Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet211/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

O‘simlikning nomi.
Erkak paporotnik (qirqquloq) — Dryop-
teris filix mas (L.) Schott. (Aspidium filix mas Sw.), qirqquloq-
doshlar — Aspidiaceae (Polypodiaceae) oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, yuqori sporali o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi qisqa,
yo‘g‘on, qoramtir-qo‘ng‘ir tangacha barglar bilan qoplangan,
mayda ildizli, yuqoriga tomon ko‘tariluvchi, yer ostida qiyshiq
yoki gorizontal joylashgan. Yerustki poyasi bo‘lmaydi. Bargi
qo‘shpatsimon ajralgan. Bargining umumiy ko‘rinishi cho‘ziq
elliðssimon, o‘tkir uchli, uzunligi 1 m va undan oshiq. Barg-
bandi plastinkaga nisbatan qisqa bo‘lib, sarg‘ish-qo‘ng‘ir tan-
gacha bargchalar bilan qoplangan. Birinchi tartibdagi barg bo‘-
laklari (segmentlari) lansetsimon yoki ingichka lansetsimon,
o‘tkir uchli, qisqa bandi bilan bargning umumiy bandiga ket-
maket joylashgan. Ikkinchi tartibdagi barg bo‘laklari (seg-
mentlari) yumaloq tuxumsimon yoki uzunchoq tuxumsimon
shaklli, to‘mtoq tishsimon qirrali bo‘ladi. Barglar kuzda xazon
bo‘lib tushib ketadi, bargbandining yo‘g‘onlashgan asos qismi
esa ildizpoya ustida saqlanib qoladi. Shuning uchun ildizpoyasi
tobora yo‘g‘onlashib boradi. Yangi barglar tuproq ostida ye-
tishadi. Ular tangacha va jigarrang pardalar bilan qoplangan
bo‘lib, 3-yildan so‘ng yer ustiga chiqadi. Barglari poyaga o‘x-
shash uchi bilan o‘sadi. Yoz oxirida ikkinchi tartibdagi barg
bo‘laklarining orqa (pastki) tomonida o‘rtadagi tomirlari bo‘y-


238
lab ikki qator joylashgan yumaloq bo‘rtmalar (soruslar) paydo
bo‘ladi. Soruslar buyraksimon parda bilan qoplangan, uning
ichida uzun bandli tuxumsimon bir qancha sporangiyalar o‘r-
nashgan. Sporangiyalar ichida esa qo‘ng‘irrangli sporalar ye-
tishadi. Sporangiya yorilgach, yetilgan sporalar shamolda uchib
ketadi. Nam yerga tushgan spora unib, diametri 0,5—1 sm
bo‘lgan yuraksimon yashil o‘simta — plastinkaga aylanadi. Bu
plastinka erkak paporotnikning jinsli nasli (gametofit) hisob-
lanadi. O‘simtada otalik jinsiy organi — anteridiya va onalik jinsiy
organi — arxegoniya taraqqiy etadi. Arxegoniyaning tuxum
hujayralari urchigandan so‘ng undan sporalar yetishtiruvchi
jinssiz nasli — sporofit, ya’ni erkak paporotnik hosil bo‘ladi.
Erkak paporotnik bilan bir qatorda, tashqi ko‘rinishi, ay-
niqsa, barglarining to‘p bo‘lib chiqishi jihatidan erkak paporot-
nikka juda o‘xshash bo‘lgan Avstriya paporotnigi (Dryopteris
austriaca (Jacq.) Woy), qattiq qilli paporotnik (Dryopteris spi-
nulosa (Mull.) O.Kuntze) va urg‘ochi paporotnik (Athyrium
filix-femina (L.) Roth.) lar ham uchraydi. Bu o‘simliklar erkak
paporotnikdan quyidagi belgilari bilan farq qiladi.
Avstriya paporotnigi bargining umumiy ko‘rinishi uchbur-
chak shaklida bo‘lib, barglari uch marta patsimon qirqilgan.
Qattiq qilli paporotnikning bo‘yi pastroq, bargining umu-
miy shakli uchburchaksimon, ikkinchi tartibdagi barg bo‘laklari
patsimon ajralgan, qirrasining chetidagi tishchalari yumshoq,
tikanga o‘xshab cho‘zilgan, soruslar esa barg o‘rtasidagi marka-
ziy tomirdan uzoqroq joylashgan.
Urg‘ochi paporotnikning barglari ancha nozik, barg plastin-
kasi ikki-uch marta patsimon qirqilgan, barg bo‘laklari mayda,
soruslari esa cho‘ziqroq bo‘ladi. Bu o‘simliklardan ikkitasi:
Avstriya va qattiq qilli paporotniklarning ildizpoyasi gijjaga qarshi
kuchli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Ularni tibbiyotda erkak
paporotnik bilan bir qatorda ishlatish tavsiya etilgan.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish