188
shashtiradi, peshob ajralishini oshiradi. Qo‘llanilishi teofillinga
o‘xshash.
Eufillin. Òarkibida 80% teofillin va 20% etilendiamin saqlaydi.
Etilendiamin spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi
va erituvchi modda
vazifasini bajaradi. Eufillin markaziy nerv tizimini qisman
qo‘zg‘atadi. Qon tomirlarini, ayniqsa, koronar qon tomirlarini
kengaytiradi, qon bosimini tushiradi. Silliq mushaklarga
spazmolitik (bo‘shashtiruvchi) ta’sir ko‘rsatadi. Peshob hay-
dash xossasi ham mavjud.
Eufillin ko‘proq bronxial astma, stenokardiya, yurak
faoliyatining susayishi sababli paydo bo‘lgan shishlar, giðer-
toniyada tavsiya etiladi.
Preparatlar.
K o f e i n (
Coffeinum). Kukun, amidopirin, fenasetin va
asetilsalitsil kislotasini saqlaydigan tabletkalar
shaklida ishlab
chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 0,01— 0,1 g dan bir kecha-
kunduzda 2—3 marta ichish uchun beriladi. Yuqori dozasi:
ichish uchun bir martalik 0,3 g, bir kecha-kunduzlik—1 g.
K o f e i n n a t r i y b e n z o a t
(
Coffeinum Natrii-benzoas).
Kukun, 0,01— 0,2 g dan tabletka shaklida, 10% li va 20%
li eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng
0,05 — 0,2 g dan kuniga 2—3 marta ichish uchun, 10% —
20% li eritmasi 2 ml dan teri ostiga va mushaklar
orasiga
yuboriladi. Yuqori dozalari: ichish uchun bir martalik — 0,5 g,
bir kecha-kunduzlik — 1,5 g.
Ò e o f i l l i n (
Theophillinnum). Kukun, 0,2 g dan sham-
chalar shaklida ishlab chiqariladi. 0,1 — 0,2 g dan bir kunda
3—4 marta ichish uchun 0,2 g dan shamcha holida to‘g‘ri
ichakka qo‘yish uchun beriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun,
to‘g‘ri ichakka bir martalik — 0,4 g, bir kecha-kunduzlik —
1,2 g.
Ò e o b r o m i n (
Theobrominum) 0,25
g dan kukun,
tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 0,25 —
0,5 g dan bir kunda 1 — 2 marta ichish uchun beriladi. Yuqori
dozasi: ichish uchun bir martalik — 1 g, bir kecha-kunduz-
lik — 3 g.
E u f i l l i n (
Euphellinum) 0,15 g dan kukun va tabletkalar
shaklida, ampulada 2,4% li eritmasi 10
ml dan venaga
yuboriladi. Yuqori dozasi: ichish uchun 1,5 g, venaga bir marta
yuborish uchun 0,25 g, bir kecha-kunduzligi—0,5 g.
189
Rp.: Tab. Meridili 0,01
D.t.d.N. 20
S. 1—2 tabletkadan ovqatdan so‘ng ichiladi.
#
Rp.: Sol. Coffeini Natrii-benzoas 20%—1 ml
D.t.d.N. 10 in ampullis
S. 1 ml dan teri ostiga yuborish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: