Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Nootrop vositalar
Nootrop grekcha so‘z bo‘lib, noos — qalb, tafakkur va
tropos — yo‘nalish ma’nosini anglatadi. Nootrop vositalar
deb, oliy nerv faoliyatiga tanlab ta’sir etib, ruhiy va aqliy
qobiliyatni tiklaydigan dori vositalariga aytiladi. Bularning
ta’siri bosh miya kasalligi tufayli kelib chiqqan va ruhiy
o‘zgarishlarni davolashda namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar
bo‘lmaganda esa nootrop vositalarning samarasi deyarli
kuzatilmaydi. Ularning farmakologik ta’sirida aqliy va eslab
qolish qobiliyatlari asta-sekin tiklanadi, bosh miyaning har
xil tajovuzkorona ta’sirlar  (gi poksiya,  zaharli moddalar
ta’siri)ga nisbatan chidamliligi oshadi. Nootrop moddalar
ayrim psixotrop vositalarga qarshi o‘laroq narkoz, sedativ,
uxlatuvchi va og‘riq qoldiruvchi preparatlarning ta’sirini
kuchaytirmaydi, harakatlanish qobiliyatiga ta’sir etmaydi,
qaramlik keltirib chiqarmaydi.
Nootrop preparatlardan aminalon va pirasetam tibbiyot
amaliyotida ko‘p ishlatiladi.
Aminalon. Gamma aminoyog‘ kislotasi bo‘lib, yuqorida
aytilganidek, miya mediatori sifatida fikr yurgizish, eslash
qobiliyatini sekin-asta tiklaydi, kasallik tufayli o‘zgargan nutq
va harakat yaxshilanadi.
Bundan tashqari, preparat tutqanoqqa qarshi ta’sir
ko‘rsatadi, qon bosimini qisman tushiradi, bradikardiya ro‘y
beradi, qondagi qand miqdorini (agar uning miqdori ko‘tarilgan
bo‘lsa) kamaytiradi.
Aminalon miyaga qon quyilishida, xotira pasayganda, nutq-
ning yarim va to‘liq falaj holatlarida, bosh og‘rig‘ida, uyqu-
sizlikda beriladi.
Preparatlarning davo ta’siri sekin-asta boshlanadi. Davolash
bir necha oy davom ettiriladi.


190
Pirasetam GAMK unumi hisoblanib, ta’siri bo‘yicha
aminalonga yaqin, eslash, aqliy qobiliyatlarni rag‘batlantiradi.
Preparatni miyada qon aylanishining buzilishi bilan bog‘liq
o‘zgarishlarda buyuriladi.
Preparatlar.
A m i n a l o n   (Aminalonum) aminoyog‘ kislota; 0,25 g
dan, kukun, tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Ovqatdan
so‘ng 0,5—1,25 g dan kuniga 3 marta ichiladi.
P i r a s e t a m   (Pyracetamum, Nootropilum). 0,4 g dan
kukun holida kapsulada, 20% li eritmasi 5 ml dan ampulada
ishlab chiqariladi. Ovqatdan so‘ng 1—2 kapsuladan kuniga
3—4 marta ichiladi.
P i r i d i t o l     (Pyriditolum) 0,05—0,1 va 0,3 g dan
tabletkalar, 200 ml dan sirop tarzida flakonda ishlab chiqariladi.
Ovqatdan so‘ng 0,1—0,3 g dan kuniga 3 marta ichiladi.
F e n i b u t   (Phenibutum) tabletkada 0,25 g dan ishlab
chiqariladi, 2—3 hafta davomida kuniga 3 martadan ovqatdan
keyin ichiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish