312
hujayraning yemirilishiga olib keladi. Bunday bakteritsid ta’sir
mexanizmi streptomitsin, kanamitsin, neomitsin, gentamitsin
va boshqa antibiotiklarga xosdir.
4. Qator antibiotiklar mikrob hujayrasining oqsillar sinte-
zini kamaytiradi. Bunda hujayra ribosomalarida oqsilning
sintez
bo‘lishi to‘xtaydi va natijada yangi hujayralar hosil bo‘lmay,
mikroblarning ko‘payishiga chek qo‘yiladi. Bularga tetratsiklin,
levomitsetin va boshqalar misol bo‘ladi.
Antibiotiklar yuqorida ko‘rsatilgan mikroorganizmlar kelti-
rib chiqaradigan barcha kasalliklarda (angina, pnevmoniya,
meningit, peritonit, sepsis, osteomiyelit, dizenteriya, qorin
tifi, vabo va hokazolarda) beriladi. Lekin ularni qo‘llashda
dorilar ta’sir doirasining e’tiborga olinishi talab qilinadi.
Antibiotiklar ayrim kasalliklarda, xususan, bemor tanasi-
ning sezuvchanligida tavsiya etilmaydi.
Antibiotiklarning asorati, nojo‘ya ta’sirlari turlicha bo‘lib,
ularning farmakologik
xossalari, kimyoviy tuzilishiga bog‘liq.
Ularning bevosita zaharli ta’siri natijasida yuz beradigan
asoratlar, asosan, nerv tizimida (ko‘rish nervi, polinevrit,
ataksiya va boshqalar), peshob chiqarish a’zolarida (nefroz),
jigarda (parenximatoz sariqlik kasali), me’da-ichak tizimida
(og‘riq, ich ketishi va boshqalar) aks etadi. Ko‘pincha bunday
holatlarga streptomitsin, neomitsin preparatlari sabab bo‘ladi.
Òetratsiklin iste’mol qilish tufayli yuz beradigan asoratlar-
dan biri teratogen ta’sirdir. Homiladorlik davrida antibiotik
ta’sirida homilaning to‘g‘ri rivojlanishi buziladi va bola nogironlik
alomatlari bilan tug‘iladi. Antibiotiklar tufayli ko‘proq kuzati-
ladigan asoratlardan biri allergiya holatidir.
Allergiya turlicha
(terida, shilliq qavatida va hokazo) namoyon bo‘lishi mumkin.
Anafilaktik shok shular jumlasidan bo‘lib, uni, asosan,
penitsillin keltirib chiqaradi (qon bosimining tushib ketishi,
es-hushning normadan og‘ishi va boshqalar). Shuning uchun
penitsillin birinchi bor va takror yuborilishida bemor tanasi-
ning antibiotikka sezuvchanligini aniqlash shart.
Hozirgi vaqtda antibiotiklarning soni borgan sari ortib bor-
moqda, chunki ularni sintez qilish va yangi preparatlar olish
davom etmoqda.
Antibiotiklarning olinishi, kimyoviy tuzilishi,
ta’sir kuchi va spektri turlicha bo‘lgani uchun ular turlicha
tasnif qilinadi. Bular orasida ko‘p ishlatiladigani va qulayrog‘i
antibiotiklarning mikroblarga ta’sir doirasi bo‘yicha tasnif etish
313
hisoblanadi. Ushbu tasnif bo‘yicha
ishlatiladigan antibiotiklar,
asosan, quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Penitsillin, sefalospo-
rin va makrolidlar guruhi. 2. Streptomitsin va boshqalar.
3. Òetratsiklin guruhi. 4. Levomitsetin guruhi. 5. Zamburug‘-
larga qarshi moddalar. 6. Xavfli o‘smalarga qarshi preparatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: