Farmakologiya


DORI VOSITALARINING O‘ZARO TA’SIRI, NOJO‘YA



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

DORI VOSITALARINING O‘ZARO TA’SIRI, NOJO‘YA
TA’SIRLARI. DORI VOSITALARINING QO‘SHIB
ISHLATILISHI
Ma’lumki, bemorlarga davo ko‘rsatishda ko‘pincha bir
vaqtda bir necha dori preparatlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Bundan maqsad, kasallikning kelib chiqishi, kechishi, belgi-
lari, asoratlariga qaratilgan turli ta’sir mexanizmiga ega bo‘lgan
preparatlar yordamida bemorni kompleks ravishda davolashdir.
Bundan tashqari, bemorga ham zarur dorilar qo‘shib berili-
shiga to‘g‘ri keladi. Umuman dorilarni qo‘shib ishlatishda, ular
kichik dozada beriladi, lekin zarur davo samarasi o‘zgarmaydi
yoki kuchliroq namoyon bo‘ladi. Qo‘llanayotgan dorilarning
nojo‘ya ta’siri esa deyarli kuzatilmaydi. Qo‘shib berilayotgan
dorilar farmakologik ta’siri bir yo‘nalishda va bir xil bo‘lsa
ularning samarasi oshadi. Buni dorilar sinergizmi  deyiladi. Agar
ishlatilayotgan ikki preparat samarasining yig‘indisi kuzatilsa
(summatsiya), oddiy sinergizm deb yuritiladi, agar ikkita
preparatni qo‘shib ishlatganda olingan samara dorilar samara-
sining yig‘indisidan kuchliroq yangi farmakologik effekt bersa,
bunga dorilarning potensiallanishi deyiladi. Sinergizmga misol
qilib, narkoz, og‘riq qoldiruvchi (narkotik) va neyroleptik
(aminazin, droperidol va b.) preparatlarning anesteziologiyada
keng ishlatilishini keltirish mumkin.
Shu bilan birga ikkita dorini qo‘shib berish natijasida
ularning ta’siri butunlay bo‘lmasligi mumkin. Bu holat


56
dorilarning  antagonizmi deyilib, uning quyidagi turlari ma’lum:
farmatsevtik, (kimyoviy), farmakokinetik va farmakologik
antagonizm. Farmatsevtik antagonizm ko‘pincha bir necha
moddalardan tashkil topgan suyuq dori shakllarini tayyorlashda,
ular kimyoviy reaksiyalarga kirishishi (ishqoriy va kislotalik
xususiyati va b.) natijasida neytral moddalar, cho‘kmalar hosil
bo‘ladi va farmakologik ta’siri yo‘qolishida namoyon bo‘ladi.
Farmakokinetik antagonizmga misol qilib, jigarda dorilar
metabolizmini ta’minlaydigan mikrosomal fermentlar faoliya-
tini oshiradigan (induktorlar — fenobarbital, benzonal)
dorilarni boshqa bir preparat bilan qo‘shib berilsa, natijada bu
qo‘shimcha dorining metabolizm kuchayishi natijasida effekti
susayishi yoki bo‘lmasligini keltirish mumkin.
Farmakologik antagonizm esa, qo‘shib berilayotgan ikki
dori farmakologik ta’siri jihatdan bir-biriga qarama-qarshi, zid,
antagonist bo‘lganda yuz beradi. Masalan, markaziy nerv siste-
masini tormozlovchi dorilar (narkoz, uxlatuvchi va b.) ta’sirini
ushbu sistemani qo‘zg‘atuvchi — psixostimulatorlar (kofein,
sindokarb va b.) yordamida sindirish mumkin. Farmakologik
antagonizm tibbiyot amaliyotida, ayniqsa, dorilar bilan
zaharlanishda keng ishlatiladi. Og‘ir metall tuzlari (simob,
margimush va b.) bilan zaharlanishda antidotlar (SH-guruh
saqlovchi va metall bilan reaksiyaga kirishuvchi birikmalar),
kompleks birikmalar hosil qiluvchi, zaharli moddaning orga-
nizmdan chiqib ketishini tezlashtiruvchi (siydik haydovchilar,
dezintoksikatsion suyuqliklar, pariyetal dializ va b.) ham ish-
latiladi.
Dori vositalarining farmakologik antagonizmi bir tomon-
lama yoki ikki tomonlama, bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin.
Atropin pilokarpinning ta’sirini yo‘qotadi, pilokarpin esa
atropinning ta’sirini yo‘qota olmaydi. Bevosita antagonizmda ikki
dorining ta’sir etadigan joyi bir nuqta (atropin, pilokarpin),
bilvosita antagonizmda dorilarning ta’sir joyi, nuqtasi turlicha.
Bunga pilokarpin va adrenalinning ko‘z qorachig‘iga ta’siri misol
bo‘la oladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish