Farmakologiya


GINK (izonikotin kislota gidrozidi)



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

GINK (izonikotin kislota gidrozidi) va uning unumlari o‘z
ta’siri va berilishi bo‘yicha sil kasalligiga qarshi ishlatiladigan
preparatlar ichida yuqori kuchli ta’sirga ega va samarali dori
vositalari hisoblanadi. Chunki ularning asosiy farmakologik
ta’siri faqat mikobakteriyalarga qaratilgan bo‘lib, bemor tanasida
(in vivo) ham, probirkada (in vitro) ham nihoyatda kuchli
darajada ularning ko‘payishi va o‘sishini to‘xtatadi. Natijada
mikobakteriyalar o‘z faolligini yo‘qotib, bemor tanasiga bo‘lgan
salbiy ta’sirini (intoksikatsiya) ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun
ham izoniazid va uning unumlari, ayniqsa, kasallikning o‘tkir
kechishida bemor tanasida zaharlanish belgilarini kamaytiradi va
ishtahani yaxshilaydi, tana harorati bir me’yorga keladi, vazn
asta-sekin orta boradi, kayfiyat yaxshilanadi. Mikobakte-
riyalarning GINK preparatlariga nisbatan chidamliligi asta-sekin
yuzaga chiqadi.
Preparatlarning ta’sir mexanizmi mikobakteriyaning hu-
jayra pardasi tuzilishi uchun zarur bo‘lgan mikol kislotalar


336
sintezini to‘xtatishdir. Ushbu preparatlarning mikobakteriyaga
yuqori darajada tanlab ta’sir ko‘rsatishi shu fikrning dalili bo‘la
oladi. Chunki mikol kislotasi boshqa mikroorganizmlarda
uchramaydi.
GINK preparatlari me’da-ichak yo‘lidan yaxshi so‘riladi va
butun tana a’zolariga (MNÒ ga ham) tarqaladi. Shu bilan bir
qatorda GINK preparatlari uzoq ishlatilsa, ayrim noxush
holatlarni (bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, oyoq-qo‘lning
uvishib qolishi, sezishning susayishi, nervlarning yallig‘lanishi,
ko‘ngil aynishi, qayt qilish, terida toshmalar paydo bo‘lishi
va b.) keltirib chiqarishi mumkin. Shunga qaramasdan,
izoniazid, ftivazid, saluzid va boshqa preparatlar sil kasalligiga
chalingan bemorlarga davo qilishda juda keng va samarali
qo‘llaniladi.
Birinchi qatorga kiruvchi preparatlar izohini tugatar
ekanmiz, ularni qo‘llash bilan bog‘liq ayrim shart-sharoitlar
to‘g‘risida quyidagilarni qayd etish lozim:
1. Ushbu guruhga kiruvchi preparatlar bemorni davolashda
asosiy dori hisoblanib, ular xastalikning o‘tkir shaklida va
rivojlanish davrida yaxshi kor qiladi.
2. Davo qilishi samarali va tez  bo‘lishi uchun ushbu qatorga
kiruvchi uch guruh preparatlar bir yo‘la qo‘llanishi maqsadga
muvofiq. Shundagina mikobakteriyalarning preparatlarga nisbatan
chidamliligi, o‘rganib qolishi kamayadi.
3. Sil kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarni davolash uzoq
muddat davom etishi lozim, uni qayta-qayta o‘tkazib turish
talab qilinadi (6—8—12 oy).

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish