Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Òetratsiklinlar.
Òetratsiklinlar ta’siri keng spektrli hisoblanadi. Ular gram-
musbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samaralidir.
Ayniqsa, batsillalar, dizenteriya, qorin tifi, o‘ta xavfli yuqumli
kasalliklardan — toun, tularemiya, brutselloz, vabo, traxo-
mani davolashda samaralidir. Grammusbat bakteriyalarga ta’siri
penitsillin guruhiga qaraganda kuchsizroq. Ularga nisbatan
bakteriyalar turg‘unligi sekin-asta yuzaga chiqadi.


321
Òetratsiklinlar bakteriya hujayrasi ribosomalarida oqsil
sintezini buzadi, shu bilan bir vaqtda ular ayrim metall
ionlarini (Mg, Ca) biriktirib, fermentlar faolligini susaytirib
bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi.
Preparat me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, qonda
2—4 soatdan so‘ng dorining yuqori miqdori to‘planadi, uzoq
muddat davomida jigarda, suyak to‘qimasida ma’lum miqdorda
to‘planadi. Òetratsiklin turli to‘qima to‘siqlaridan yengil o‘tadi.
Òanadan peshob va safro tarkibida chiqib ketadi, ayni vaqtda
ingichka ichakdan qisman qayta so‘riladi.
Òetratsiklinlar penitsillin va streptomitsin preparatlariga
mikroblar turg‘unligi hosil bo‘lganida, ayniqsa, samarali. Ular,
asosan, og‘iz orqali qabul qilinib, har 4—8 soatda tavsiya
etiladi.
Ushbu guruh preparatlari nojo‘ya ta’sir etishi mumkin,
chunonchi allergik reaksiyalar, tana harorarining ko‘tarilishi,
dispepsiya holatlari, jigar faoliyatining o‘zgarishi kuzatiladi.
Homiladorlikning birinchi yarmida va bolalarga tavsiya etilmaydi.
Bundan tashqari, tetratsiklinlar suyak to‘qimasida to‘planib,
uning shakllanishiga, tishlarning o‘sishiga salbiy ta’sir etishi
mumkin. Ba’zan tetratsiklinlar guruhi modda almashinuvi
jarayonlariga ham ta’sir etishi natijasida oqsil sintezi pasayadi,
tanadan suv, natriy, aminokislotalar va ayrim vitaminlar
chiqishi tezlashadi. Uzoq muddat qo‘llash oqibatida ichak
mikroflorasida saprofitlar  halok bo‘lib, aynan shu guruh
preparatlarga nisbatan turg‘un bo‘lgan bakteriyalar oilasi paydo
bo‘lishi, natijada kandidomikoz kasalligi avj olishi mumkin,
ba’zan esa B vitaminlar guruhining yetishmasligi kabi
o‘zgarishlar kuzatiladi. Shu sababli muolaja davomida pre-
paratlarni nistatin va B vitaminlar guruhi bilan qo‘shib qo‘llash
tavsiya etiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish