Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Rifamitsin — Streptomyces mediterranei ishlab chiqaradigan
antibiotik. Preparat mushaklar orasiga, venaga va mahalliy
ravishda ishlatiladi.
Rifampitsin ham shu guruhga kiradigan yarimsintetik
preparat. Har ikkala preparat sil tayoqchalari va grammusbat
bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori dozalarda grammanfiy
mikroorganizmlar va proteylarga ham ta’sir qiladi. Ular
bakteriostatik, katta dozalarda bakteritsid ta’sirga ega.
Rifampitsin ichga qabul qilinganda yaxshi so‘riladi. Qondagi
maksimal konsentratsiyasi 2—4 soatda aniqlanadi. Preparat o‘t
bilan, qisman peshob, bronxial sekret va ko‘z yoshlari bilan
chiqib ketadi.
Sil kasalligining barcha turlarini davolashda rifampitsindan
foydalaniladi. Lekin sil mikobakteriyasida preparatga nisbatan
chidamlilik tez rivojlanadi. Shu sababli rifampitsin boshqa
preparatlar bilan birgalikda ishlatilishi maqsadga muvofiq.
Nojo‘ya ta’sirlari: rifamitsin qatori preparatlari jigar
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayrim hollarda
leykopeniya (qonda leykotsitlar soni kamayishi), dispeptik
buzilishlar (me’da faoliyatining buzilishi), allergik holatlar
kuzatiladi. Bu preparatlarni homiladorlikning dastlabki uch
oyida ishlatish man etiladi.
PASK birinchi qator sintetik preparat hisoblanib, sil
mikobakteriyasiga bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu
ta’sirning mexanizmi quyidagicha tushuntiriladi: mikobakte-
riyalar DNK va RNKsining tuzilishi uchun folat kislota zarur,
bu kislotaning hosil bo‘lishi uchun esa paraaminobenzoy kislota


335
(PABK) kerak. PASK va PABK kimyoviy jihatdan bir-biriga
yaqin bo‘lgani uchun preparat PABK bilan raqobatlashib, uni
folat kislota sintezi jarayonida qatnashtirmaydi, shu bilan yangi
mikrob hujayrasi uchun zarur RNK va DNK ning hosil
bo‘lishi to‘xtaydi. Ushbu raqobat PASK foydasiga hal bo‘lishi
uchun uning bemor qonidagi konsentratsiyasi yuqori darajada
va doimiy bo‘lishi shart. Shu maqsadda preparat katta dozalarda
3—4 g dan kuniga 3—4 marta beriladi. U me’da-ichakdan yaxshi
so‘riladi, o‘pka va buyraklarda yig‘iladi. PASK faqat sil kasalligi
mikobakteriyalariga ta’sir ko‘rsata oladi. Preparat kuchsizroq
bo‘lgani uchun bemorni davolashda bir o‘zi deyarli
ishlatilmasdan, ushbu qatordagi boshqa dori-darmonlar bilan
birgalikda buyuriladi.
PASK nojo‘ya ta’sir ham ko‘rsatadi. Ayniqsa, nahorga,
och qoringa ichilsa, me’da-ichak faoliyati buzilishi (ishtahaning
kamayishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va b.), ayrim hollarda
buyrak va jigar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
PASK silga qarshi ishlatiladigan boshqa preparatlar
(streptomitsin, ftivazid va b.) bilan birga tavsiya etiladi. Bundan
asosiy maqsad mikrobakteriyalarning ushbu dorilarga bo‘lgan
chidamliligini kamaytirishdir.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish