MUNDARIJA
KIRISH
I BOB PARAAMINOBENZOY KISLOTA (PABK) NING TUZILISHI, XOSSALARI, BIOLOGIK AHAMIYATI, MANBALARI.
1.1 Vitamin B15 (Pangam kislota) ning tuzilishi, xossalari, biologik ahamiyati.
1.2 Vitamin B13 (Orot kislota) ning tuzilishi, xossalari, biologik ahamiyati.
II BOB INOZIT (VITAMIN B8) TUZILISHI, XOSSALARI, BIOLOGIK AHAMIYATI.
2.1 Vitamin Q (Koenzim Q, ubixinon) tuzilishi, xossalari biologik ahamiyati.
2.2 Vitamin U (metil metionin) tuzilishi, xossalari, biologik ahamiyati, manbalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Tayanch iboralar: Vitaminsimon moddalar, PABK, sulfanilamid, pangam kislota, orot kislota, inozit, fosfatidil inozitol, koenzim Q, vitamin U, lipoy kislota, degidrolipoy kislota, xolin, siklik, atsiklik, moddalar almashinuvi, biosintez jarayonlari, xilma-xil funksional guruxlarning ko’chirilish reaktsiyalari, patologik mikroblarni rivojlanishini bo’g’ish.
Hozirgi vaqtda organizmda yetishmasligi tufayli vitaminsimon omil tavsifiga ega bo’lgan qator moddalarning mavjud ekanligi aniqlangan. Ular jumlasiga: paraaminobenzoy kislota, vitamin B15 (pangam kislota), inozit, Koenzim Q (ubixinon), vitamin U, lipoy kislota, xolin, to’yinmagan yog’ kislota (linol, linolen, araxidon) lari kiradi.
Bu moddani mikroorganizmlarning ko’payish omili sifatidagi ahamiyati tibbiyotda sulfanilamid preparatlarini keng qo’llay boshlash jarayonida o’rganildi va bu omil n–aminobenzoy kislota (PABK) ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu o’sishni jadallashtiruvchi omil dastlab hamirturushdan ajratib olingan bo’lib, uning kimyoviy tuzilishi quyidagicha:
N Н2
СООН
n–Aminobenzoy kislota (PABK)
Yuqorida qayd etilganidek, uning vitaminlik xossasi fol kislota tarkibiga kirishidadir. PABK suvda kam, spirtda, efirda yaxshi eriydigan kristal modda.
Kimyoviy jihatdan barqaror birikma hisoblanadi uni qaynatganda, xattoki ishqoriy va kislotali muhitlarda qaynatganda ham parchalanmaydi.
Paraaminobenzoy kislota ichak florasini faollaydi, bunda mikroflora tomonidan fol kislotasi hosil bo’lishi kuchayadi. Bu narsa o’z navbatida ko’p miqdorda pantoten kislota hosil bo’lishiga olib keladi. PABK oqsillarni, shuningdek qizil qon tanachalarining hosil bo’lishida ishtirok etadi. PABK ni muhim fuktsiyalaridan biri terini sog’lom holda saqlab turish hisoblanadi. Bu antioksidant terini quyosh nuridan himoya qilishda yoki teri raki o’smasini oldini olishda ishtirok etadi.
PABK ni tanqisligida depressiya, umumiy nimjonlik, oshqozon-ichak yo’li faoliyatining izdan chiqishi, soch oqarishi, asabiylanish, terida oq dog’larning paydo bo’lishi kuzatiladi.
PABK soch, jun, pat va terining normal pigmetatsiyasi uchun zarur ekanligi isbotlangan. Xuddi shuningdek, bu vitamin omili teri melaninlari biosintezini asosiy fermenti (tirozinaza) ga faollashtiruvchi omil sifatida ta’sir ko’rsatadi.
Tibbiyotda PABK sini analoglari-sulfanilamid preparatlaridan antibakterial modda sifatida foydalaniladi. Bunda sulfanilamid preparatlari ferment tizimlarida PABK ni o’rnini olib mikroorganizmlarni o’sishi va rivojlanishini to’sib qo’yadi. Sulfanil amid preparati:
Н 2N SО2 – NН – R
tuzilishga ega.
PABK ning manbalari: jigar, buyrak, go’sht, hamirturush, sut, tuxum, kartoshka, non, sabzi hisoblanadi.
B15 vitamin (pangam kislota) 1950 yilda ho’kiz jigarida bo’lishi aniqlangan edi. Vitaminlar (lot. vita - hayot),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimiy Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. V.ni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish XVIII asrda boshlangan. Ingliz vrachi J. Lind (1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus vrachi N. I. Lunin (1880), golland vrachi Eykman (1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906)lar V.ni oʻrganishga juda katta hissa qoʻshdilar. Organizmda V. sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur V.ni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda V. yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo boʻladi. V.ning asosiy manbai oʻsimliklardir (qarang Vitaminli oʻsimliklar). V. hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi. V.ning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan iborat. V. organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |