Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Efedrin gidroxlorid  (Ephedra distaehya) — oddiy qizilchada
(Kuzmichev o‘ti) uchraydigan, alkaloid saqlovchi preparat.
Efedrinning kimyoviy tuzilishi va farmakologik ta’siri
adrenalinnikiga yaqin bo‘lsa ham ayrim xususiyatlari bo‘yicha
undan farq qiladi. Chunonchi, efedrinning adrenomimetik
ta’siri kuchsizroq, lekin davom etishi uzoqroq (10 barobar),
chunki efedrin MAO fermenti ta’sirida parchalanmaydi va
o‘zgarmagan holda 8—12 soat davomida buyrak orqali chiqib
ketadi. Efedrin adrenalinga qarshi o‘laroq, og‘iz orqali
yuborilganida, ancha chidamli bo‘lgani uchun o‘z ta’sirini
saqlaydi. Shuning uchun ham bu preparat tabletka va kukun
holida berilishi mumkin. Bundan tashqari, efedrin ta’sir me-
xanizmi bo‘yicha adrenalindan farq qiladi. Uning kor qilishi
bevosita adrenoretseptorga qaratilgan bo‘lmay, balki mediator
deposiga qaratilgan degan fikr mavjud. Preparat ta’sirida
depodagi adrenalinning sinaptik bo‘shliqqa chiqishi tezlashadi.
Uni qaytadan depoga o‘tishi esa kamayadi. Shuning uchun ham
efedrin ko‘pincha simpatomimetik ta’sirga ega dori preparati deb
ham ta’riflanadi. Efedrinning adrenalindan yana bir farqi shuki,
u markaziy nerv tizimini sezilarli darajada qo‘zg‘atadi. Bunday
psixostimulatorlik ta’siri fenaminnikiga nisbatan ancha kuchsiz,
lekin kofein ta’siri bilan tenglashadi. Shuning uchun ham
efedrin ruhiy, ijodiy va jismoniy qobiliyatni qisman oshiradi,
idrok, aql-zakovat va zehnni yaxshilaydi, bardamlikni qisman
ko‘taradi. Shu sababli efedrin „doping“lar (sport musoba-
qalarida foydalanishi taqiqlangan preparatlar) ro‘yxatiga kiritil-
gan. Efedrinning qolgan farmakologik ta’sirlari (yurak faoliyatiga,
qon tomirlariga, qon bosimiga, bronxlarga, me’da-ichak, ko‘z
qorachig‘i, uglevodlar almashinuviga) adrenalinnikiga o‘x-
shaydi, lekin samarasi kuchsizroq. Shuni aytib o‘tish kerakki,
efedrin ko‘ndalang-targ‘il mushaklar qisqarishiga samarali,
ijobiy ta’sir qilgani uchun, yarimfalajlikda, miasteniyada davo
sifatida foydalaniladi. Bu preparat bot-bot yuborilganida uning
ta’siri zaiflashib boradi. Buni taxifilaksiya holati deyiladi.


110
Shuning uchun ham efedrin bilan davo qilganda uni boshqa
preparatlar bilan almashtirib turish, zaruriyat bo‘lsa, preparat
dozasini qisman oshirish tavsiya etiladi.
Efedrin tibbiyot amaliyotida adrenalin o‘rnida ishlatiladi. U
bir qadar chidamli, ta’siri uzoqroq bo‘lgani uchun ancha
samarali dori hisoblanadi. U har xil hollarda — qon bosimining
tushib ketishi, kollapsning oldini olish uchun, giðotoniyada
beriladi. Mahalliy tarzda u qon to‘xtatuvchi (burun qonashida
va boshqalar) modda sifatida, shuningdek, yallig‘lanishga qarshi
(rinit—burun shilliq pardasining yallig‘lanishi) ishlatiladi.
Bronxial astma kasalligiga chalingan bemorlarga efedrinning davo
qilish samarasi sezilarli bo‘lgani uchun u ko‘p ishlatiladi.
Bunda ko‘pincha bronxlarni kengaytiradigan boshqa preparatlar
(atropin bilan birga—efatin) bilan birga qo‘llaniladi. Shuning-
dek, allergik kasalliklarda („eshakyemi“, „pichan isitmasi“)
ham tavsiya etiladi. Miasteniya, yarimfalajlikda, narkotik
moddalar bilan zaharlanishda ham buyuriladi.
Efedrin preparati ishlatilganida nojo‘ya holatlarni keltirib
chiqarishi mumkin: uyqusizlik, siydik tutilib qolishi, ishtaha-
ning pasayishi, asabiy qo‘zg‘alish, yurak o‘ynashi, bosh og‘ri-
g‘i va boshqalar shular jumlasidandir.
Efedrin tavsiya etilmaydigan holatlar adrenalinnikiga
o‘xshash (giðertoniya, ateroskleroz va boshqalar).

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish