213“G‘arbiy tarafida, ya’ni Samarqand va Xo‘jand tomonida tog‘ yo‘q”.
Ushbu
“Boburnoma”dan olingan sodda gapni sintaktik tahlil qiling(Sodda gap tahlili).
214“Boburnoma” qaysi joy tasviri bilan boshlanadi. Ushbu joy tasviri haqida batafsil ma’lumot
bering.
215“Movarounnahrda Samarqand va Kesh (Shahrisabz) qo‘rg‘onidan keyin bundan kattaroq
qo‘rg‘on yo‘q”.
Ushbu gapni morfologik tahlil qiling (Ot tahlili).
216“
Past bo‘yli, yumaloq soqolli, sarg‘ish yuzli norg‘il kishi edi. To‘nni rosa tor kiyardi.
Shunchalikki, belbog‘ bog‘laganda qornini ichiga tortib bog‘latar edi
”. Ushbu gapni sintaktik
tahlil qiling (So‘z birikmasi tahlili).
217Asqad Muxtorning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot bering.
218“
Bu-chi, bu bo‘lsa ayanchli bir qo‘rqoq, chirkin bir hasharotdek kavaklarda pisib yuribdi,
o‘zining la’nati, iflos vujudini, bir paqirga qimmat jonini o‘ylab do‘stlik, muhabbat, ona mehridek
ezgu narsalarni poymol qilib kelib, mana, go‘ristonda o‘tiribdi, tiriklar u yoqda tursin, yonidagi
qabrlarga ham bosh ko‘tarib tik qaragani haddi yo‘q
”. Ushbu “Chinor” romanidan olingan
matnni badiiy tahlil qiling.
219“Ho‘l taxtalar ustidan oldinma-keyin yugurib, toyib, qoqilib, bir joyga yetib borishsa, yo‘l
chetida devorlari betonlangan katta kameraning shifti o‘pirilib, yo‘g‘on relslardan yasalgan
temir balkalarning bir uchi muallaq osilib yotibdi”. Ushbu “Chinor” romanidan olingan
parchani morfologik tahlil qiling (Fe’l so‘z turkumi ).
J:
Ho‘l taxtalar ustidan oldinma-keyin yugurib, toyib, qoqilib, bir joyga yetib borishsa, yo‘l
chetida devorlari betonlangan katta kameraning shifti o‘pirilib, yo‘g‘on relslardan yasalgan
temir balkalarning bir uchi muallaq osilib yotibdi”. Ushbu “Chinor” romanidan olingan
parchani morfologik tahlil qiling (Fe’l so‘z turkumi ).Fe'llar;yugurib,toyib,qoqilib,yetib
borishsa,betonlangan,o'pirilib,yasalgan,osilib yotibdi.Qoqilib-mustaqil fe'l,o'timsiz fe'l,o'zlik
53
nisbat,bo'lishli,tuslanishsiz fe'l,ravishdosh shakli,sodda,tub,hol vazifasida kelgan(qolgan fe'llar
ham quyidagi tartibda tahlil qilinadi;
Fe’l turkumi tahlili tartibi
Matndan fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar aniqlab olinadi.
1. Ma’no guruhi aniqlanadi.
2. Bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi aniqlanadi.
3. O‘timli yoki o‘timsiz ekanligi aniqlanadi.
4. Nisbat turi aniqlanadi.
5. Zamoni aniqlanadi.
6. Shaxs-soni aniqlanadi.
7. Mayl (mayl ko‘rsatuvchi vositalar aniqlanadi).
8. Yetakchi, ko‘makchi fe’llar aniqlanadi.
9. Fe’lning vazifa shakllari aniqlanadi.
9. Tuzilish turi aniqlanadi.
10. Tub yoki yasama so‘zligi aniqlanadi.
11. Gapdagi sintaktik vazifasi aniqlanadi.
220“Shundan keyin Bektemir ajalga chap berdi hisob-u, lekin endi uning uchun darbadarlikning
yangi davri boshlangan edi
”. “Chinor” romanidan olingan ushbu parchani sintaktik tahlil qiling
(Qo‘shma gap tahlili).
J: Shundan keyin Bektemir ajalga chap berdi hisob-u, lekin endi uning uchun darbadarlikning
yangi davri boshlangan edi”. “Chinor” romanidan olingan ushbu parchani sintaktik tahlil qiling
(Qo‘shma gap tahlili).qo'shma gap tahlili quyidagicha amalga oshiriladi:Dark gap,ikki qismli,
zidlov munosabatli qo'shma gap,ikki qism o'rtasiga vergul qo'yilgan,chizmasi quyidagicha:🟦🟦
221Fonetik tahlil tartibi haqida ma’lumot bering.
J: 1. Tahlil qilinayotgan so‘z yoki gap adabiy til talaffuzini ko‘rsatuvchi fonetik transkripsiyada
yoziladi.
2.Unli tovushlar tasnif qilinadi.
a) tilning gorizantal (yotiq) harakatiga ko‘ra:
old qator unlilar: i, e, a
orqa qator unlilar: u, o‘, o
b) tilning vertikal ( tik) harakatiga ko‘ra:
yuqori tor unli: i, u
o‘rta keng unli: e, o‘
quyi keng unli: a, o
v) lablarning ishtirokiga ko‘ra:
lablangan unli:u, o ‘, o
lablanmagan unli: i, e, a
3. Undosh tovushlar tasnif qilinadi:
54
a) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
lab undoshi
lab – lab: b, p, m.
lab – tish: v, f
til undoshi
til oldi: d, t, z, s, j, ch, j, sh, g, k, n, l, r
til o‘rta: y
til orqa: g, k, ng
chuqur til orqa: q, g‘, x
bo‘g‘iz undoshi: h
b) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng
sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, g‘, x, j, sh, y, r, l
qorishiq undosh: ch
v) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
jarangli undoshlar: b, v, z, g‘, g, d, j (jo‘ja), j (jurnal), m, n, ng, l, r, y
jarangsiz undoshlar: p, f, s, x, k, t, ch,sh, q, h
4. Bo‘g‘in, bo‘g‘in tuzilishi, har bir bo‘g‘inning xususiyati (ochiq, yopiq, necha tovushdan iborat,
tovushlar qanday joylashgan).
5. Urg‘uning so‘zdagi o‘rni va xarakteri (ko‘chuvchi yoki ko‘chuvchi emasligi).
6. So‘zdagi fonema va harflarning soni: fonema va harflarning son jihatdan to‘g‘ri kelish
kelmasligi aytiladi.
Fonetik tahlil namunasi
222Leksik tahlil tartibi haqida ma’lumot bering.
J: 1.Matndagi lug‘aviy birliklar leksik birliklarga ajratib yoziladi.
2.So‘zning atash ma’nosi aniqlanadi.
3.So‘zning grammatik ma’nosi aniqlanadi.
4.So‘zning uslubiy bo‘yog‘i aniqlanadi.
5.So‘zning bir ma’noli va ko‘p ma’noli ekanligi aniqlanadi.
6. Ma’no ko‘chgan bo‘lsa, ma’no ko‘chish turlari aniqlanadi.
a) metafora
b) metonimiya
d) sinekdoxa
e) vazifadoshlik
f) kinoya
7. So‘zning omonimlik, sinonimlik, antonimlik, paronimlik xususiyatlari aniqlanadi.
8. So‘zlarning ishlatilish doirasi va davri nuqtayi nazaridan turlari aniqlanadi.
a) arxaizm;
b) istorizmlar
55
d) adabiy tilga mansub bo‘lgan so‘zlar
d) shevaga oid so‘zlar
e) atamalar
f) vulgarizmlar, varvarizmlar, argolar, jargonlar
j) neologizmlar
9. So‘zlarning o‘z va o‘zlashgan qatlamga aloqadorligi aniqlanadi. O‘zlashgan qatlamga oid
bo‘lsa qaysi tildan o‘zlashganligi aniqlanadi.
223Morfologik tahlil tartibi haqida ma’lumot bering.
J: MORFOLOGIK TAHLIL
Morfologik tahlil deyilganda, so‘zni turkumlarga ajratish, har bir turkumga xos grammatik
kategoriyalarni, so‘z shakllarini aniqlash ko‘zda tutiladi. So‘z turkumlarini tahlil qilish tartibini
anglash juda muhimdir. Har bir so‘z turkumiga aloqador belgilarni sanash tartibi tasodifiy
bo‘lmasligi kerak. Har bir turkumning xilma-xil belgilari ichida, ularning butun so‘zga, uning har
qanday shakliga ham taalluqli bo‘lgan doimiy belgilari hammadan avval ajratilishi zarur.
Masalan: ot turkumiga xos atoqli yoki turdosh, aniq yoki fikriy bo‘lish; k i m?, n i m a? so‘rog‘ini
olish faqat otgagina tegishli bo‘lib, bular uning doimiy belgisi hisoblanadi va ot turkumining
umumiy xususiyatini tashkil etadi.
Tanlab olingan biror aniq (gap, gaplar)dagi ma’lum bir so‘z turkumiga tegishli so‘zlar tahlil
qilinganda, matnda bir xil xususiyatli, bir xil tuzilishli so‘zlar birdan ortiq bo‘lsa, ulardan biri
olinib tahlil etiladi. Boshqalari haqida “bu so‘zlarning xususiyati ham yuqoridagi so‘z
xususiyatiga o‘xshaydi” deb aytib o‘tiladi, xolos. Bordi-yu, ulardan birida yuqorida tahlil etilgan
so‘zdan farq qiladigan biror xususiyat bo‘lsa, uni alohida olib, tavsiflanadi.
MUSTAQIL SO‘ZLAR TAHLILI
Ot turkumi tahlili tartibi
1. Matndagi ot so‘z turkumiga oid so‘zlar aniqlanadi.
2. Ma’nosiga ko‘ra turi aniqlanadi.
a) atoqli otlar:
b) turdosh otlari: shaxs oti, narsa oti, o‘rin –joy otlari, faoliyat -jarayon otlari
d) aniq, mavhum, yakka, jamlovchi ot ekanligi.
3. Kelishigi. Kelishikning ma’nosi.
4. Otlarning son. Ko‘plik qaysi usul bilan hosil qilingan.
5. Egalik qo‘shimchasini olgan-olmaganligi.
6. Tuzilishiga ko‘ra turi aniqlanadi.
7. Gapdagi sintaktik vazifasi.
224Sintaktik tahlil tartibi haqida ma’lumot bering.
J: SINTAKTIK TAHLIL
56
Sintaksisni o‘rganishda, grammatik qonun-qoidalarni izchil o‘zlashtirishda amaliy
xarakterdagi sintaktik tahlil beqiyos ahamiyatga molikdir. Aniq til faktlari misolida tilning
grammatik qurilishi va uning nazariy-amaliy asoslarini egallashda sintaktik tahlil, ayniqsa,
zarurdir. Sintaktik tahlil ma’ruzada o‘tilib, mushohada qilingan nazariy bo‘limlarni amaliy
o‘zlashtirish, yaxshiroq idrok qilish malakalarini hosil qiladi va uni mustahkamlaydi.
Tahlil o‘tkazishda sistemalilik va izchillikka rioya qilish lozim. Sintaksisning yirik temalari va
bo‘limlari o‘tib bo‘linib, amaliy mashg‘ulotlarda, ma’lum darajada, shu mavzu va bo‘limlarga oid
nazariy grammatik ma’lumotlar mustahkamlanib borib, zaruriy malaka va bilim tasavvur hosil
qilingach, tahlil o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, sintaksisning yirik mavzulari va qismlari bo‘yicha birdaniga to‘liq
tahlil o‘tkazish qiyin. Tahlilda tadrijiylik va sistemalilikka rioya qilish talab etiladi. Masalan, gap
bo‘laklari o‘tilgandan so‘ng bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar bo‘yicha grammatik tahlil
o‘tkazish mumkin, ammo bundan tahlil to‘liq xarakterga ega bo‘lmaydi. Gap bo‘laklariga
bevosita aloqador bo‘lgan masalalar, jumladan, gap bo‘laklarining uyushishi, ajratilishi, tartibi,
sintaktik vazifa bajarmaydigan elementlar ham grammatikada muhim ahamiyatga egadir. Ana shu
masalalar o‘rganilgach, gap bo‘laklari bo‘yicha grammatik tahlil o‘tkazilishi mumkin. Bunday
tahlil to‘liq va atroflicha bo‘lib sanaladi.
O‘zbek tili sintaksisida quyidagi mavzular bo‘yicha tahlil o‘tkazish tavsiya etiladi;
1. So‘z birikmasi bo‘yicha.
2. Sodda gap bo‘yicha.
3. Bir bosh bo‘lakli sodda gap bo‘yicha.
4. Gap bo‘laklari bo‘yicha.
5. Qo‘shma gap bo‘yicha:
a) bog‘langan qo‘shma gap bo‘yicha;
b) bog‘lovchisiz qo‘shma gap bo‘yicha;
v) ergash gapli qo‘shma gap bo‘yicha;
g) murakkab gap bo‘yicha.
6. O‘zga gapli qo‘shma gap bo‘yicha.
Tahlil dastlab dars jarayonida auditoriyada o‘tkazilib, talabalarda ma’lum malakalar hosil
qilinadi. Tahlil o‘tkazish metodikasi, usulllari haqida talabalarda zaruriy tushunchalar va amaliy
ko‘nikmalar hosil qilingach, uy vazifasi va auditoriyadan tashqarida mustaqil mashg‘ulotlarda
tahlilga katta e’tibor berish yaxshi samara beradi. Chunki tahlil talabalarning bilish qobiliyatlarini
faollashtirishga, tafakkur doirasi va nutqini o‘stirishga yordam beradi, ijodiy faolligini
kuchaytiradi. Tahlil talabalarni mustaqil ishlashga, til faktlari haqida o‘ylashga va chuqurroq
mushohada qilishga, fikr yuritishga, muhokama qilishga, qiyoslash orqali til faktlarining o‘xshash
va noo‘xshash tomonlarini ajrata bilishga, xulosalar chiqara olishga da’vat etadi. Til faktlarini
kuzatish va tahlil qilish grammatikani amaliy jihatdangina emas, nazariy jihatdan ham yanada
chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
57
So‘z birikmasi tahlili tartibi
1. Berilgan gapdagi so‘z birikmalarini aniqlab, yozib chiqish.
2. Har bir so‘z birikmasini alohida – alohida tahlil qilish.
3. Hokim so‘z bilan tobe so‘zni aniqlash.
4. Hokim so‘z bilan tobe so‘zning birikish turini ko‘rsatish:
moslashuvli birikish.
boshqaruvli birikish
bitishuvli birikish
2. Hokim so‘z va tobe so‘zni bog‘lovchi grammatik vositalar.
Hokim so‘zning qaysi so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra birikma tiplari: otli birikma (ot termini
keng ma’noda), fe’lli birikma (fe’l va vazifadosh shakl)
6. Tobe so‘zning qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kelishiga ko‘ra turlari aniqlanadi.
a) aniqlovchi birikma
b) to‘ldiruvchili birikma
d) holli birikma
225Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasidagi toponimlar hamda antroponimlar, gidronimlar
va fitonimlar haqida yozma ma’lumot bering.
J: Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasidagi toponimlar hamda antroponimlar, gidronimlar
va fitonimlar haqida yozma ma’lumot bering.Antroponimlar:Mo'min chol,O'rozqul
,Bekey,Seydahmad;Gidronimlar:Issiqko'l(Enasoy)
226“Mahbub ul-qulub” asarining beshinchi fasli, ya’ni “Vazirlar zikri” haqida ma’lumot bering.
J: Mahbub ul-qulub” asarining beshinchi fasli, ya’ni “Vazirlar zikri” haqida ma’lumot
bering.VUZARO ZIKRIDA
Vazir vizrdin mushtaqdur va bu fe’l aning zotig‘a ahaq va
alyaqdur. Bu ishni pisandida qilg‘on Osaf8
ermishkim, nigini
naqshi «qad rahimallohu man an safa»9
ermish. Hamonoki,
Osaf bordi, insofin olib bordi va insof gavharin bu noinsoflar
orasidin chiqordi. Kishi agarchi o‘zin yeldek har yon solg‘ay,
Osafni bu xokdonda qayda topa olg‘ay. Dahr elida birovki
osafnihoddur, bilgaykim, Sulaymon taxti barboddur.
Bu zolimlar – mulkni barbod berguvchilardur va mulk
ahli yig‘ishturg‘onlarin bitirguvchilardur. Avlo ulkim, bular
zikrida kishi xoma surmagay va bu xomadek qaro yuzluklar
otin qalam tiliga kelturmagay. Zahr berib bemor o‘lturguvchi
tabib, bularning holig‘a mushobehdur va qarib .Bu ikki xayldin har biri bir af’i, shohg‘a vojibdur
bularning daf’i. Bular, jumlasi chiyonlar, xaloyiqqa yetkurur
ziyonlar. Kilklari no‘gi aqrab nishi, raiyat jonig‘a ul nish
tashvishi. Necha bu nish mazlumlarg‘a sanchilg‘ay, umid
58
ulki, boshlari ajal toshi bila yanchilg‘ay.
M a s n a v i y:
Bulardin gar a’lo gar adno durur
Kim, andin xaloyiqqa izo durur.
Shah o‘lturmak avlodur ul elni bot
Ki, debdur nabiy «uqtulul-mu’ziyot»
227Asqad Muxtorga katta shuhrat keltirgan “Chinor” romanining o‘ziga xos jihatlari haqida
ma’lumot bering.
J: Asqad Muxtor romanlari ichida, ayniqsa, “Chinor” asari
muallifga katta shuhrat keltirgan. Bu asar o‘ziga qadar yaratil-
gan o‘zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi.
Avvalo, romanning kompozitsion tuzilishi – asar voqea-
hodisa larining o‘zaro shaklan joylashuvi boshqa asarlardan kes-
kin farq qiladi. Unda go‘yo bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator
hikoyalar, rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi.
Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi
nazaridan izchil tizimga bo‘ysunmaydi. Masalan, roman yaratil-
gan davr (o‘tgan asrning 60-yillari) hodisalari hikoya qilib bo-
rilib, birdaniga asrning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga
o‘rin beriladi.
Aytishimiz kerakki, bu “g‘alatilik” faqat tashqi tomondan –
yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan
barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi
obraz – 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi.
Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin
qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo‘shilishib
muallif (demak, o‘quvchi ham!) olis safarga chiqadi. Mana shu
o‘ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi
ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi
goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz.
Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog‘lanib,
yagona shajarani – azim Chinorni vujudga keltiradi.
Bu romandan o‘rin olgan hikoya va qissalar, ko‘p asarlarda
bo‘lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik
ustidan qozonadigan g‘alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o‘nlab
insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo‘roni ularni
xuddi cho‘ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi.
Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni “to‘g‘ri
yo‘lga solib yuborish”dan o‘zini tiyadi. Ortiqcha hayajon,
chuchmal emotsionallik Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot
59
ekani “Chinor” romanida yaqqol o‘zini ko‘rsatgandi. Bu jihat-
dan, yozuvchi yosh ligidan o‘qib-o‘rgangani rus va g‘arb ada-
biyoti tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil
qo‘llashdan cho‘chimaganiga guvoh bo‘lamiz. Hozirgi paytda
o‘zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinayotgan “shafqatsiz
realizm” ko‘rinishlarini Asqad Muxtor o‘tgan asrning 60-yillari-
dayoq romanchiligimizga olib kirgani ham uning ijodiy tashab-
buskorligi (novatorligi)dan yana bir nishonadir...
Endi, Ochil bobo – Chinor shajarasida unib qolgan ana
shunday “mo‘rt bir barg” – Akbarali ismli konchi yigit taqdiri-
dan hikoya qiluvchi mungli qissani birgalikda o‘qiylik-da, keyin
suhbatimizni davom ettiraylik.
228“Akbaralining yana orqasiga qayrilib qaragani yuragi dov bermadi”. “Chinor” romanidan
olingan ushbu parchani fonetik tahlil qiling.
J: Akbaralining yana orqasiga qayrilib qaragani yuragi dov bermadi”. “Chinor” romanidan
olingan ushbu parchani fonetik tahlil qiling.Matnda 25 ta unli,31 ta undosh bor.
i- tilning gorizantal harakatiga kora old qator unli, tilning vertikal harakatiga kora yuqori tor unli,
lablarning ishtirokiga kora lablanmagan unli.
Uni talaffuz etishda tilning uchi neytral holatda boladi, ogizning ochilish darajasi tor. Eshitilishi
qisqa va lab undoshlaridan oldin kelganida deyarli talaffuz qilinmaydi. U ozbek adabiy tilida,
asosan, qisqa talaffuz etiladi. Xususan, k - r, t - r, p - t kabi undoshlar orasida yoq eshitiladi. Shu
bilan birga bazi chetdan ozlashgan sozlarda eshitiladigan choziq varianti ham bor: mu- di:r, ti:r
kabi, i ham a singari, asosan, yumshoq talaffuz etiladi. Ammo q, g, x, undoshlaridan song
kelganda qattiq eshitiladi. Qiyos qiling: kir — qir, ketkiz — turgiz, kira — xira.
o - tilning gorizantal harakatiga kora orqa qator unli, tilning vertikal harakatiga kora quyi keng
unli, lablarning ishtirokiga kora lablangan unli. Uni talaffuz etganda ogiz ortadan bir oz kengroq
ochiladi, til orqaga tortiladi, lab bilinar-bilinmas oldinga intiladi.
a - tilning gorizantal harakatiga kora old qator unli, tilning vertikal harakatiga kora quyi keng
unli, lablarning ishtirokiga kora lablanmagan unli.
Bu tovush ozbek adabiy tilida ikki xil talaffuz etiladi: til oldi va sayoz til orqa undoshlari bilan
yondosh kelganda oldingi qator unli sifatida, chuqur til orqa undoshlardan song orqa qator unli
sifatida korinadi. Masalan: aka, arang va xas, qarga. Bu orinda k, r undoshlari orasida yumshoq
(oldingi qator) talaffuz etilayapti. a —unlisi sozning har qanday boginida kela oladi.
e — tilning gorizantal harakatiga kora old qator unli, tilning vertikal harakatiga kora orta keng
unli, lablarning ishtirokiga kora lablanmagan unli.
Bu unli sozning birinchi boginidan keyingi boginlarida kela olmaydi.
u — tilning gorizantal harakatiga kora orqa qator unli, tilning vertikal harakatiga yuqori tor unli,
lablarning ishtirokiga kora lablangan unli.
60
Bu unlini talaffuz etganda lablar oldinga choziladi va chochchayadi, til biroz orqaga tortiladi.
Ortacha choziqlikda eshitiladi, ozidan keyingi soz bilan juda yaqin aytiladi, yani ikki soz bir
sozdek eshitiladi. Bu tovushning qisqaroq aytilishiga sabab bolgan.
o — tilning gorizantal harakatiga kora orqa qator unli, tilning vertikal harakatiga kora orta keng
unli, lablarning ishtirokiga kora lablangan unli.
229“
Do'stlaringiz bilan baham: |