178
Ultrabinafsha nurlarning ta’siri (mikroorganizmlarga bakterisid ta’siri,
mutagen ta’sir, D vitaminning hosil bo’lishi, teriga eritem ta’siri va h.).
Biofizika kursida asosan quyidagi fotobiologik jarayonlar o’rganiladi:
Yorug’lik kvantini yutish, molekula tarkibida energiya almashinish, molekulalar
orasida qo’zg’algan holat bo’lganda energiya o’tkazish, ya’ni energiya migrasiyasi
va birlamchi fotokimyoviy akt jarayonlari o’rganiladi.
Fotobiologiya
fizik-kimyoviy
biologiyaning
biologik
obyektlarga
ultrabinafsha va ko’rinuvchi nurlar ta’sirini o’rganadigan sohadir. Infraqizil va o’ta
qisqa to’lqin uzunlikli (rentgen va gamma) nurlarning biologik ta’sirini o’rganish
esa fotobiologiyaning muammolariga kirmaydi. Demak, fotobiologiya fotofizika
va fotokimyoga bevosita bog’liq ekan.
Asosiy fotokimyoviy reaksiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: fotoionlashish
(elektronning molekula tashqarisiga otilib chiqib, ionlar yoki erkin radikallar hosil
bo’lishiga olib kelishi), fotoqaytarilish yoki fotooksidlanish (elektronning bir
molekuladan ikkinchisiga o’tishi), fotodissosiasiya (molekulalarning
ionlarga
parchalanishi) va fotoizomerizasiya (molekulalar fazoviy konfigurasiyasining
yorug’lik ta’siri ostida o’zgarishi).
Har qanday fotokimyoviy reaksiya ikki bosqichda o’tadi: birinchi bosqich-
yorug’likka aloqador bosqich bo’lib buning natijasida qo’zg’algan molekulalar,
ionlar va erkin radikallar hosil bo’ladi.
Ikkinchi bosqich – “qorong’ulikka aloqador” bo’lib, birlamchi (dastlab paydo
bo’lgan), aktiv mahsulotlarning keyinchalik qayta o’zgarishidan iborat. Bu
bosqichda energiyaga boy molekulalar yana reaksiyaga kirishadi,
bu reaksiyalar
endi biokimyoviy reaksiyalar bo’ladi. Yaxlit biologik tizimda bu jarayonlar birin-
ketin tartib bilan boradi, ya’ni kvant yutilishi – fotokimyoviy reaksiyalar –
kimyoviy va biokimyoviy reaksiyalar – fiziologik aktdir.
Fotobiologik jarayonlar mexanizmini aniqlash uchun umuman shu
jarayonning oxirgi yakunini tekshirish kerak. Masalan: ultrabinafsha nurining
teriga qanday ta’sir ko’rsatishini analiz qilish uchun eritemaning darajasi,
chuqurligi va maydoni aniqlanadi.
Fotobiologik jarayonlarni o’rganishdagi masalalardan biri ta’sir
etuvchi
nurlanishni yutayotgan va jarayonning boshlang’ich bosqichlarida qatnashayotgan
moddani aniqlashdan iborat. Buning uchun fotokimyoviy ta’sir spektri o’rganiladi
va reaksiya qatnashchilari deb faraz qilinayotgan moddalar spektri bilan
taqqoslanadi.
Suvda radiasiya ta’sirida gidroperekis (NO
2
) vodorod peroksidi (N
2
O
2
)
gidroksil (ON) radikallari paydo bo’lib, o’ta tez reaksiyaga kirishuvchandir. Erkin
radikallar organik molekulalarda ham ionlovchi nur, ultrabinafsha nur ta’sirida
oqsillarda, fenollarda, nuklein kislotalarda erkin radikallar hosil bo’ladi. Masalan,
fenol moddasining xenonga aylanishida semixinon erkin radikali hosil bo’ladi.
Semixinon erkin radikalining miqdori hujayra va to’qimalarni, o’simlik urug’larini
funksional holatiga bog’liq bo’ladi.
O’simlik urug’lariga, barglariga ionlovchi nurlar ta’sir etganda va o’simlik
urug’ida semixinon radikali miqdorini nazoratga nisbatan yuqori ekanligini
Z.N.Norboyev tomonidan aniqlangan. Demak, erkin elektronlar yuqori tartibda
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
179
radiasiyaga
kirishuvchan
bo’lib,
paramagnetizm
xossasi,
ya’ni
kompensasiyalashgan
magnit momentiga ega, ya’ni juftlashmagan elektronlar
hisoblanadi va zanjirli reaksiyaga olib keladi. Shuning uchun tirik organizmdagi
biofizikaviy, biokimyoviy jarayonlarda juftlashmagan, ya’ni erkin elektronlar
ishtirok etib, funksional holatini belgilaydi. Bu erkin
radikallarning miqdori
hujayra va to’qimalarning funksional holatiga bog’liq bo’lishini Z.N.Norboyev
atmosfera har xil gazlar bilan ifloslanganda radioaktiv uranli tuproqda o’sayotgan
o’simlik urug’larida elektron paramagnit rezonans usuli yordamida aniqlagan.
Hujayra va to’qimalarining membranalari asosan fosfor, lipidlardan tuzilgan
bo’lib, ionlovchi nurlar ta’sir etganda erkin radikallar hosil bo’ladi.
Ultrabinafsha nurlar ko’plab hayvonlar va odamlarda sezgi uyg’otmaydi.
Uning ta’siri asosan eritmik va bakterisid bo’lishi mumkin.
Eritmik ta’sir deb, ultrabinafsha nur ta’sirida terining qizarish hodisasiga
aytiladi.
Bu holda teri sirti yaqinidagi arteriolalar kengayadi va to’qimalarda
to’planadi. Bunda asosiy vazifani ultrabinafsha nur ta’sirida hosil bo’ladigan
gistamin o’ynaydi. U esa qon tomirlarini kengaytirish xususiyatiga ega.
Ultrabinafsha nurlar eritmik ta’sirini ifodalovchi kattalikka eritmik oqim deyiladi.
Uning o’lchov birligi erg. To’lqin uzunligi 296,7 nm bo’lgan 1Vt quvvatli
nurlagich 1 erg oqim hosil qiladi. Quvvati 1 Vt bo’lgan boshqa to’lqin
uzunlikli
nurlagich hosil qiladigan oqim
( )
Do'stlaringiz bilan baham: