Farmakologiya


Penitsillin preparatlari ta’sirining asoratlari



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Penitsillin preparatlari ta’sirining asoratlari. Ularning
terapevtik ta’sir doirasi katta bo‘lgani sababli salbiy zaharli
ta’siri kamroq uchraydi. Asoratlardan asosiylari allergik
reaksiyalar bo‘lib, taxminan 3—10% bemorlarda qayd etiladi.
Allergiya reaksiyasi bir necha kundan so‘ng boshlanishi,
ayrim hollarda bir zumda boshlanib, terida toshmalar paydo
bo‘lishi, tana haroratining ko‘tarilishi, nafas qisishi bilan
namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda bo‘g‘imlar og‘rishi, yurak,
buyrak faoliyatining o‘zgarishi kabi hollar kuzatiladi. Ba’zan
anafilaktik shok holati yuz berib, fojiali oqibatlar kelib chiqishi
mumkin. Bulardan tashqari, penitsillinlar shilliq qavatlarni
qitiqlashi oqibatida dispepsiya (ko‘ngil aynishi, qayt qilish),
stomatit (og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishi)
kuzatilishi mumkin.
Allergik reaksiyani davolashda glukokortikoidlar va anti-
gistamin preparatlardan dimedrol, piðalfendan foydalaniladi:
tanaga adrenalin gidroxlorid yoki efedrin gidroxlorid, kalsiy
xlorid yuboriladi. Bundan tashqari, penitsillin qon ishlab
chiqarish a’zolariga zararli ta’sir ko‘rsatishi va me’da-ichak
yo‘lida xavfli zamburug‘larning (disbakterioz) ko‘payishiga
sharoit yaratishi mumkin. Bu asoratlar yuz bermasligi uchun
mazkur guruh preparatlarning qo‘llanilishi shifokorlarning
qat’iy nazorati ostida bo‘lishi kerak. Ular aniq dozalarda, zarur
bo‘lgan taqdirdagina tavsiya etilmog‘i darkor.
Makrolidlar. Ushbu guruh tuzilishiga makrosiklik lakton
halqasi kiritilganligi sababli makrolidlar deb ataladi.


315
Eritromitsin. Bakteriya (Strepthomyces erytrheus) mahsuloti
bo‘lib, ta’sir etish doirasi bo‘yicha benzilpenitsillinga yaqin.
Preparatga grammusbat bakteriyalar, spiroxetalar ayniqsa sezgir.
Shu bilan birga ayrim grammusbat bakteriyalar: difteriya
tayoqchasi, rikketsiyalar, patogen anaeroblar, traxoma, dizen-
teriya amyobasi ham sezgir. Eritomitsin ta’sirida bakteriyalar
ribosomasida oqsil sintezi buziladi. Preparat kislotali muhitda
qisman parchalanganligi sababli maxsus qobiqlarda (draje)
ishlab chiqariladi.
Eritromitsinga nisbatan bakteriyalar sezuvchanligining tezda
pasayishi tufayli preparat zaxirada saqlanadi va penitsillin guruhi
samarasiz yoki bemorning organizmi sezuvchan bo‘lganda tavsiya
etiladi.
Eritromitsinning nojo‘ya ta’sirlariga allergik reaksiyalar,
dispepsiya holati (me’da-ichak yo‘llari faoliyatining buzilishi)
va ushbu antibiotikka nisbatan turg‘un bo‘lgan bakteriyalarning
yangi turi paydo bo‘lishi qayd etiladi.
Oleandomitsin. Bakteriya (Strepthomyces antibioticus)
mahsuloti bo‘lib, ta’sir doirasi bo‘yicha eritromitsinga yaqin,
preparat 4—6 soat davomida ta’sir ko‘rsatadi, kam zararli.
Mahalliy ta’sirlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan preparat sifatida
zaxirada saqlanadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish