Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Ingalatsion yo‘l — dori vositalarini nafas yo‘li orqali yubo-
rish. Bu yo‘l bilan yengil uchuvchan suyuqliklar, bug‘simon,
gazsimon va maydalangan kukun shaklidagi dori preparatlari
yuboriladi. Anesteziologiyada narkoz moddalari (efir, ftorotan,
azot (I) oksid va b.), pulmonologiyada esa aerozol moddalarini
yuborish ingalatorlar yordamida maxsus moslamalardan


47
foydalanib bemorlarning o‘zi hamda mutaxassislar tomonidan
bajariladi.
Sirtga qo‘llash yo‘li. Sirtga qo‘llanadigan dori vositalarga
turli eritma, surtma, kukun, plastir va boshqalar kiradi. Ular
teriga surtiladi, yuviladi, bo‘shliqlar chayiladi. Yoki ko‘z-quloq,
burunga tomiziladi. Shu maqsadda ko‘proq antiseptik (mikrob-
larga qarshi) dorilar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, nitrofu-
ranlar, yod, brilliant yashili, etil spirti, kaliy permanganat va
b.) beriladi. Boshqacha aytganda, ushbu dorilarning mahalliy
ta’siridan teri, shilliq parda, ko‘z, burun, quloq kasalliklarida
foydalaniladi. Ushbu dori vositalarining ayrimlari mahalliy
ta’sir etibgina qolmasdan, qonga so‘rilib umumiy rezorbtiv
ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini unutmaslik zarur.
Dorilarning biologik pardalardan o‘tishi. Dori vositalari
organizmga yuborilgandan so‘ng o‘z ta’sir etish joyiga bor-
guncha va ta’siri namoyon bo‘lguncha turli to‘siqlarga duch
keladi. Bulardan biri — hujayralarning pardalaridir. Dorilarning
bu pardalardan o‘tishi bir qator omillarga – dorining kimyoviy
tuzilishi va xossalari, pH (vodorod ionining konsentratsiyasi)
sharoiti va boshqalarga bog‘liq. Hujayra qavatining soni va
harakati ham dorining pardadan o‘tishiga ta’sir etib, uni
sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi mumkin. Amaliy tomondan
quyidagi biologik to‘siqlar katta ahamiyatga ega: oshqozon-ichak
shilliq qavati, teri, gemato-ensefalik to‘siq (miya to‘qimasiga
o‘tkazmaydigan qon tomir to‘sig‘i), yo‘ldosh to‘sig‘i (ona qon
aylanishi bilan homilada qon aylanishini ajratuvchi to‘siq), sut
bezining epiteliylari, buyrak to‘sig‘i.
Yog‘da eriydigan (lipotrop)  dori vositalari biologik pardalar-
dan yaxshi o‘tadi. Qutblanmagan dori vositalari yuqori
darajadagi lipotrop  xususiyatga ega. Ko‘pchilik dori preparatlari
kuchsiz kislotalilik yoki ishqoriy xossaga ega bo‘lib, faqat pH
holatiga qarab qisman qutblangan holda bo‘lishi mumkin.
Qutblanmagan dori vositalari suvda yaxshi eriydi, yog‘larda
yomon erigani uchun ular biologik pardalardan deyarli o‘tol-
maydi. Ionizatsiya darajasi va pardaning ikki tomonidagi pH ning
bir-biridan farq qilishi pardadan dorilar o‘tishida ma’lum
darajada ahamiyatga ega. Misol tariqasida oshqozon shilliq
pardasidagi epiteliy hujayralarining biologik pardasini olaylik,
uning tashqi tomonida (me’da bo‘shlig‘i) xlorid kislota hisobiga
kislotalilik yuqori, ichki tomoni qondagi pH esa neytral (7,4).


48
Shu sababdan ishqoriy xossali dori vositalari (teofillin, efedrin,
rezerpin va boshqa alkaloidlar) qutblangan holga o‘tib oshqozon
hujayra pardasidan o‘ta olmay qonga so‘rilmaydi.
Ushbu dori preparatlari me’dada so‘rilmaganidan so‘ng o‘n
ikki barmoq va ingichka ichakka o‘tadi. Bu yerda esa pH sharoiti
neytralga yaqin bo‘lgani uchun ularning qutblanishi ancha
pasayadi, qutbsiz holatga o‘tib, hujayra pardasi orqali so‘riladi
va o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Kuchsiz kislotalilik xossali preparatlar (barbituratlar,
salitsilatlar, sulfanilamidlar va b.) oshqozonning kislotali
sharoitida butunlay yog‘da eriydigan qutbsizlangan holga o‘tib,
shilliq parda orqali ancha yaxshi so‘riladi va o‘z ta’sirini
namoyon etadi. Ingichka ichakdan o‘tgandan so‘ng esa
qutblanishi uncha kuchli bo‘lmagani sababli so‘rilishi ancha
susayadi.
Dori vositalarining biologik pardadan o‘tishi organizmdagi
mavjud boshqa to‘siqlarga ham tegishlidir. Bu jarayon dori
preparatlarining organizmda tarqalishi va a’zolarda to‘planishini
ta’minlaydi. Bu degan so‘z ularning ayrim a’zo va sistemalarga
tanlab farmakologik ta’sir etishini ta’minlaydi. Shu bilan birga,
aksincha, ayrim to‘siq hujayralari dorining ta’siridan to‘qi-
mani, a’zoni saqlab, himoya vazifasini bajaradi.
Dori vositalarining biologik pardalardan o‘tish qoidalarini
hisobga olgan holda, bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish
(ayniqsa, zaharlanishda) amalga oshiriladi. Masalan, uxlatuvchi
dorilar (barbituratlar) bilan zaharlanishda qonga ishqoriy xusu-
siyatli moddalarni yuborib, barbituratlarning bosh miya to‘qi-
masidan chiqib qonga o‘tishi ta’minlanadi va boshqalar.
Shunday ayrim dori vositalari mavjudki, masalan, miore-
laksantlar (tana mushaklarini bo‘shashtiruvchilar — tuboku-
rarin), ayrim ganglioblokatorlar (benzogeksoniy), antibiotiklar
(gentamitsin va b.) va boshqalar butunlay qutblangan bo‘l-
ganligi uchun oshqozon-ichakdan deyarli so‘rilmaydi, boshqa
to‘siqlardan (gematoensefalik, yo‘ldosh) o‘tmaydilar.
Shu bilan birga yog‘da yaxshi eriydigan (lipotrop)  elektrolit
bo‘lmagan (spirtlar, dietil efir, ftorotan va b.) va aksincha,
yog‘da deyarli erimaydigan (glukoza, mochevina va b.) mod-
dalar mavjud. Ulardan birinchilari biologik to‘siqlardan yaxshi
o‘tadi va o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ikkinchilari esa biologik par-
dadagi juda tor kovaklarda molekulalari bo‘lgani uchun o‘ta
oladi.


49
Dori vositalarining oshqozon-ichak shilliq qavat hujayra-
laridan o‘tish turlari:
Passiv (sust) diffuziya. Dori moddasi ko‘p miqdorda bo‘lgan
tomondan kam tomonga parda orqali o‘tadi. Asosan yog‘da
eruvchan va qutblanmagan molekulalar tezroq o‘tadi. Ko‘pchilik
dori vositalari shu yo‘l bilan qonga so‘riladi.
Filtratsiya — dorining o‘tishi hujayralararo bo‘shliqlar
(kovaklar) orqali yuz beradi. Bu jarayon gidrostatik va osmotik
bosimga bog‘liq. Suv, ayrim ionlar, mochevina shu usul bilan
so‘riladi.
Faol transport. Bu jarayonda o‘tkazib qo‘yuvchi (transport)
sifatida fermentlar qatnashadi. Ular ayrim moddalarga tanlab
birikadi va modda ko‘p tomondan kam tomon harakatlanishi
yuz beradi. Bunda ma’lum darajada quvvat sarflanadi. Ushbu
yo‘l bilan ayrim dorilar (pirimidinlar, aminokislotalar) so‘riladi.
Pinotsitoz — dori moddasi pufakcha holida pardadan o‘tib,
qamrab olinadi va hujayra qarama-qarshi qutb tomon hara-
katlanadi. So‘ngra ekzotsitoz (chiqarib yuborish) yo‘li bilan so‘-
riladi.
Umuman olganda dori vositalarining ushbu so‘rilish turla-
ridan passiv diffuziya asosiy yo‘l hisoblanadi. Dorilarning
oshqozon-ichakdan so‘rilishi, asosan, ingichka ichakda ro‘y
beradi, chunki uning so‘rilish sathi katta va qon bilan ta’min-
lanishi yaxshi.
Dorilarning so‘rilishida ularning ovqat massasi bilan muno-
sabati, me’da-ichakning fiziologik va patologik holati katta aha-
miyatga egadir.
Dori vositalarining organizmdan chiqib ketish yo‘llari.
Dorilar organizmga qaysi yo‘l bilan kiritilgan bo‘lmasin ular
qonga o‘tib, o‘z ta’sirini ko‘rsatib va ko‘pchiligi metabolizmga
uchrab, uchramaganlari ham turli yo‘llar (buyrak, jigar,
me’da-ichak, teri, sut bezlari va b.) orqali chiqib ketadi. Bular-
dan asosiysi buyrak yo‘li hisoblanadi. Bunda buyrakning qon
tomirlardan tashkil topgan koptokchalarida suvda erigan meta-
bolitlar, elektrolitlar va elektrolit bo‘lmagan moddalar filtra-
tsiyaga (asosan, gidrostatik bosim hisobiga) uchrab (birlamchi
siydik), kanalchalaridan o‘tishida u qaytadan 99% qonga
so‘riladi (reabsorbsiya). Qolgan 1% (ikkilamchi siydik) tashqa-
riga ajratiladi. Dorilarning bir qismi kanalchalar devori orqali
qondan ular bo‘shlig‘iga (ekskretsiya) chiqib, ikkilamchi siydik
tarkibida ajraladi.


50
Dorilarning buyrak orqali chiqishi ko‘p omillarga bog‘liq
(fiziologiya, patologik holatlar, pH ga va boshqalar).
Ayrim dori vositalari, asosan, metabolit shaklda jigar o‘ti
orqali ajralib, ichak bo‘shlig‘iga tushadi. Dorilarning bu yo‘l
bilan chiqishi ularning yog‘da eriydigan xillariga ham taalluqli.
Ko‘pincha alkaloidlar, og‘ir metallar, ayrim sulfanilamidlar
(ftazol, sulgin), antibiotiklar (levomitsetin) va boshqalar, ichak-
dan yomon so‘riladigan dorilar shu yo‘l bilan tashqariga najas
tarkibida chiqariladi.
Nafas yo‘llari orqali gazsimon, bug‘simon va yengil uchuv-
chan moddalar (efir, azot (I) oksid, etil spirti) chiqariladi.
Ularning nafas yo‘li orqali qonga so‘rilishi qanday shart-
sharoitlarga bog‘liq bo‘lsa, ularning chiqib ketishi ham shularga
bog‘liq.
Òeri orqali (ter bezlari), asosan, brom, yod, margimush
va boshqa ba’zi moddalar ajraladi.
Sut bezlari orqali dori moddalarining chiqib ketishida
quyidagi holatlarni nazarda tutish lozim. Bir tomondan dori
moddalarini bola organizmiga yuborish uchun shu yo‘ldan
foydalanish mumkinligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, hozir
aytib o‘tilgan faqat emizib boqiladigan bola zaharlanishi ehti-
moldan xoli emas.
Dori vositasi samarasini ta’minlashda ularning, asosan,
buyrak yo‘li orqali chiqib ketishiga katta ahamiyat beriladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish