Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Farmakologik xossalari. Fenaminning markaziy nerv
tizimiga qo‘zg‘atuvchi ta’sirida oliy nerv faoliyatining zo‘rayishi
kuzatiladi, aqliy va jismoniy qobiliyat (aql-zakovat, mehnat
qilish) yaxshilanadi; xotira, fikr yuritish, tushunish va har
xil murakkab masalalarni yechish qobiliyati, idrok o‘tkirlashib,
kayfiyat yaxshilanadi. Uyquga talab kamayadi. Kishida bardamlik,
tetiklik va quvvat oshadi, charchash hissi sezilmaydi. Bunday
o‘zgarishlar tana to‘qimalarining va nerv hujayralarining zaxira
quvvati hisobiga bo‘lishini aytib o‘tish darkor. Shu sababdan
fenamin va uning preparatlari tufayli yuzaga keladigan bunday
qo‘zg‘alishdan keyin aksincha holat — nerv faoliyatining
susayishi, quvvatsizlik, bo‘shashish, charchash va shunga o‘x-
shash oqibatlar kuzatiladi.
Fenamin nafas markazini ham qo‘zg‘atadi. Preparatlarning
bunday ta’siri, ayniqsa, nafas susaygan holatlarda yaxshi
seziladi (masalan, odam uxlatadigan va narkozga sabab
bo‘ladigan moddalardan zaharlanganda). Boshqacha qilib
aytganda, fenaminni nafas analeptigi deb aytish mumkin.
Nafasning bunday qo‘zg‘alishi preparatning bevosita nafas
markaziga ta’siri bilan bog‘liq.


184
Fenamin ishtahani yaxshigina kamaytiradi, moddalar
almashinuvini esa kuchaytiradi. Shu sababli preparat qabul
qilinsa, odam bir qadar ozadi. Lekin fenamin markaziy nerv
tizimiga, boshqa a’zo va tizimlarga ta’sir o‘tkazadigan bo‘lgani
uchun ozish maqsadida qo‘llanilmaydi.
Fenaminning periferik nerv tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri
adrenalinga o‘xshash. Yurak urishini tezlashtiradi, yurakning
qisqarish kuchini oshiradi, ko‘pchilik qon tomirlarni toraytirib,
qon bosimini ko‘taradi, qondagi qand miqdorini oshiradi.
Fenaminning bunday ta’siri adrenalindan kuchsizroq, ammo
uning ta’siri uzoqroq davom etadi.
Fenaminning periferik samarasi ham qisman adrenalin
singari, simpatik nervning presinaptik pardasidan mediatorlar
ajralishini ko‘paytirishi va shu bilan bir qatorda uning bevosita
 va -adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atishidan kelib chiqadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish