Tayyorladi: Usmonova Dilafro`z 1. Nutq buzilishining sabablari 2. Nutqdagi kamchiliklarni bartaraf qilish 1. Nutq buzilishining sabablari 2. Nutqdagi kamchiliklarni bartaraf qilish
Reja:
A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo`lib ko`rsatadi: 1) tayyorgarlik davri – bola tug’ilgandan bir yoshgacha 2) bog’chagacha bo`lgan davr – 3 yoshgacha; 3) maktabgacha bo`lgan davr – 7 yoshgacha; 4) maktab davri.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni o`z vaqtida to`g’ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir.
Buning uchun:
- bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog’ bo`lishi;
- normal aqliy qobiliyatga ega bo`lishi;
- normal eshitishi va ko`rishi;
- yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo`lishi;
- gaplashish ehtiyojiga ega bo`lishi;
- to`g’ri nutq muhitiga ega bo`lishi lozim.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi.
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:
1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar;
2. Homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jaroxatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi;
3. Tug’ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya;
4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensofalit).
5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo`ladigan bosh miya jarohatlari.
6. Nasliy faktorlar.
7. Sosial-maishiy sharoitning yomonligi. Bu xolat mikrososial pedagogik qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo`ladi.
DUDUQLANISHNI DAVOLASH YO’LLARI
Duduqlanishni davolashning barcha usullari uslubiy yondashuv va terapevtik ta’sir turlari bilan farqlanadi. Umuman olganda, ularni quyidagilarga bo’lish mumkin:
- Logopedik;
- Psixologik;
- Psixoterapevtik;
- Logopsixoterapevtik;
- Ijtimoiy reabilitatsiya;
- Medikamentoz (dorilar bilan);
- Fizioterapevtik;
- Kompleks;
- Noan’anaviy.
Nevrotik duduqlanishni yo’qotish uchun davolash muvaffaqiyati tashxisning o’z vaqtida qo’yilishiga bog’liq. Duduqlanishni davolashning an’anaviy psixoteraptevtik usullari (xulq-atvorli, gipnotik va hokazo) samarasi past bo’lganligi sababli, zamonaviy tibbiyot o’ziga bir nechta elementlarini olgan maxsus terapevtik yondashuvlarni afzal ko’rmoqda. Tutilib gapirshni davolashning bunday kombinativ psixoterapevtik usullari ham individual, ham guruh shaklida qo’llaniladi. Nutq buzilishlarini tuzatish duduqlanishni va tez gapirishni tuzatishga qaratilgan logopedik mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi.
Yosh bolalarda duduqlanishning nevrotik shakli logopedik bolalar bog’chalari va guruhlarida yaxshi davolanadi. Bu yerda kollektiv o’yinli psixoterapiya, logopedik ritmga e’tibor qaratiladi. Oilaviy psixoterapiyaga ham diqqatni qaratish kerak, bunda bolani ishontirish, qo’llab-quvvatlash, hayolini chalg’itish, relaksatsiya muhimdir. Bolalarga barmoqlarning ritmik harakatlari bilan bir taktda gapirish yoki kuylash o’rgatiladi. O’z-o’zini boshqarish usulining asosi shundaki, duduqlanish — o’zgartirsa bo’ladigan ma’lum xulq ekanligini o’rnatishdir. Uning tarkibi — desensibilizatsiya, autogen mashg’ulotlar. Yosh bolalarda duduqlanishning nevrotik shakli logopedik bolalar bog’chalari va guruhlarida yaxshi davolanadi. Bu yerda kollektiv o’yinli psixoterapiya, logopedik ritmga e’tibor qaratiladi. Oilaviy psixoterapiyaga ham diqqatni qaratish kerak, bunda bolani ishontirish, qo’llab-quvvatlash, hayolini chalg’itish, relaksatsiya muhimdir. Bolalarga barmoqlarning ritmik harakatlari bilan bir taktda gapirish yoki kuylash o’rgatiladi. O’z-o’zini boshqarish usulining asosi shundaki, duduqlanish — o’zgartirsa bo’ladigan ma’lum xulq ekanligini o’rnatishdir. Uning tarkibi — desensibilizatsiya, autogen mashg’ulotlar. Yordamchi dori vositalarining maqsadi — qo’rquv, xavotir va depressiya belgilarini bartaraf qilishdir. Sedativ (jumladan, fitoterapevtik) va umumiy mustahkamlovchi vositalarni tayinlash tavsiya etiladi Sensor nutqida kamchiligi bor bolarlarni tarbiyalashda ota-onalar, logoped mutaxassislar, psixolog va pedagoglar, tibbiyot xodimlari birgalikda harakat qilishlari kerak. Bunday bolalar hayotida stress holatlariga yo`l qo`ymaslik lozim. E`tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |