176
Sanoat parrandachiligida bu keng qo’llaniladi, chunki ko’p miqdordagi
tovuqxonalarda havo orqali turli xil mikroblar tarqalishi mumkin. Jo’ja boqiladigan
xonalarni sutkasiga 3 mahal 5 – 25 minutdan nurlantirish jo’jalarning yaxshi
o’sishi va kam halok bo’lishiga olib kelgan.
Dezinfeksiya maqsadlarida chorva binolariga
beriladigan havolar ham
ultrabinafsha nurlar balan nurlantiriladi. Ultrabinafsha nurlar dezinfeksiyadan
tashqari havoni ionlashtiradi ham. Bu holda ozon hosil bo’ladi va molxonadagi
yoqimsiz hidlarni kamaytiradi.
Hayvonlarga ultrabinafsha nurlanishning ta’siri uning terisiga tushganda
yutilishi bilan bog’liqdir. Nurlanish biologik effekt
berishi uchun u teri ostida
joylashgan qon va nerv tomirlarigacha yetib borishi kerak. Odam terisi uchun
to’lqin uzunligi 300
nm
dan kichik bo’lgan to’lqinlar 0,5 mm kiradi xolos.
Hayvonlar terisi qalin va juni bo’lganligi uchun ham kam masofaga o’tadi.
Yorug’lik ta’sirida biokimyoviy reaksiyalar va fiziologik jarayonlar tufayli
teri ostida gistamin hosil bo’ladi.
Gistamin boshqa molekula «bo’laklari» bilan qon tomirlari orqali tarqaladi.
Gistamin qon tomirlarini kengaytiruvchi modda bo’lib, natijada giperamin hosil
bo’ladi. Organizmning nurlanishiga aks ta’siri
terida pigmentasiya, ya’ni kuyish
hosil bo’lishidir. Teri pigmenti melanin epidermisning tubida joylashgandir.
Ultrabinafsha nurlanish ta’siridan teri va so’ng qolgan qismlarda modda
almashinuvi yaxshilanadi va natijada organizm immunobiologik holati
yaxshilanadi. Shu sababli ultrabinafsha nurlar
veterinariyada shamollash
kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida D vitamini hosil bo’ladi. Bu esa kalsiy
elementining o’zlashtirishiga imkon beradi. Agarda organizmda D vitamin
yetishmasa organizm kalsiyni suyakdan oladi va bu raxit kasalligiga olib keladi. D
vitaminning yetishmasligi skeletning o’sishini sekinlashtiradi. Vitamin D go’sht,
yog’lar tarkibida bo’ladi, lekin uni organizmning o’zida ultrabinafsha nurlar
ta’sirida hosil qilishi mumkin. Buning uchun organizmni 280 – 315
nm
li
ultrabinafsha nurlar balan nurlantirilishi kerak. Bu narsa buzoqlar va jo’jalarni
nurlantirishda ishlatiladi. Oxirgi yillar hayvonlar
qonining UB nurlar bilan
nurlantirish yo’li bilan hayvonlarning turli kasalliklarga chalinmasligini oldini
olishda foydalanilmoqda. Buning uchun hayvon venasidan 1 kg massaga 1 – 2 ml
qon olib, ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirilib yana organizmga yuboriladi.
Shuni qayd qilish kerakki, ultrabinafsha nurlarning salbiy ta’sirlari ham ko’p
va undan himoyalanish ham zarur.
Quyosh nuridan fotosintezda foydalanilishi ma’lum, lekin tushayotgan quyosh
nurining atiga 5 foizi bevosita fotosintezga sarflanadi (bahorgi bug’doy uchun 3,26
foiz, kartoshka uchun 3,02 foiz, makkajo’xori uchun 2,35 foiz va h.k).
O’simliklarning organik massasi fotosintez jarayonida to’planadi, shuning uchun
qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish uchun quyosh energiyasidan
foydalanish koeffisiyentini oshirish zarur. Buning uchun sun’iy yorug’lik
berish
kerak. Bunda o’simliklar karbonat angidrid bilan boyib ildizdan suyuq ozuqa
berilgani holda sun’iy ravishda qo’shimcha yoritiladi. Yorug’lik teri qatlamiga
ham ta’sir qiladi. Ko’rinadigan va infraqizil nurlar asosan terining sirtini qizdiradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
177
Ultrabinafsha nurlar tashqi qatlamda fotokimyoviy reaksiyani vujudga keltiradi,
buning natijasida qo’ng’ir pigment hosil bo’ladi (kuyish),
bu pigment melanin
deyiladi va ultrabinafsha nurlarni kuchli yutib, organizmni ularning haddan
tashqari ta’siridan saqlaydi. Ultrabinafsha nurlarning kuchsiz (normal) ta’siri
organizmga foydali ta’sir ko’rsatadi, uning yuqumli kasalliklarga qarshiligini
ko’rsatadi va modda almashinuvini yaxshilaydi.
Odam, hayvon va o’simliklar yashashi uchun yorug’lik
zarurdir, uning
yetmasligi organizmning normal faoliyatini buzadi. 0,28 mkm dan qisqa to’lqinli
ultrabinafsha nurlar kuchli bakterisid ta’sirga ega. Bundan binolarning havosini
tozalash, sutni sterilizasiya qilishlarda ishlatiladi. Bu nur kvars lampalar yordamida
hosil qilinadi. Yerga yetib keladigan quyosh nurlarida 0,29 mkmdan qisqa to’lqinli
nurlar bo’lmaydi, chunki bu nurlarni atmosferaning yuqori qatlamlari (12-50 km)
ozon (O
3
) batamom yutib qoladi.
Infraqizil nurlar ilonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ilonlarda ko’rish,
eshitish, hid bilish zaif, lekin infraqizil nurlarni o’tkir qabul qiladi.
Ilonning
boshida ko’zlari bilan burun orasida ikkita chuqurcha bo’lib, ularda o’ziga xos
«termolokatorlar» - infraqizil nurlarga sezgir organlar bo’ladi. Bu yordamida turli
mayda qushlar va hayvonlardan kelayotgan zaif issiqlik nurlanishlarni ham tutib
oladi va ularning turgan joylarini aniqlaydi. Shuning uchun qorong’ida ham ilon
o’z o’ljasiga aniq tashlanadi. Bir yilda quyosh nuri ta’sirida 450 milliard tonna
organik modda hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: