Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Sefalosporin guruhi. Sefalosporinlar penitsillin kabi betalak-
tom antibiotiklari hisoblanadi. Ular penitsillinga qarshi o‘laroq
penitsillinaza ta’sirida parchalanadi va ta’sir etish spektri
kengroq. Ular Cephalosporium acremorium zamburug‘lari
mahsuloti bo‘lib, yarimsintez yo‘li bilan ham olinadi.
Sefalosporinlar bakteritsid ta’sir etib, penitsillin kabi bak-
teriya hujayrasi devorining sintezida qatnashuvchi ferment—
transpeptidaza faolligini susaytiradi, ta’sir spektriga ko‘ra
ampitsillinga yaqin turadi.
Sefalotin (keflin) va sefaloridin (seporin) ancha keng
tarqalgan antibiotik. Ularning ta’siriga grammusbat bakteriyalar
o‘ta sezgir. Ushbu antibiotiklar kislotali muhitga turg‘un bo‘lishi
bilan bir qatorda, me’da-ichak yo‘lida so‘rilishi sust, shuning
uchun ular vena qon tomirlariga yoki mushaklar orasiga
yuboriladi.
Sefalosporinlar, asosan, zaxirada saqlanuvchi antibiotiklar-
dan bo‘lib, penitsillinlar samarasiz bo‘lganda, ko‘pincha
peshob chiqarish yo‘llari kasalliklarida beriladi, chunki ushbu


316
antibiotiklar peshob bilan birga o‘zgarmagan holda ajratilib
chiqariladi. Sefalotin har 4—6 soatda, sefaloridin 6—8 soatda
tavsiya etiladi.
Ushbu guruh antibiotiklardan sefatoksin (klaforan) gram-
manfiy bakteriyalarning sefalosporinaza fermenti ta’siriga
turg‘undir. Uning ta’sir spektri ancha keng bo‘lib, yashil yiring
tayoqchasiga ham bakteriotsid ta’sir etadi.
Sefaleksin (seporeks) preparati enteral usulda qo‘llashga
mo‘ljallangan. Uning so‘rilish muddati qisqa bo‘lib, qonda
1—2 soatdan so‘ng yuqori miqdorda to‘planadi. 15 % qon
oqsillari bilan birikib, 6 soat davomida buyrak orqali chiqib
ketadi. U tabletka, kapsula va suspenziya shaklida ishlab
chiqariladi.
Sefalosporinlarning nojo‘ya ta’sirlaridan bemorlarda allergik
reaksiya bo‘ladi, buyrak faoliyatining buzilishi (sefaloridin),
mahalliy ta’sir ko‘rsatishi (sefalotin), dispepsiya holatiga (sefa-
leksin) olib kelishi mumkin. Ba’zan sefalosporinlar ta’siriga
turg‘un bo‘lgan bakteriyalar oilasi hosil bo‘lishi (superin-
feksiya) mumkin.
Preparatlar.
A m p i t s i l l i n n i n g   n a t r i y l i   t u z i  (Ampicillinum
natrium). 0,25; 0,5 g dan flakonda kukun holida erituvchisi bilan
birga ishlab chiqariladi. 250—500 mg dan bir kecha-kunduzda
4—6 marta mushaklar orasiga yuboriladi.
A m p i t s i l l i n   t r i g i d r a t  (Ampicillinum trihydras). 0,25 g
dan tabletka va kapsula holida ishlab chiqariladi. 0,5 g dan
bir kecha-kunduzda har 4—6 soatda mushaklar orasiga
yuboriladi.
B e n z i l p e n i t s i l l i n n i n g   n a t r i y l i   t u z i  (Benzylpe-
nicillinum-natrium). Benzilpenitsillin kislota tuzining mog‘or
zamburug‘i turlari ishlab chiqariladi. 250000 ÒB, 500000 ÒB,
1000000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi. 250000—500000
ÒB dan teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi. Bir kecha-
kunduzlik dozasi 10000000—20000000 ÒB.
B e n z i l p e n i t s i l l i n n i n g   n o v o k a i n l i   t u z i  (Benzyl-
penicillinum novocainum). Monogidrat benzilpenitsillin kislota-
ning novokainli tuzi. 600000 ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi.
300000—600000 ÒB dan mushaklar orasiga kuniga 2 marta
yuboriladi.


317
Bitsillin-1 (Bicillinum-1). Benzilpenitsillinning N, N-
dibenziletilen diaminli tuzi. 300000—600000 ÒB dan flakonda
ishlab chiqariladi. 300000—600000 ÒB dan haftada bir marta
mushaklar orasiga yuboriladi.
Bitsillin-5 (Bicillnum-5). Bitsillin-1 va benzilpenitsillin
novokainli tuzining 4:1 nisbatidagi aralashmasi. 1500000
ÒB dan flakonda ishlab chiqariladi (erituvchisi 5 ml dan
ampulada). Katta yoshdagilarga 1500000 ÒB dan 1 oyda 1 marta
mushaklar orasiga yuboriladi.
Oksatsillinning natriyli tuzi (Oxacillinum natrium). Òab-
letka, kapsula holida va flakonda 0,25—0,5 g dan ishlab
chiqariladi. 0,25—0,5 g dan bir kecha-kunduzda 4—6 marta
ovqatdan 1 soat oldin va 2—3 soat keyin; inyeksiya uchun
bir kecha-kunduzda  2—4 g dan beriladi.
Amoksitsillin (Amoxicillinum). Yarimsintetik antibiotik
bo‘lib, keng spektrli bakteriotsid ta’sirga ega. Òabletka holida
0,25 va 0,5 g dan ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan kuniga 3
marta beriladi.
Eritromitsin (Erytromicinum). 0,1—0,25 g dan tabletka
holida ishlab chiqariladi. 0,1—0,25 g dan har 4—6 soatda
ichiladi.
Oleandomitsin fosfat  (Oleandomycini phosphas). 0,125 g
dan tabletkalar holida ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda
0,25 g dan 4—6 marta ichish uchun beriladi.
Sefatoksim (Cephatoximum). Natriyli tuzi holida flakonda
0,25; 0,5; 1 va 2 g dan ishlab chiqariladi.  Mushaklar orasiga
yuborish uchun 0,5 g kukuni 2 ml distillangan suvda eritiladi.
Venaga yuborish uchun 0,5 g kukuni 2 ml (yoki 1 g  —
4 ml va 2 g—10 ml) distillangan suvda eritiladi.
Sefaleksin (Cephalexinum). Kapsulalarda 0,25 g; tabletkalarda
0,5 g; kukun suspenziya uchun 2,5 g li flakonda ishlab
chiqariladi. Kapsula va tabletkalar bir kecha-kunduzda 1—2 g
dan ichiladi. Suspenziya tayyorlash uchun 80 ml distillangan
suvda kukuni eritilib maxsus qoshiqchada o‘lchanadi va ichiladi.
Kefzol (Kefzolum). 0,25—0,5 g dan flakonda chiqariladi.
0,5—1,0 g dan venaga yoki mushaklar orasiga har 6—8 soatda
yuboriladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish