Farmakologiya


Ksantinlar (Kofein va uning preparatlari)



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Ksantinlar (Kofein va uning preparatlari)
Kofein choy o‘simligining bargida, kofe va kola urug‘ida
bo‘ladigan alkaloid.
Kofein o‘z kimyoviy tuzilishi jihatidan organizmdagi meta-
bolitlarga — purin unumlariga (trioksiðurin — peshob kislo-
tasiga) yaqin turadi va shuning uchun ta’sir doirasi ancha
keng, ko‘pchilik a’zo va tizimlarga xilma-xil ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy nerv tizimining bosh miya po‘stlog‘iga qo‘zg‘a-
tuvchi ta’sir etib, uyquni qochiradi. Odamni tetik, bardam
qiladi. Ruhiy, aqliy va jismoniy qobiliyatni sezilarli oshiradi.
Kofeinning bunday ta’siri bevosita bosh miya hujayralariga
qaratilgan.
Kofeinning miyaga ta’siri ko‘p tomondan uning dozasiga
va odamning nerv faoliyatiga bog‘liq. Oliy nerv faoliyati zaif
kishilarga kofein katta dozada yuborilsa, nerv hujayralarining
holdan toyishi va turli nerv-psixik o‘zgarishlar kuzatilishi
mumkin. Bunday holat tarkibida kofein saqlovchi mahsulotlar
(choy, kofe) iste’mol qilganda ham kuzatilishi mumkin.


186
Kofein kattaroq dozada uzunchoq miyadagi nafas va
tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni ham qo‘zg‘atadi,
ularning funksional faoliyatini oshiradi. Shuning uchun ham
kofeinni ko‘pincha nafas analeptiklari qatoriga qo‘yiladi. Lekin
bu jihatdan kofein boshqa analeptiklarga — korazol, kordiamin
va bemegridga qaraganda kuchsizroq. Nafasni qisman
chuqurlashtiradi. O‘pkada havo almashinuvini (ventilatsiya)
oshiradi.
Kofeinni markaziy nerv tizimiga, jumladan, nafas marka-
ziga ko‘rsatadigan ta’siri, shu markazlar faoliyati susayganda,
masalan, ruhiy va jismoniy charchash hollarida, har xil
sabablarga ko‘ra nafas susayganida namoyon bo‘ladi. Kofein
o‘zining psixostimulatorlik va analeptik ta’siri bo‘yicha fenaminga
nisbatan kuchsiz.
Yurak-qon tomirlar tizimi kofein ta’sirida ikki xil o‘zgarishga
uchrashi mumkin. Alkaloid adashgan nerv markazini qo‘z-
g‘atgani uchun yurak urishi sekinlashishi — bradikardiya bo‘lishi
mumkin, lekin terapevtik dozalarda kofein yurakka bevosita ta’sir
qilib, uning ishini tezlashtiradi, qisqarish kuchini oshiradi. Shu
sababdan, kofein yurak ishini jonlantiradigan stimulator
hisoblanadi (26-rasm).
Qon tomirlarga ta’siri ham turlicha. Òomirlarni harakatlan-
tiruvchi markazni qo‘zg‘atgani uchun kofein periferik qon
tomirlari tonusini oshiradi, oqibatda qon bosimi ko‘tarilishi
mumkin. Bunday ta’sir qon bosimi pasaygan holatda yaxshi
namoyon bo‘ladi (karaxtlik, kollaps). Shu bilan bir vaqtda qon
tomirlarining silliq mushaklariga bevosita ta’sir etib, ularni
bo‘shashtiradi, qon tomirining tonusini pasaytiradi. Umuman
olganda, kofein ta’sirida qon bosimi normal holatdan qisman
ko‘tarilishi mumkin. Kofein ayrim a’zolar — yurak, buyrak,

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish