvigatel detallarining yeyili-
shini tezlashtiradi, masalan, benzin tarkibidagi oltingugurt miqdori
53
0,003 dan 0,1% ga yetsa, detallaming yeyilishi 2,7 baravar,
oltingugurt miqdori
0
,
2
% ni tashkil etganda esa deyarli to‘rt baravar
ortadi, shuningdek, ularni qurum bosishi ham zo‘rayadi, bu esa
benzindagi smolali moddalar miqdoriga bog‘liq. Davlat sifat belgisi
qo‘yilgan Ai-98 markali benzinda oltingugurt va smolali moddalar
miqdori 0,05%ni, A-72 markali benzinda esa 0,12% ni tashkil etadi.
Boshqa markali benzinlarning hammasida oltingugurt 0,1% dan
oshmaydi.
Avtomobil benzinini tarkibida oksidlanishga moyil bo‘lgan
to‘yinmagan uglevodorodlar ham bor. Shu sababli, benzin saqlab
qo‘yilganida va ishlatilayotganida smolali maxsullar xosil bo‘lib,
karbyuratoming ichki yuzasini va klapanlami qora qurum bosadi.
Benzin tarkibidagi xaqiqiy smola miqdori 0,ldan 1,0 g/1 ga yetsa, o‘t
oldirish shamlari qisqa tutashishi, porshen halqalarini qurum bosishi,
klapanlar (agar profilaktika tadbirlari ko‘rilmagan bo‘lsa) «salqib»
qolishi mumkin. Oqibatda dvigatelning foydali ish koefitsiyenti
kamayadi.
2.6.
Benzinlarning m arkalanishi
Benzinlar detonatsion xossalariga ko‘ra markalarga ajratiladi.
Avtomobil benzini arming markasida motor usulida aniqlangan oktan
soni (A-72, A-95) yoki tekshirish yo‘li bilan aniqlangan oktan soni (Ai-
93, Ai-98) ko‘rsatilgan bo‘ladi. Aviatsiya benzinlarining markasi (B-70
benzini bundan mustasno) kasr son bilan ko‘rsatiladi, kasming suratida
motor usulida aniqlangan, oktan soni, maxrajida esa navi ko‘rsatilgan
bo‘ladi (B-91/115, B-95/130, B-100/130). Benzin markasining
dvigatelga mos
tushish-tushmasligi,
birinchidan,
uning
siqish
darajasiga, ikkinchidan, bir silindming ish hajmiga va uchinchidan,
dvigatelning tuzilishiga bog‘liq. Dvigatelning siqish darajasi qanchalik
yuqori va silindming ish hajmi qanchalik katta bo‘Isa, unda
ishlatiladigan benzinning oktan soni shuncha katta bo‘lishi zarur, siqish
darajasining 0,2-0,25 xissa ortishi oktan sonining bitta birlikka
oshirilishini talab qiladi. Dvigatellaming siqish darajasiga oktan soni
mos bo‘lmagan benzin ishlatilganda detonatsion yonishni keltirib
chiqaradi. Shuning uchun har bir dvigatelning siqish darajasiga mos
oktan sonli benzin tanlanadi.
2.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |