Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Inyeksiyalar  — suyuq holdagi dori vositalarini teri yoki
shilliq qavat butunligini buzib (ukol sanchish) yuborishdir. Bu
yo‘l bilan, asosan, suvda, osh tuzining izotonik eritmasida,
yog‘larda eriydigan sterillangan dori moddalari yuboriladi.
Inyeksiyaning quyidagi turlari ma’lum – teri yoki shilliq qavat
orasiga va ostiga, mushaklar orasiga, vena, arteriya, orqa miya,
qorin bo‘shlig‘iga va b.
Òeri yoki shilliq parda orasiga kam hajmdagi (0,1–0,2 ml)
suyuq dorilar, ko‘pincha, allergik ta’sirini o‘rganish maqsadida
va boshqa dorilar  (quturishga qarshi zardob,  fraksiparin va b.)
yuboriladi.
Òeri va shilliq parda ostiga ko‘pincha 2 ml hajmgacha dori
yuboriladi, yuborishdan oldin, yog‘li eritmalarni ilitish tavsiya
etiladi. Chunki shundagina ularning qonga so‘rilishi oson bo‘ladi.
Asosan bu maqsadda dorilar qo‘l yelka qismining tashqi sathiga
inyeksiya qilinadi.
Mushaklar orasiga yuborish yo‘li. Suvda yoki yog‘da erigan
sterillangan dori vositalari, asosan, dumbaning tashqi va yuqori
qismining mushaklari ostiga 10 ml hajmgacha yuborilishi
mumkin. Bunda dorilar qonga so‘rilgani uchun ta’siri ham tez
namoyon bo‘ladi. Chunki mushaklarning qon bilan ta’min-
lanishi va ularning harakati (qisqarishi) so‘rilish jarayonini
ta’minlaydi.
Venaga yuborish yo‘li. Bu yo‘l bilan, asosan, suvda va osh
tuzining izotonik eritmasida erigan, har tomonlama toza, tiniq,
cho‘kmalarsiz, sterillangan, apirogen (isitma chiqaradigan
moddalari bo‘lmagan) dorilar yuboriladi. Ularning ta’siri o‘ta
tez namoyon bo‘lgani uchun bemorlarga shoshilinch tibbiy
yordam ko‘rsatishda juda qo‘l keladi (karaxtlik holati, yurak
faoliyatining o‘tkir yetishmasligi va b.). Bu yo‘lning yaxshi


46
tomonlaridan yana biri dori eritmasini katta hajmda (300–500
ml) tomchilab (infuziya) yuborish mumkin. Dori vositalarini
venaga yuborish shifokorlar va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan
tajribali hamshiralar tomonidan bajariladi.
Arteriyaga yuborish amaliyotda kam ishlatiladi. Asosan vena-
larni topish va ularga tushish qiyinchilik tug‘dirsa, ko‘proq
onkologiya va endokrinologiyada ishlatiladi. Bu yuborish yo‘lidan
mutaxassis shifokorlar (jarrohlar va b.) foydalanadi.
Orqa miyaga yuborish yo‘li. Ko‘pincha anesteziologiya va
neyroxirurgiyada qo‘llaniladi. Bu maqsadda, asosan, og‘riq
qoldiruvchi dori vositalari (novokain va b.) ishlatiladi va buni
faqat mutaxassislar (anesteziolog, neyroxirurg va b.) bajaradi.
Dori vositalarini qorin bo‘shlig‘iga yuborish, asosan,
eksperimental farmakologiyada tekshirilayotgan moddaning
biologik faolligini (o‘tkir zaharliligi va b.), jarrohlikda qorin
bo‘shlig‘ida bajarilgan operatsiyadan keyin yiringli asoratlarning
oldini olish yoki davolash maqsadida qo‘llaniladi, asosan,
mikroblarga qarshi dori vositalari (antibiotiklar) yuborib turiladi.
Yuqorida qayd etilgan inyeksiya turlaridan tashqari suyak
ichiga,  bo‘g‘inlarga va boshqa turlari mavjud.
Òibbiyot amaliyotida dorilarni inyeksiya qilish, ayniqsa,
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda keng miqyosda qo‘llanadi.
Chunki dorilarning yuborilgan aniq dozasi qonga o‘tib, ta’siri
tez namoyon bo‘ladi.
Inyeksiyaga mo‘ljallangan dori vositasi sterillangan, toza,
tiniq, cho‘kmasiz va izotonik bo‘lishidan tashqari, u sterillan-
gan shpris, igna, infuziya sistemasi aseptik sharoitda mutaxas-
sislar tomonidan yuborilishi shart. Aks holda inyeksiya bir
qator asoratlarga, ko‘ngilsiz oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Asoratlardan eng xavflisi virusli infeksiyalardir (OIÒS, gepatit).
Bulardan tashqari, yiringli kasalliklar (abssess, flegmona) ham
avj olishi mumkin. Ushbu xavfli asoratlardan xoli bo‘lish
maqsadida bir martalik ishlatiladigan shprislardan foydalanish
rasm bo‘lib qoldi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish