12- rasm. Adrenalinning
(1:100000) ajratib olingan
baqa yuragiga ta’siri:
1 — dastlabki holat;
2—adrenalinning ta’siri
.
107
nafas yo‘llari—bronxlar va bronxiolalarni adrenalin ken-
gaytiradi. Sababi, ularning silliq mushaklarida
2
-adre-
noretseptor mavjud. Preparatning bronxlarni kengaytiruv-
chi (bronxodilatator) ta’siri ko‘proq, ular torayib qolgan
vaqtida yaxshi bilinadi. Adrenalinning bu ta’siri uzoq davom
etmaydi;
me’da-ichakning silliq mushaklarida
2
-adrenoretseptori
bo‘lgani uchun adrenalin ta’sirida ular qo‘zg‘aladi va natijada
mushaklar bo‘shashadi, peristaltika susayadi;
adrenalinning moddalar almashinuviga nisbatan ta’sirida
jigardagi glikogenning miqdori kamayadi (glikogenoliz ro‘y
beradi), qonda esa qandning miqdori ortadi (giðerglikemiya).
Boshqacha aytganda, adrenalin ushbu ta’siri bo‘yicha insulinga
antagonist hisoblanadi.
Demak, adrenalinning tanaga ta’siri bir xil bo‘lmasdan,
uning ta’siriga uchragan adrenoretseptorlarning turiga bog‘liq
ekan. Adrenalinning bunday farmakologik xossalari tibbiyot
amaliyotida ko‘p qo‘llanadi. Masalan, yurak faoliyatining
susayishi asosan, yurakning birdan to‘xtab qolishida (reflektor
va boshqa yo‘l bilan) uning faoliyatini tiklash maqsadida
adrenalin gidroxlorid to‘rg‘idan to‘g‘ri yurak bo‘shlig‘iga yubo-
riladi. Bundan tashqari, preparat qon bosimi keskin tushib
ketganida (shok holatida) venaga yoki arteriyaga yuboriladi.
Bronxial astmaning o‘tkir xurujida, insulin bilan zaharlanishda
(giðoglikemiya) ham tavsiya etiladi. Jarrohlik amaliyotida
ko‘pincha tashqi va ichki a’zolardan qon ketishida ham mahalliy
og‘riq qoldiruvchi (novokain, trimekain) preparatlari bilan
birga qo‘shib (ularning ta’sirini uzaytirish uchun), oftal-
mologiyada ayrim ko‘z kasalliklarini davolash maqsadida ham
tavsiya etiladi.
Adrenalin yurak kasalliklarida (miokard infarkti, yurak
porogi, miokardit, distrofiya va boshqalar), miya va yurak-qon
tomirlari sklerozida, homiladorlikda, arterial giðertenziyada,
giðertireozda (qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi) va
qandli diabetda tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, uning
tarkibida xlor saqlagan narkoz moddalari (ftorotan, siklo-
propan) bo‘lganda qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki miokardning
katexolaminlarga bo‘lgan sezuvchanligi o‘ta oshgan bo‘ladi. Shu
sababli adrenalin ta’sirida yurak faoliyati buzilib, aritmiya
kuzatilishi mumkin.
108
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |