Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Penitsillinlar. Bularga Na, K li benzil penitsillin va
novokainli tuzi, bitsillin, ampitsillin va boshqalar kiradi.
Penitsillin preparati, asosan, grammusbat kokklarga (strep-
tokokk, pnevmokokk, gonokokk va boshqalar kiradi), ayrim
grammanfiy bakteriyalar, spiroxetalarga bakteriotsid ta’sir
ko‘rsatadi. Bunday ta’sir mikroblar hujayralari parda biosin-
tezining buzilishi bilan tushuntiriladi. Penitsillin dori vositalari
olinishi bo‘yicha biosintetik va yarim- sintetik bo‘lib, ta’sir
muddati bo‘yicha qisqa, o‘rtacha va uzoq muddatli guruhlarga
bo‘linadi. Benzilpenitsillinning natriyli va kaliyli tuzi qisqa
muddatga ta’sir etadigan, novokainli tuzi o‘rtacha, bitsillinlar
(1, 3, 5) esa uzoq muddat ta’sir etadigan preparatlar
hisoblanadi. Qisqa muddatli dori moddalarini har 4—6 soatda
yuborish zarur bo‘lsa, novokainli tuzini bir kecha-kunduzda,
bitsillinlarni esa kasallikning turiga va ishlatish maqsadiga qarab
haftada, oyda bir martadan yuboriladi.
Yarimsintez yo‘li bilan olinadigan preparatlar (metatsillin,
oksatsillin ampitsillin va ampioks) benzilpenitsillinga chidamli
bo‘lgan mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarga
yaxshi davo bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu antibiotiklarning
mikroorganizmlarga ta’siri uzoq vaqt davomida saqlanadi, ular
penitsillinaza fermenti ta’sirida kam parchalanadi va allergik
asoratlarni nisbatan kam beradi. Shu sababli ular tibbiyot
amaliyotida keng qo‘llaniladi. Zotiljam, yiringli yaralar, angina,
difteriya, plevrit, zaxm, so‘zak, endemit, meningit, endokar-
dit, artritlar va h.k.larda.
Kislotali sharoitga turg‘un bo‘lgan biosintez yo‘li bilan
olinadigan fenoksimetilpenitsillin preparati kun davomida
4—6 marta og‘iz orqali qabul qilish uchun mo‘ljallangan,
ammo uning qon tarkibida yuqori miqdorda to‘planishi qiyin
bo‘lganligi sababli, davolash samarasi kichikroq. Barcha
biosintez yo‘li bilan olingan penitsillin guruhi preparatlari
penitsillinaza fermenti ta’sirida parchalanadi.
Keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan, yarimsintetik preparat-
lardan ahamiyatlisi ampitsillindir. Preparat grammusbat hamda


314
grammanfiy bakteriyalar sabab bo‘lgan kasalliklarda sezilarli naf
beradi. Ammo grammusbat bakteriyalar keltirib chiqargan
kasalliklarda penitsillin guruhi preparatlariga nisbatan kuchsizroq
sanaladi. Ampitsillin ham penitsillinaza ta’sirida sekin-asta
parchalanadi. Ampitsillin kislotali muhitga turg‘un bo‘lib, ichak
yo‘llarida yaxshi so‘riladi, peshob yo‘llari orqali tanadan
o‘zgarmagan holda chiqib ketadi. Preparat zararsiz sanalib, har
4—8 soatda yuboriladi. Ampitsillin peshob yo‘llari, jigar, o‘t
yo‘llari, bronxlar yallig‘lanish kasalliklarida, jarrohlik amaliyo-
tida, yuqumli ichak kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladi.
Penitsillin guruhidan amoksitsillin yarimsintetik preparat bo‘lib,
keng spektrli bakteritsid ta’sirga ega. Grammusbat, grammanfiy
va boshqa mikroorganizmlarga ta’sir etadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish