Sikloserin antibiotik bo‘lib, sintez yo‘li bilan ham olingan.
Òa’sir etish doirasi keng, 1-qator preparatlari (streptomitsin,
PASK)larga o‘rganib qolgan mikobakteriyalarga bakteriostatik
ta’sir ko‘rsatadi. Me’da-ichak yo‘lida parchalanmasdan yaxshi
so‘riladi va butun tana a’zolari bo‘yicha tarqaladi, asosan,
buyrak orqali chiqib ketadi. Sikloserin sil kasalligining surunkali
shaklida boshqa preparatlar bilan birga (1- va 2-qator
preparatlari) tavsiya etiladi. Shundagina dorining ta’siri samarali
bo‘lib, mikobakteriyalarning o‘rganib qolishi kamroq yuzaga
chiqadi. Preparat ayrim hollarda nojo‘ya holatlarni (bosh
og‘rig‘i, bosh aylanishi, depressiya, titroq va tutqanoqqa
o‘xshash holatlar, umumiy qo‘zg‘alish va ruhiy o‘zgarishlar)
keltirib chiqarishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarda sikloserin
berish to‘xtatiladi va B
6
vitamini, glutamin kislota, AÒF va
boshqalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |