Zaxmga qarshi dori vositalari
Surunkali yuqumli kasallik bo‘lgan zaxmni oqish spiroxeta
keltirib chiqaradi. Kasallik, asosan, jinsiy a’zolar orqali yuqadi.
Hozirgi vaqtda zaxm kasalligi penitsillin, vismut va yod
preparatlari bilan muvaffaqiyatli davolanadi.
Penitsillin preparatlari. Zaxmga duchor bo‘lgan bemorlarni
davolashda benzilpenitsillin preparatlari asosiy dori vositalari
hisoblanadi. Ular spiroxetotsid ta’sir ko‘rsatib, tez kor qiladi.
Ushbu preparatlarga nisbatan spiroxetalarning sezuvchanligi
pasaymaydi. Preparat kasallikning barcha davrlarida va shakllarida
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (to‘la ma’lumot „Antibiotiklar“ bo‘limida
keltirilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |