Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Fentolamin. Venaga yuborilganida qon bosimini qisman
tushiradi. Preparatning bunday samarasi, ayniqsa, adrenalin
ta’sirida qon tomirlarining torayishi hisobiga yuzaga kelgan
giðertoniyada yaxshi bilinadi. Preparat ko‘pincha periferik
a’zolarda qon aylanishi buzilganda (endarteriit, Reyno kasalligi)
tavsiya etiladi. Fentolamin buyrakusti bezining miya qismi
shishlarida keng ishlatiladi.
Pirroksan gematoensefalik to‘siqdan yaxshi o‘tgani uchun
markaziy nerv tizimiga -adrenoblokatorlik ta’sir ko‘rsatib,
tinchlantiradi. Shu sababli preparat simpatik nervning tonusi
oshishi bilan bog‘liq hollarda (diensefal kriz, giðertonik kriz)
va ayrim ruhiy kasalliklarda tavsiya etiladi. -adrenoblo-
katorlarning qolgan boshqa preparatlari fentolaminga yaqin.
Umuman olganda, -adrenolitiklar tibbiyot amaliyotida uncha
ko‘p ishlatilmaydi. Chunki ular giðertoniyada uncha kor
qilmaydi.
-adrenoblokatorlar deb, 
1
 va 
2
-adrenoretseptorlarni
to‘sib, simpatik nervdan a’zoga impuls o‘tishini to‘xtatib qo‘ya-
digan preparatlarga aytiladi. Bu preparatlar (anaprilin, visken)
-adrenoretseptorlarga ega a’zolar (yurak, bronxlar, ayrim qon
tomirlari, me’da-ichak va boshqalar) faoliyatini o‘zgartiradi.
Ayniqsa, ularning yurak faoliyatiga bo‘lgan ta’siri ahamiyatga
egadir. Chunki -adrenoblokatorlarning tibbiyotda keng
ishlatilishi shu ta’siri bilan bog‘liq. Ularning ta’sirida yurakning
qisqarish tezligi kamayadi. Bu esa sinus tugunchasidagi 
1
-
adrenoretseptorlarning to‘silishi natijasida simpatik nervning va
adrenalinning ta’siri bartaraf etilishi bilan tushuntiriladi. 
1
-
adrenoblokatorlarning bunday ta’siri, ayniqsa, kuchli taxikar-
diya (paraksizmal taxikardiya)da yaxshi seziladi. -adreno-
blokatorlar miokardning qisqarish kuchini va yurak ishini
susaytiradi. Boshqacha qilib aytganda, ular adrenalinning
antagonisti bo‘lgani uchun yurakning sistolik va daqiqalik
hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, 
1
-adrenoblokatorlar
koronar qon tomirlarini uncha kengaytirmasa ham stenokar-
diyada kor qiladi. -adrenoblokatorlarning yurakka bo‘lgan yana
bir ijobiy farmakologik ta’siri yurak qo‘zg‘alishini va avtoma-
tizmini susaytirishidir. Ushbu xususiyatiga ko‘ra ular aritmiyaga
qarshi vosita sifatida ancha samarali qo‘llaniladi.
Demak,  
1
-adrenoblokatorlar amaliy ko‘lami jihatidan -
adrenoblokatorlarga nisbatan ancha ahamiyatliroq.


114
-adrenoblokatorlarning noxush ta’sirlaridan biri shuki,
ular bronxlarning torayib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Chunki bronxlar 
2
-devori silliq mushaklaridagi 
2
-adre-
noretseptorlar ham bloklanadi va ularning mushaklari tonusi
oshishiga olib keladi. Shu sababdan preparatlar bronxial astmada
berilmaydi.
Shuni hisobga olgan holda, keyingi paytlarda yurakning 
1
-
adrenoretseptorlari tanlab to‘sadigan, bronxlarning 
2
-adre-
noretseptorlariga esa ta’sir etmaydigan preparatlar olindi. Ularni
selektiv  
1
-adrenoblokatorlar yoki 
1
-kardioblokatorlar  deyiladi.
Bularga misol qilib konkor, kordanum, atenolol (betakard)
va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu preparatlar terapevtik
dozada  
1
-adrenoretseptorlarni bloklab, yurak urishini sekin-
lashtiradi, miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi,
qon bosimini tushiradi. Lekin kattaroq dozalarda 
2
-adreno-
retseptorlarni ham bloklab, bronxlarni toraytirib qo‘yishi
mumkin. Keyingi vaqtlarda bunday salbiy xususiyati bo‘lmagan
dori preparati ham olindi. Bu nebilet dori vositasidir. U
superselektiv  
1
-adrenoblokator deb yuritiladi va giðotenziv,
antianginal va aritmiyaga qarshi preparat sifatida ancha samarali
hisoblanadi.

1
 va 
2
-adrenoblokatorlarni yurak blokadasi, bradiaritmiya,
bronxial astma, allergiya holatlarida tavsiya etilmaydi. Bulardan
atenolol, visken, timolol va boshqalar Respublikamiz davlat
reyestriga kiritilgan.
Ba’zi  -adrenoblokatorlar ichki simpatomimetik ta’sirga
ham ega (trazikor, visken) bo‘lib, ko‘pincha bradikardiya bilan
kechadigan yurak aritmiyasida (ekstrasistoliya va b.) beriladi.
Chunki bu preparatlar yurak urishini sekinlashtirmay, ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari - va -adrenoretseptorlarni bloklaydigan
„gibrid“ preparatlar ham olingan (labetalol, proksodolol). Ular,
asosan, giðotenziv dori vositalari hisoblanadi va giðertoniya
kasalligida yuqori samara beradi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish