115
Anaprilin aritmiyaga qarshi ancha samarali dori hisoblanadi va
paroksizmal taxikardiyada, hilpillovchi aritmiyada ko‘p
ishlatiladi. Undan tashqari, anaprilin stenokardiyada, miokard
infarktida va glaukoma xastaligida ham beriladi.
Visken (pindolol). Koronar qon tomirlarini kengaytiradi-
gan, aritmiyaga qarshi, giðotenziv ta’sir ko‘rsatadigan
1
- va
2
- adrenoblokator. U ta’sirlari bo‘yicha anaprilindan kuchsiz-
roqdir. Ichki simpatomimetik ta’sirga ega.
Òrazikor (oksiðrenalol) ning anaprilindan farqi, miokard-
ning qisqarish kuchini kamroq susaytiradi. Lekin aritmiyaga
qarshi bo‘lgan ta’siri ancha samaralidir. Shu sababli
preparat
ko‘proq taxiaritmiyaning deyarli hamma turlarida ishlatiladi.
Ayrim hollarda stenokardiyada ham buyuriladi;
1
va
2
-
adrenoretseptorlarni bloklaydi. Ichki simpatomimetik ta’sir
ko‘rsatadi.
Atenolol tanlab
1
-adrenoretseptorlarni bloklaydi. Ichki
simpatomimetik ta’siri yo‘q. Giðotenziv, taxiaritmiyaga qarshi
ta’sir ko‘rsatadi. Stenokardiyada ham beriladi.
Simpatolitiklar
Bu guruhga kiruvchi preparatlar adrenoblokatorlardan far-
makologik ta’sir etish mexanizmi bo‘yicha farq qiladi. Sim-
patolitiklar bevosita adrenoretseptorlarga ta’sir ko‘rsatmay,
simpatik nerv tolalari oxiridagi mediatorlar
deposiga kor qilib,
ayrim preparatlari noradrenalinning sintezini to‘xtatadi,
boshqalari esa (oktadin, ornid, rezerpin) mediatorning depo-
dan chiqishini tezlashtiradi, uning qayta so‘rilishini
esa kamay-
tiradi (14-rasm).
Erkin holda qolgan noradrenalin MAO fermenti yordamida
parchalanadi. Natijada depoda mediator kamayib ketadi va
14-rasm. Adreno- va simpatolitiklarning ta’sir etish joyi:
1—simpatik nervning preganglionar tolasi;
2—simpatik nervning
gangliysi;
3—simpatik nervning postganglionar tolasi;
4—simpatolitiklar;
5—adrenolitiklarning ta’sir etish joyi;
6—silliq mushak.
1
2
3
4
5
5
6
116
impulsning o‘tishi to‘xtaydi. Demak, simpatolitiklar farmako-
logik ta’siri va samarasi bo‘yicha adrenoblokatorlarga o‘xshasa
ham ulardan ta’sir etish mexanizmiga ko‘ra farqlanadi.
Simpatolitiklar ham adrenoblokatorlar singari ko‘pchilik
qon tomirlari tonusini pasaytiradi, ularni kengaytiradi va qon
bosimini tushiradi. Bu samara qon bosimi ko‘tarilganida ko‘proq
namoyon bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ayrim
hollarda
simpatolitiklar ta’sirida qon bosimi pasayishidan oldin qisman
ko‘tariladi va keyinchalik pasayib boradi. Bunday holat preparat-
lar ta’sirida depodan noradrenalinning ajralishi va adrenoretsep-
torlarning qisman qo‘zg‘alishi natijasida kelib chiqadi.
Simpatolitiklarning giðotenziv ta’siri
asosiy hisoblanib,
tibbiyot amaliyotida giðertoniyani davolashda ishlatiladi. Bu
guruhga rezerpin, oktadin, ornid preparatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: