Qoramig‘ (Shoxkuya). Asosan, javdar bug‘doy boshoqlarida
parazitlik qiluvchi zamburug‘ sklerosiylaridan iborat. Uning
asosiy alkaloidlari (ergotamin, ergotoksin, ergometrin) va
ularning birikmalari bachadon miometriysini tanlab qisqartiradi.
Ularning bunday ta’siri tug‘magan ayol bachadoniga sust,
tug‘gan ayol bachadoniga o‘rtacha, homilador ayol bachadoniga
esa kuchli bo‘ladi. Alkaloidlarning preparatlari, asosan, tug‘u-
ruqdan keyingi qon ketishida, bachadonning involutsiyasini
(qaytadan o‘z shakliga kelishi) tezlashtirish maqsadida
ishlatiladi.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |