Mahalliy anestetiklarni qo‘llash.
1. Yuzaki anesteziya uchun dikain, lidokain va piromekain
ishlatiladi. Dikainning kattalar uchun yuqori dozasi 3% li
eritmaning 3 ml (90 mg)ni tashkil etadi. Preparat ancha zaharli
bo‘lgani uchun uni kichik konsentratsiyada (0,25%—1%)
ishlatish tavsiya etiladi. 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dikainni
faqat ko‘z tomchisi sifatida qo‘llash mumkin.
Piromekain oftalmologiya (0,5%), otolaringologiya (1—2%)
va stomatologiya (1—2%) amaliyotida eritma holida yuzaki
66
anesteziyada qo‘llaniladi. Shu maqsadda ushbu preparatlar ko‘zga
tomiziladi, shilliq pardaga surtiladi yoki sepiladi.
Lidokain yuzaki anesteziya uchun oftalmologiyada, endos-
kopiyadan oldin shilliq pardalarga surtish uchun 2—4% li
eritmasidan foydalaniladi. Anestezin suvda erimaydi. Kukun,
shamchalar, surtmalar aerozol shaklida turli kasalliklarda
(allergiya, gemorroy, pulpit) davo qilinadi.
2. Infiltratsion anesteziya uchun novokainning va trimekain-
ning 0,25% li va 0,5% li, ksikainning 0,125—0,5% li eritmalari
ishlatiladi. Novokainning og‘riqni qoldiruvchi ta’siri 20—30 daq.,
trimekain va ksikainniki esa bir soatcha davom etadi.
Novokainning boshlang‘ich bir martalik dozasi (operatsiya
boshlanishida) 0,25% li eritmasiniki 500 ml; 0,5% li
eritmasiniki 150 ml gacha. Keyinchalik operatsiyaning har bir
soatida 0,25% li eritmasidan 1000 ml; 0,5% li eritmasidan
esa 400 ml gacha yuborish mumkin. Lidokain esa uning 0,5%
li eritmasidan 600 ml yuboriladi.
0,25% li trimekain eritmasidan 800 ml gacha; 0,5% li
eritmasidan esa 400 ml gacha ishlatiladi.
3. Regional anesteziya uchun novokain, lidokain va trime-
kainning 1% li eritmasidan 100 ml gacha, 2% li eritmasidan
esa 50 ml gacha yuborish mumkin. Keyingi vaqtlarda mahalliy
anestetiklar ta’sirini uzaytirish maqsadida dyurant preparatlar
(masalan, novokainning yog‘dagi eritmasi, ampulada 5 ml dan)
ishlab chiqarila boshlandi. Bunda anesteziya bir necha kungacha
davom etadi. Ko‘pincha bunday preparatlar nevralgiya bilan
bog‘liq og‘riqda buyuriladi.
Lidokain regional anesteziya uchun 1% li eritmasidan 40
ml gacha, 2% li eritmasidan esa 20 ml gacha yuboriladi.
4. Orqa miya anesteziyasi uchun trimekain va novokainning
5% li eritmasidan 2—3 ml qo‘llash mumkin.
Mahalliy anestetiklardan tibbiyot amaliyotida me’da va o‘n
ikki barmoq ichak yara kasalligida, gastritda, qusishda, asosan,
novokain (0,5% li eritmasidan osh qoshiqda 3—4 marta) yoki
anestezin (0,1—0,2 g kukun holida) ishlatiladi. Proktologiya
(to‘g‘ri ichak jarrohlik kasalliklari) amaliyotida, ayniqsa, bavo-
sil (gemorroy), to‘qimaning shikastlanishida anestezin shamcha
shaklida to‘g‘ri ichakka yuboriladi (0,05—0,2 g). Bundan
tashqari, endarteriit (qorason), stenokardiya, migren kasallik-
larida novokain (0,25% li eritmasi 25 ml) venaga yuboriladi.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |