1.2 Vitamin B13 (Orot kislota) ning tuzilishi, xossalari, biologik ahamiyati.
Inozit sochni o’sishini stimulaydi va tushib ketishini oldini oladi. Ko’zning gavhari va ichki devori, shuningdek ko’z suyuqligida inozitning konsentratsiyasi yuqori bo’ladi. Shuning uchun uning tanqisligi ko’z kasalliklariga olib keladi.
Inozit miyani lipidlari tarkibida uchraydi. Bu lipidlarni fosfatidil inozitol deyiladi.
Fosfatidilinozitol
Shuningdek bu vitaminsimon modda jigar, go’sht, sut, non, sabzavot va mevalar tarkibida uchraydi. Odamning inozitga nisbatan bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 1 g ni tashkil qiladi.
Bu vitamin 1957 yilda R. Morton laboratoriyasida ochilgan edi. Kimyoviy tuzilishi K. Folkers tomonidan shu yil aniqlandi. Koenzim Q ni yon zanjirlarida 6 tadan 10 tagacha izopren qoldiqlari bo’ladi. Bu birikmalar hayvonlar, o’simliklar organizmida va mikroorganizmlarda sintezlanadi.
Bu modda lipidsimon gidrofob tuzilmaga ega bo’lib, mitoxondriyalarning ichki membranalari, mikrosomalar, yadrolar, Goldji apparatlarida menaxinon (vitamin K) lar bilan birgalikda kislorodning yutilishi, elektronlarning tashilishini ta’minlab, oksidlanuvchi fosforlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Bu modda o’simliklarda kechadigan fotosintez jarayonida ham qatnashib, hayvonlarda xuddi tokoferol kabi membranalarning stabilligini ta’minlab, to’yinmagan yog’ kislotalarini peroksidli oksidlanishini oldini oladi.
Bu modda koferment bo’lib, tabiatda juda keng tarqalgan («ubixinon» - xamma joyda uchrovchi-xinon-degan ma’noni beradi). Haqiqatdan ham ubixinon hamma tirik organizmlar: o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar, mikroorganizmlarda topilgan.
Kimyoviy jixatdan u 2,3-dimetoksi-5-metil-1,4 benzoxinon hisoblanib, uning molekulasida halqaning 6 –tartib raqami o’rnidagi karbon atomiga izoprenli zanjir birikkan bo’ladi:
О
Н3 С - О СН3
С Н3
СН3 -О О (СН2 – СН = С – СН2)n - Н
Koenzim Q
(2,3 –dimetoksi –5 metil -1,4- benzoxinonning izoprenli xosilasi).
Yuqorida qayd qilinganidek, uning yon zanjirdagi izoprenning qoldiqlari 6 tadan 10 tagacha bo’ladi va ular KoQ6 yoki KoQ7 va hakozo tarzda nomlanadi. Odam va hayvon hujayralarining mitoxondriyalarida izopren qoldig’i faqat 10 tadan bo’ladi.
Bu vitaminsimon modda kimyoviy tuzilish jihatdan vitamin K va E larga ancha yaqin bo’lib, ular kabi suvda erimaydi.
O’simliklarning xloroplastlaridan ubixinonga o’xshash-plastixinon moddasi ajratib olingan, uning benzol halqasidagi funktsional guruxlari ubixinondan farq qiladi. Unga metooksi guruxlar o’rniga metil guruxlar joylashgan bo’lib, tartib raqami 51-karbon atomida joylashgan metil gurux umuman bo’lmaydi.
Hozirgi kungacha KoQ10 ni koferment sifatidagi ahamiyati o’rganilgan. U nafas olish zanjirida mitoxondriyalardagi elektronlarni membrana degidrogenazalari (xususan, NADN-degidrogenaza, suksinatdegidrogenaza va boshqalar) dan sitoxromlarga ko’chirishda ishtirok etadi.
Koenzim Q10 haqida tarixiy ma’lumotlarga murojat qilish asosida quyidagilarni bayon qilish mumkin. 1499 yilning 18-sentyabrida Vaska Gama kemada Dunyo aylana sayohatdan qaytib Lissabonga kirib keladi. Bu buyuk geografik kashfiyot bo’lib, bu sayohat tufayli Yevropa-Xindiston yo’lini ochilgani ma’lum bo’ldi.
Lekin sayohat juda qimmatga tushgan edi, chunki sayohatga otlangan 168 nafar dengizchidan o’z vataniga faqat 55 nafari qaytib kelgan edi. Buning sababi vitamin C ni yetishmasligidan ekipaj a’zolari singa kasaliga duch kelish natijasida ko’plari halok bo’lgan edi. Bugungi kunda Koenzim Q10 ning ahamiyati vitamin C kabi muhim.
1978 yilda Piter Mintchel Koenzim Q10 ning muhim ahamiyatiga ega bo’lgani sababli, uni XXI asrning vitamin C si deb nomladi. U odam organizmining har bir hujayrasida mavjud bo’lib, hujayraning energiya bilan ta’minlaydigan barcha reaktsiyalarida ishtirok etadi.
Yurak uchun eng ko’p miqdorda energiya talab qilinadi, shuning uchun unda Koenzim Q10 miqdori ham eng yuqori bo’ladi. Shu sababli yurak-tomir tizimi ishini me’yor doirasida faoliyat ko’rsatishi uchun Koenzim Q10 ning ahamiyati katta. Koenzim Q10 juda faol antioksidant hisoblanadi. U organizmni hamma hujayralarini muhofaza qiladi va ularni muddatidan oldin qarib ketishini oldini oladi.
Dastavval Koenzim Q10 aynan qarishni oldini oluvchi vosita, ya’ni yoshartirish samarasiga ega bo’lgan modda sifatida tan olindi. Hozirgi kunda Koenzim Q10 asosida ishlab chiqarilgan preparatlar yurak-tomir tizimi kasalliklarini oldini olishda ishlatilmoqda.
Koenzim Q10 organizmni hujayra darajasida yoshartiradi, shu bois qarilikni kirib kelishini sekinlashtiradi. Ko Q10 kuchli energiya manbai, u ishlash qobiliyatini oshiradi, organizmning umumiy xolatini yaxshilaydi, charchashni susaytiradi.
U organizmning o’zi uchun tabiiy modda bo’lgani sababli mutloq havfsizdir. Qarigan sari va odam tajang (stress) xolatlarda bo’lganda Koenzim Q10 ning miqdori kamayadi. Koenzim Q10 ni talab darajasidagi miqdorda organizmga kirishini ta’minlash uchun har kuni 400 g mol go’shti, 200 g sardina yoki 500 g yeryong’oq mevasi istye`mol qilish kerak bo’lar edi.
Bunday ratsionda oziqlanish oson emas. Shu sababli 20 yoshdan oshgandan keyin ko’pchilik Koenzim Q10 ga nisbatan tanqislik sezadi. Demak, Koenzim Q10 preparati o’z salomatligi uchun qayg’iruvchi har bir kishi uchun zarurligini alohida qayd qilish lozim.
Shunday kilib agar, nikotin amidli kofermentlar vodorodni suv muhitida faoliyat ko’rsatuvchi fermentlar o’rtasida ko’chirish xususiyatigi ega bo’lsa, gidrofob KoQ10 yog’da erishi munosabati bilan shu xildagi ko’chirish xususiyatlarni mitoxondrial membrana sharoitda amalga oshiriladi.
O’simliklarda plastixinonlar fototsintez jarayonida xuddi shunday funktsiyani, ya’ni elektronlarni tashish funktsiyasini bajaradi. Patologik holatlarda KoQ eng zarur omillardan biriga aylanadi. Masalan, yetarli miqdorga oqsilga ega bo’lmagan oziqlar bilan oziqlangan bolalarda kamqonlik paydo bo’ladi.
V. organizmda energiya almashinuvida (V,, V2 V.), aminokislotalar (V6, V12 V.) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoresepsiya jarayonida (A vitamin), qon ivishida (K vitamin) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin) ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda V. yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida V. kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi V.ning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq boʻlishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilishi toʻla oʻrganilib, koʻplari sintez qilindi (qarang Vitamin sanoati).
Dastlab V. shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, V, S, D, Ye, R va h.k. bilan belgilangan. Keyinchalik V.ning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro standartlashtirishning yagona nomi qabul qilindi. V.suvda eriydigan, yogʻda eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Yogʻda eriydigan V.ga A, D,"1 Ye va K, suvda eriydiganlariga V kompleksi vitaminlari va S, RR kiradi. V.dan tashqari organizmda turli oʻzgarishlarga uchrab V.ga aylanadigan moddalar — provitaminlar ham bor. Provitaminlarga karotinlar (A provitamin), D vitaminga aylanadigan baʼzi bir sterinlar (ergosterin va b.) kiradi. Odamning V.ga boʻlgan bir kunlik ehtiyoji organizmning umumiy holatiga, mehnat tarziga, sogʻ yoki kasalligiga bogʻliq. Odam hayoti uchun V.dan ayniqsa A, V, V2, S, D, RR ning ahamiyati katta. Quyida koʻproq qoʻllaniladigan V. tavsifi keltirildi.
Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik toʻqimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi. Koʻrish pigmentlari hosil boʻlishida qatnashib, organizmning normal oʻsishini, koʻzning turli darajadagi yorugʻlikka moslashishini taʼminlaydi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toshmalar paydo boʻladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira boʻlib, toʻkila boshlaydi, tirnoq moʻrtlashib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, shabkoʻryaik, konʼyunktivit, blefaritta asosan A vitamin yetishmasligi sabab boʻladi. A provitamin (karotin) oʻsimliklarda, ayniqsa ularning yashil barglarida, A vitamin hayvon va baliq jigarida, baliq moyida koʻp.
Tiamin (V, vitamin) — koʻpgina oziqovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobigʻi (kepagi)da boʻladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob boʻlsa, ularni oʻzlashtirish uchun tiamin koʻproq talab qilinadi. Tiamin boʻlmasa, polinevrit kasalligi roʻy beradi. Organizmda bu vitamin boʻlmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining ogʻir kasalligi — beri-beri paydo boʻladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar boʻshashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Riboflavin (V2 vitamin)— oʻsish jarayonida qatnashadi va oʻstiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yogʻ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, koʻz gavharidagi moddalar almashinuviga taʼsir etadi, yorugʻlikni sezish va rang ajratishga yordam beradi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi, ovqatda riboflavin yetishmasa ogʻiz burchagi, lab yoriladi (qarang Lab bichilishi), soch toʻkiladi, konʼyunktivit va blefarit kuzatiladi. V2 vitamin asosan hayvon mahsulotlari — tuxum, pishloq, sut, goʻsht hamda galla va dukkakli oʻsimliklarda moʻl-koʻl.
Piridoksin (V6 vitamin)— koʻpgina oʻsimlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bugʻdoy murtagi, jigar, baliq, mol goʻshti va dukkakli donda boʻladi. U oqsil va yogʻning normal hazm boʻlishini taʼminlab, azot almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar oʻsmay qoladi, meʼda-ichak ishi buziladi, kamqonlik roʻy beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yalligʻlanishi, qoʻzgʻaluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari taʼsirida hosil boʻladi.
Nikotinamid, nikotin kislota (RR vitamin) hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda oʻsimlik oqsillarining hazm boʻlishini tezlashtiradi, meʼdaning sekret va harakat faoliyatini normallashtiradi, meʼda osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra kasalligi roʻy beradi. Nikotin kislota uy parrandasi, mol goʻshti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bugʻdoy murtagida koʻp boʻladi.
Folat kislota (V, vitamin) baʼzi aminokislotalar almashinuvida va sintezida, shuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnashadi, koʻmikning qon yaratish funksiyasini kuchaytiradi, V12 vitamin-ning yaxshi oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Folat kislota oʻsimlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar, buyrak va yashil barglarda koʻp. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani koʻp miqdorda sintezlaydi.
Siankobalamin min — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi. Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo boʻladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa koʻp. Tibbiyotda, chorvachilik va parrandachilikda keng qoʻllaniladi. Pantotenat kislota (V5 vitamin) — oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida koʻp. Nerv sistemasi hamda buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini normallashtiradi. Askorbin kislota (S vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi toʻqimalarning oʻzlashtirilishida, bu toʻqimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Organizmda S vitamin yetishmasa, togʻay va suyak toʻqimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi roʻy beradi. Organizmda askorbin kislota hosil boʻlmaydi va toʻplanmaydi. S vitamin sabzavot va mevalarda boʻladi. Askorbin kislota turli polivitamin preparatlari tarkibiga kiradi.
Bu xastalik vitamin B12, fol kislotalari berilganda ham davolanmaydi, bunday holatlarda ratsionga KoQ ga boy mahsulotlar kiritish yaxshi samara beradi. KoQ muskul distrofiyasi va yurak xastaliklarini davolashda ham samarali dorivor modda ekanligi ma’lum bo’ldi.
Bu vitamin (S-metil metionin yoki yaralanishni oldini oluvchi omil) bo’lib, 1950 yilda sabzavotlardan, sut va jigardan ajratib olingan.
Jo’jalar oshqozonini yaralanishini oldini olish maqsadida sabzavotlar (karam) ni shirasini qo’llash yaxshi samara berganligi sababli sabzavotlar tarkibida bu xastalikni oldini oluvchi omil borligi to’g’risidagi fikr paydo bo’ldi.
Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal oʻsishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur. Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo boʻladi. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi.Bundan tashqari, sut, tvorog, sariyog', jigar va tuxum sarig'ida ko'p bo'ladi. Tishlarni ham asraydi.
Tokoferol (Ye vitamin, koʻpayish vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki aʼzolarda yogʻda eriydigan barcha V., ayniqsa retinol toʻplanishiga yordam beradi. Oʻsimliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (mas., kungaboqar moyida) moʻl boʻladi.
Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetishmaganda turli aʼzolar (burun, milk, meʼda-ichak va b.)dan qon ketishi kuzatiladi. Filloxinon salat, karam, ismaloq, qichitqi oʻtning yashil qismida boʻladi. Yuqorida aytib oʻtilgan V.dan tashqari, organizm uchun zarur boʻlgan boshqa biologik faol moddalar (vitaminsimon birikmalar) ham bor. Bularga bioflavonoidlar, xolin, inozit, lipoat, orot, pangamat, paraaminbenzoat kislotalari va b. moddalar kiradi.
Meva, sabzavot va b. masalliqlar uzok, saqlanganda va notoʻgʻri pishirilganda V. kamayadi. V.dan eng beqarori askorbin kislota boʻlib, uni oftob, issiq va nam havo buzib qoʻyadi. Ovqat pishirganda V., ayniqsa askorbin kislota yaxshi saqlanishi uchun sabzavotni tez artib, yuvib. toʻgʻrab, qaynab turgan suvga solish, qozon qopqogʻini yopib qoʻyish kerak. V. preparatlari dorixonalarda mavjud, ammo biologik taʼsiri kuchli boʻlgani uchun V.ni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish lozim. Suvda eruvchan vitaminlar Suvda eriydigan vitaminlar suvda erigan va darhol ishlatish uchun to'qimalarga osonlik bilan singib olingan moddalardir. Ular tanada saqlanmaganligi sababli, ular parhezimizda muntazam ravishda to'ldirishlari kerak. Suvda eriydigan vitaminlarning ko'pi siydikda tezda chiqariladi va kamdan-kam hollarda toksik darajalarga to'planadi. Aytish kerakki, S vitamini kabi suvda eruvchan vitaminlarning ba'zi turlari ortiqcha qabul qilingan bo'lsa, diareya sabab bo'lishi mumkin. Suvda eriydigan vitaminlar - bu biokimyoviy xususiyatlari ularni suv muhitida butunlay eritish imkonini beradigan ozuqaviy moddalar guruhidir. Vitaminlar - bu inson tanasi mustaqil ravishda sintez qila olmaydigan va oziq-ovqat bilan to'ldirilishi kerak bo'lgan kimyoviy-organik moddalar majmuasidir. Kamchilik metabolik kasalliklarga olib keladi. Barcha ma'lum vitaminlar ikki guruhga bo'linadi: yog' va suvda eriydi. Suvda eriydigan moddalar ko'p va ular tomonidan tabiat tomonidan tayinlangan vazifalar ham ko'p.
Bu omilni vitamin U (ulcus-yara) deb atashni tavsiya etildi. Bu modda keyinchalik karam shirasidan toza kristal holda ajratib olingan. Yana biroz keyinroq bu omilni kimyoviy sintezi ham amalga oshirilgan. Toza holda ajratib olingan vitamin U karam shirasiga nisbatan yarani 1000 marta tezroq davolashi aniqlandi.
Vitamin U suvda yaxshi eriydi. 1000 C da parchalanib ketadi, ayniqsa bu jarayon neytral va ishqoriy muhitda tez sodir bo’ladi. Uning kimyoviy tuzilishi quyidagicha:
[НООС – СН – СН2 – СН2 – +S – СН3] CI-
| |
NН2 CН3
Vitamin U (metil metioninsulfonil xlorid)
Vitamin U (metil metionin) oshqozoni, ichagi yaralangan odamlar tomonidan bir kecha-kunduzda 250-300 mg doza qabul qilinganda og’riqni qoldiruvchi ta’sirga ega bo’ladi va keyinchalik tez sur’atlar bilan davolanishga keng yo’l ochadi.
Bu modda metionin, xolin, kreatinlarning organizmda sintezlanishida ishtirok etadi. Bakteriyalarda sodir bo’ladigan biokimyoviy jarayonlarda -CH3 guruhini donori vazifasini ham o’taydi. Manbalari: karam, sholg’om, tuxum, piyoz, kalampir, ko’k choy, ko’kat, mevalar, sut va boshqalar.
-lipoat (1, 2-ditiolan-3-valerian) kislota ekanligi aniqlandi.O’tgan asrning 50-yillarida zamburug’lar va jigar to’qimasidan sut achitish bakteriyalarini o’stirish omili ajratib olindi. Bu omil shu paytgacha ma’lum bo’lgan shu xildagi tavsifli vitaminlardan farqli bo’lib, u hatto streptokokklarni o’sishi va rivojlanishini ham stimullashi aniqlandi. Uni kristall xolda ajratib olingan bo’lib, kimyoviy tuzilishi jixatdan
С Н О +2Н+
Н 2С СН – (СН2)4 – С -2Н
ОН
S S
Lipoy kislota
С Н О
Н 2С СН – (СН2)4 – С
ОН
НS SН
Digidrolipoy kislota
-ketokislotalarni oksidlanuvchi karboksillanishida to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etishdir.Tenglamada keltirilgani kabi lipoy kislota oksidlangan va qaytarilgan shaklda mavjud bo’ladi. Xususan, lipoy kislota shu xildagi o’zgarishi tufayli juda ko’p ferment tizimlarida atsil guruxlarni ko’chirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Uning asosiy funktsiyasi hujayralarda
Lipoy kislota tiamin pirofosfat va KoA lar bilan birgalikda piruvat va keto-glutaratdegidrogenaza multiferment tizimlari tarkibiga kiradi. Lipoy kislota xilma-xil oqsillarning tiol-disulfidli almashinuvida, oksidlovchi fosforlanishda, araxidon kislotani prostaglandin H ga aylanishida va boshqa muhim biokimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi.
Shu bilan bog’liq holda tibbiy amaliyotda lipoy kislotadan lipid almashinuvini me’yorlashda, ba’zi jigar kasalliklari (masalan: Sirroz, Botkin kasali) ni, qandli diabetni, aterosklerozni davolashda foydalaniladi. Lipoy kislotani qanday yo’l bilan hosil bo’lishi mexanizmlari to’g’risida hanuzgacha hyech qanday ma’lumot yo’q.
A. Streker 1892 yilda o’t tarkibidan xolinni ajratib olgan edi. Lekin uning funktsiyasi, ancha keyinroq o’zida fosfor tutuvchi organik modda-fosfatidil xolin yoki letsetin tarkibiga kirganligi isbotlangandan keyingina aniqlandi.
Bunda letsetinni oziqa omili sifatidagi ahamiyatini o’zida fosfor tutishi tufayli emas, balki xolin tutishi tufayli ekanligi ma’lum bo’ldi.
Keyinchalik aniqlandiki, agar xolin oziqa bilan kiritilmasa, hayvon jigarini yog’ bosib ketar ekan, uni kiritilganda esa, bu yog’ni so’rilib ketishi yuz beradi. Xolin odam va hayvon organizmida yetarli miqdorda sintezlanadi.
Lekin ma’lum sharoitlarda xususan, ozika tarkibida oqsil taqchil bo’lgan sharoitda xolinning organizmdagi tankisligi seziladi. Shuning uchun uni «qisman vitaminlar» guruxiga kiritilgan. U suvda, spirtda yaxshi eriydigan modda bo’lib, kimyoviy tuzilishi quydagicha:
(СН3)3
Askorbin kislota C vitaminining eng keng tarqalgan shakli bo'lib, u ko'plab ovqatlar va barcha farmakologik komplekslarda mavjud. Ayni paytda bu juda noaniq vitamin. Uning tarkibi kislorodga, quyosh nuriga va yuqori haroratga ta'sir qilish orqali tezda to'xtatiladi (issiqlik bilan ishlov berish jarayonida deyarli butunlay yo'qoladi). Ascorbinka spirtli ichimliklar, tug'ma nazorat tabletkalari, steroidlarga toqat qilmaydi. Kollagen, neyrotransmitterlar, steroid gormonlar, karnitin sintezi uchun S vitamini xolesterinni safra kislotasiga aylantirilishiga yordam beradi va temirning biologik mavjudligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |